www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Qariya jilmaydi.
— Avvalo, sen bu olam va undagi barcha narsalar qonunlarga bo'ysunishini anglab
olishing kerak, — deb tushuntira boshladi chol. — Ko'plari yaaxshi ma'lum bo'lgan tabiat
qonunlariga. Masalan, fizikadan yerning tortish kuchi qonuni to’g'risida shuni bilamizki,
olmani irg'itib yuborsak, u albatta yerga qaytib tushadi. Kislorodsiz sayyoramizda hayot
bo'lmasligini ham bilamiz. Lekin yana ko'p qonunlar mavjudki, — ulardan ba'zilari
Haqiqiy
ikka erishishga taalluqli, — ular unchalik yaxshi ma'lum emas va ko'pchilik odamlar
uchun sir bo'lib qoladi.
Ular tepalikka chiqayotib, yarim yo’lga yetayozganlarida yigit hansirab, nafasi tiqilib
qoldi, yonma-yon ketayotgan qariya esa hech qiynalmay so'zida davom etib borardi. Ular
tepalikka yetganlarida yigit cholga o'girilib qaradi.
— Xo'sh, — so'radi u nafasini rostlab olib, — bu sir nimadan iborat ekan?
— Haqiqiy Boylik sirlari, barcha tabiat qonunlari kabi, har bir inson uchun
taalluqlidir. Sen bajarishing kerak bo'lgan narsa — bu tegishli odamlarga berilishi zarur
bo'lgan muhim savollarni berishning o'zginasidir. Mana buni ol, senga yordam beradi, —
deya chol yigitga buklangan qog'oz varag'ini uzatdi.
Yigit shoshgancha uni ochdi-yu, lol qoldi. Qog'ozda hech qanday sir, hech qanday
dono so'z va afsun bitilgan yozuv yo'q edi. Bu shunchaki o'nta ism va o'nta telefon raqami
yozilgan ro'yxat edi. U qog'ozdan ko'z uzib qaraganida, chol uning yonidan g'oyib
bo'lgandi.
Yigit chor atrofga qaradi, itini sayrga olib chiqqan ikki kishidan bo'lak hech kimni
ko'rmadi.
— Kechirasiz, — dedi yigit ularga yaqinlashar ekan. — Hozirgina yonimda
ketayotgan cholni ko'rmadingizmi?
Yoshi anchaga borib qolgan erkak bilan ayol javob berishdan avval bir-biriga qarab
olishdi.
— Sizning yoningizda birov borligini men ko'rmadim, — dedi erkak. — Sen-chi,
Etel? — hamrohiga yuzlanib murojaat qildi u.
Yonida ketayotgan ayol boshini chayqadi.
— Yo'q, — dedi u.
- Lekin siz uni — qora sport kiyimidagi keksa xitoylik kishini albatta ko'rgan
bo'lishingiz kerak, — deya yigit yana ta'kidladi.
— Kechirasiz, — takrorladi erkak. — Men yoningizda hech kimni ko'rmadim.
Yigit chol bilan yurgan yo'ldan ortiga asta qayta boshladi. Chol bir zumda qayoqqa
g'oyib bo'lganini yigit anglay olmasdi. Va nima uchun itini sayrga olib chiqqan kishilar uni
ko'rmadi ekan?
Balki buning hammasini o'ylab topgandir, balki bog'ni aylanib yurganida unga
shunchalik ko'ringandir? Lekin kissasiga qo’lini kiritishi bilan bu xayol emasligini, chol
haqiqatan u bilan birga bo'lganini tushundi. O'nta ism va o'nta telefon raqami yozilgan bir
parcha qog'oz buning isbot-u dalili edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |