Kalom ilmi sahobalar davrida mavjud bo‘lmagan deyishga ham asosimiz bor, chunki sahobalar Payg‘ambar (s.a.v.)ning mutashobih oyatlar, ixtilofli masalalarga to‘la kirishib ketishdan taqiqlariga to‘la amal qilganlar va bu davrda mutashobih oyatlar va aqidaviymasalalarda bahsu munozara qiladigan inson namoyon bo‘lmagan.
Buning sababi, Ibn Abbos r.a. zikr qilganidek, qalbga shak-shubha tushishidan saqlanish edi.
Sahobalar yashagan asrda birinchi bor mutashobih oyatlar haqida so‘ragan odam Abdulloh ibn Subayg‘ ismli kishi bo‘lib, u Madinaga kelib odamlar orasida mutashobih oyatlar haqidagi savollarni tarqata boshlagan.
Bu haqda Umar r.a. eshitganlarida uni huzuriga chaqirib, qattiq ogohlantirgan. Ibn Subayg‘ bu haqda savol so‘ramaslikka va’da bergan, biroq keyinchalik va’dasiga xilof ish tutgan.
Umar r.a. voliy Abu Muso al-Ash’ariyga maktub yozib musulmonlarni Ibn Subayg‘ bilan hamsuhbat bo‘lishdan taqiqlashini talab qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |