www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Birinchi sir
ANGLAB YETILMAGAN E'TIQOD KUCHI
Yigit uyiga kelib, chol yozib bergan barcha telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilib
chiqdi. Birinchi qo'ng'iroq qilishdan avval, yigit butunlay notanish kimsadan sirli keksa
xitoylik bergan bu raqam va ism to'g'risida odamlar qanday munosabat bildirar ekanlar,
deya taysallab turdi. Lekin uning xavotiri o'rinsiz bo’lib chiqdi, chunki ularning
hammasiga keksa xitoylik va Haqiqiy Boylikning sirlari ham ma'lum edi. Buning ustiga,
uning qo'ng'irog'i o'sha kishilarning har birida mislsiz quvonch uyg'otganday tuyulardi. U
yaqin haftalar ichida ularning har biri bilan navbatma-navbat uchrashishga kelishdi.
Ro'yxatda birinchi bo’lib Richard Epplbi ismli kishi tulardi. Ishi nihoyatda ko'p va
vaqti tig'izligiga qaramasdan, janob Epplbi ertasi kuni soat 5 larda unga vaqt ajratishga
mamnuniyat bilan rozi bo'ldi.
Janob Epplbi shaharning eng yaxshi joylaridan birida yashardi. Yigit mehmonxonaga
kirishi bilan shaharning botayotgan quyosh nurlaridagi go'zal manzarasini ko'rib, lol qoldi.
Xonaning janub tomonidagi devori to'rt tavaqali derazadan iborat bo’lib, undan g'oyat ajib
ko'rinish ochilardi. Ufqda botayotgan quyosh qahrabo rangga kirgan nurlari shaharning
ma'muriy binolar chiroqlari, ko'cha yoritgichlari va mashinalardan taralayotgan shu'la
bilan uyg'unlashib, chor atrofni yoritib tulardi.
— Bag'oyat, go'zal ko'rinish, — hayratini yashirolmay dedi yigit. — Men shaharni
shunday ta'sirli tarzda hech ko'rmagandim.
— Shunday emasmi? — jilmaydi mister Epplbi. — Ayni ana shu ko'rinish tufayli
men bu uyni sotib olganman. Sutkaning istagan mahalida shu yerda o'tirib, soatlab
shaharni tomosha qilish mumkin.
Yigit suhbatdoshiga diqqat bilan nigohini qaratdi. Unga ellik yosh berish mumkin
edi. Bu bo'yi uncha baland bo'lmagan pahlavon sumbatli, sochlari sariq va tiniq moviy
ko'zli kishi edi.
Uning kiyimlari asl bo'lsa-da, pala-partishroq ko'rinardi. Egnida och jigarrang
paxtalik shimi va yoqasi ochiq oq ko'ylak kiygandi.
— Demak, sizni Haqiqiy Boylik sirlari qiziqtiradimi? — deb gap boshladi u, yigit
o'tirganidan so’ng.
— Siz ular haqiqatda mayjud deb o'ylaysizmi? — so'radi yigit.
— Albatta, — javob berdi mister Epplbi.
— Xo'sh, bu sirlar nimalardan iborat ekan?
— Bu shunchaki eskirmaydigan o'nta tamoyil, agar ularga rioya qilinsa, har qanday
kishiga oddiy boylik emas, tuganmas boylik yaratishga imkon beradi.
— Har qanday kishiga? Siz bunga aminmisiz? — qayta so'radi yigit.
— Mutlaqo aminman, — tasdiqladi janob Epplbi.
— Lekin agar har bir kishi boy bo'lish qobiliyatiga ega ekan, nima uchun shunday
ko'p kishilar yashash uchun doimiy tarzda kurash olib boradilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |