Alloh Qur’onda aytadi: ”Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11) 1.Tahrif - bu aniq oyatlarning va sahih hadislarning ma’nolarini yolg’on bo’lgan boshqa ma’nolarga almashtirish, masalan, istivaa (ko’tarilish)ning ma’nosini istawlaa (g’alaba qilish, qozonish) deb tushuntirish. 2.Ta’til- bu Alloh sifatlarini inkor va rad etish. Ya’ni masalan, Allohning osmonlar ustida yuksakligini rad etish. Adashgan guruhlar Alloh barcha joyda deb ta’kid qilishadi. Alloh taolo ularning yol’gonlaridan uzoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |