Yitcha Haqiqiy Boylik sirlari haqida bilib olganlaridan g'oyat hayajonda edi.
Hayotida ilk bor boylik yaratish haqiqatda mumkinligini his etdi. U har kuni boylikka jalb
diniy oyat kabi takrorlar edi. U hayotdan moliyaviy, ijtimoiy, kasbiy va hissiy jihatdan
nima istashi to'g'risida chuqur mushoxada qilar ekan, uzoq o'ylab, maqsadlarini yozib oldi
www.aql.uz - aqlingiz
uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar,
kashfiyotlar
va shu orzulariga erishuvini tasavvur qilish uchun ijodiy, ravishda ko'z o'ngiga keltira
boshladi.
Uning eng buyuk orzusi yozuvchi bo'lish edi. Lekin u oddiy yozuvchilikni emas,
balki yozgan kitoblarini o'qigan kishilar o'zgarishlarini havas qilardi.
Albatta, uning boshqa orzulari ham bisyor edi — boqqa boraverishda yo'l
yoqasidagilarga o'xshash o'z yerida qad rostlagan hashamatli imorati, shuningdek, oilasi
hamda o'zini harcha qulayliklar bilan ta'minlashga yetarli mablag'i bo'lishini istardi.
Keyin u o'z niyatlariga erishish uchun nimalar qilishi mumkinligini o'ylab harakatlar
rejasini tuzib chiqdi, chiqimlarni nazorat etish maqsadida u barcha kreditorlari bilan
korishib, ulami moliyaviy ahvoli bilan tanishtirdi.
Garchi u barcha qarzlaridan uzilish imkoniga ega bo'lmasa-da, har oylik to'lovlar
ko'magida hisoblashishni taklif etdi. Bu qarzlarni to'lash uchun u daromadining yigirma
foyizini har oyda ajratishi zarur edi. Kreditorlar uning shartlarini qabul qildilar,
yigitchaning boshqa ko'pchilik kishilar singari qarz to'lashdan bo'yin tovlamay, ochiq va
halol muomalaga intilayotgani ularga ma'qul tushdi. Shuningdek, u ishlab topganining o'n
foizini investisiyalarga ajratishga qat'iy qaror qildi. To'g'risi, uncha zarurati bo'lmagan
ayrim narsalar xarajatini kamaytirishga to'g'ri keldi, lekin endi bu qarzlardan qutulish va
bo'lguvsi boylik yaratishni boshlash haqidagi fikrlarni anglash oldida arzimas baho edi.
U Haqiqiy Boylik yaratishni istasa, nimaiki qilmasin barchasi, halol bo'lmog'i
kerakligini axiyri a'nglab yetdi. U janob Bruksning quyidagi so'zlarini yaxshi eslab
qolgandi: «Bu hayotni qaytar dunyo, deb qo'yibdi, qilgan barcha amallaring qachon
bo'lmasin, o'zingga qaytadi».
Nimagaki qo'l urmasin, barchasiga maxsus bilimlar talab etilishini anglagan yigit
kechki adabiy kurslarga, shuningdek, biznesni boshqarish maktabiga yozildi. Endi keksa
xitoylikning ro'yxatidagi ko'pchilik kishilar bilan uchrashib, so'zlashganidan keyin u
Haqiqiy Boylik sirlari ularga qanday xizmat qilgan bo'lsa, uning uchun ham asqotishiga
astoydil ishonardi. O'ylagan va amin bo'lgan barcha niyatlariga qachonlardir albatta
erishajagiga imoni komil edi.
Ro'yxatda birgina odam qolgandi va yigitcha u bilan uchrashmoqdan g'oyat
hayajonlanardi.
Haqiqiy Boylikning eng so'nggi sirini bilish bag'oyat qiziqarli edi.
Jerri Liver shaharning badavlat zodagonlar yashaydigan qismida to'rt qavatli
hashamatli uyda yashardi. Bu yerdagi keng ko'chalarda diplomatlar, millionerlar va turli
mashhur kishilarga tegishli ulug'vor binolar qad rostlagan edi. O'tgan haftada yigitcha
anchayin ko'rkam koshonalarda bo'lgandi, ammo janob Liverning qarorgohi u ko'rgan
uylarning barchasidan o'tib tushdi. O'n sakkizinchi asrga mansub qadimiy mebellar bilan
jihozlanib, mahoratli bezakchi-dekoratorlar tomonidan nafis tartiblangan zalning ichki
ko'rinishi bag'oyat go'zal edi.
Kiraverishda kutib olgan eshik og'asi yigitni uch tomon devorlari poldan to shipga
qadar kitoblarga to'la javonlar bilan qoplanib, to'rtinchi tomonda joy olgan katta marmar
kamin ichida chirsillab o'tin yonayotgan mehmonxonaga kuzatib qo'ydi. Kamin yuqorisida