Апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 72 б



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana01.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#281729
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
17.Fizika matematika 1 qism

Апрель  2021  17-қисм

Тошкент

MATEMATIKANING HAYOTIMIZDA TUTGAN O’RNI 

Xalmuratova Gulchexra Kurbanbaevna-

Qoraqalpog’iston Respublikası 

Nukus shahar  25-sonli maktabning 

Matematika fani o’qituvchisi



Annotatsiya:  Maqolada  matematika  jamiyatni  uyushgan  va  tizimli  ravishda  rivojlanishiga 

yordam beradi va uning rivojlanishi foydasiga muhim fikrlarni topish uchun muhim ma’lumotlar 

va real statistikani tan olishga yordam beradi degan iboralar keltirilgan. 

Kalit so’zlar: Matematika, fikrlash, muhokama, muzokara, bilim, o’quvchi, maktab

Matematika — kichik yoshimizdan tanishishni boshlaydigan keng ilm. Shu sabab uning birinchi 

sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Bu ilm haqida davlatimiz rahbarining «Matematika 

hamma  aniq  fanlarga  asos.  Bu  fanni  yaxshi  bilgan  bola  aqlli,  keng  tafakkurli  bo‘lib  o‘sadi, 

istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi», - degan ibratli fikrlarini ham ta’kidlab o‘tish lozim. 

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchining tahliliy va 

mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo’ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, hayotdagi turli 

vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni 

bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o’zida shakllantiradi. Matematika jamiyatni uyushgan 

va tizimli ravishda rivojlanishiga yordam beradi va uning rivojlanishi foydasiga muhim fikrlarni 

topish uchun muhim ma’lumotlar va real statistikani tan olishga yordam beradi.

Shuningdek,  matematiklarga  xos  fikrlash  uni  kelajakda  amalga  oshirmoqchi  bo’lgan  ishlar, 

tevarak-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi. 

Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o’rnini inobatga olingan holda mazkur fan birinchi 

sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo’lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika 

ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borishi, uni o’qitishda eng so’nggi pedagogik 

va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 

joriy etishga katta e‟tibor qaratilmoqda. 

Ayniqsa, o’quv fanini akademik bilim berishdan ko’ra ko’proq hayot bilan bog’lash, amaliy 

misol  va  masalalarni  yechish,  o’quvchilarni  mustaqil  izlanish,  o’qibo’rganishga  jalb  etishning 

ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o’quvchi o’zini majburan partaga mixlab qo’yilgandek his 

etmasligi,  aksincha,  mashg’ulotlarda  katta  ishtiyoq,  kuchli  xohish  bilan  qatnashishiga  erilishi 

lozim.

Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda,  balki uyda, 



ish  jarayonida,  sport  va  san’at  bilan  shug’ullanishda,  savdo-sotiq,  oldiberdi  –  hayotning  har 

bir  lahzasida  o’quvchiga  naf  berishini  u  chuqur  anglab  yetishi  muhim.  Buning  uchun  esa 

mazkur fan o’qituvchisi o’tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog’lab, biror misol yoki 

masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o’rgatishi zarur. Misol 

uchun:Adham akaning plastik kartochkasiga 450 ming so’m oylik maoshi tushdi. U oyligining 

35 foizini plastik kartochkasiga oladi. Uning jami oyligi necha so’m? Uning naqd pulda oladigan 

maoshi qancha?

Buni tug’ri proporsiya usulida osongina yechish mumkin:

450 000 – 35%

X – 100%


(450 000 x 100 / 35 = 1 285 714,29) 

Demak, 1 285 714 so’m – uning jami maoshi. Shundan 450 ming so’m plastik  kartochkaga 

tushsa, 835 714 so’m naqd pul oladi.

Bu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Eng muhimi, o’quvchi kitobdaftarida raqam, har 

xil amallarni emas, balki oddiy hayotni, kelajagini ko’ra olishi kerak. Bu kabi misollarni keltirish 

bilan  bir  qatorda,  pedagog  o’z  o’quvchilarini  mustaqil  izlanish,  tadqiqot  olib  borish,  o’zi  ham 

ana shunday qonuniyatlarni ongli ravishda topishga jalb qilishi katta foyda beradi. 

Deylik, maktabda 6-sinflar o’rtasida matematika bo’yicha kichik ilmiy konferensiya tashkil etish 

mumkin. O’quvchilarga o’z oilasi, mahallasi, qishlog’i, shahri doirasida atematikaning ahamiyatini 

ilmiy jihatdan ochib berish vazifasi topshiriladi. Ma’lum muddat belgilanib, ilmiy tadqiqot olib 

borgan o’quvchilar ro’yxati shakllantiriladi, o’ziga xos, hayotiy va samarali izlanishlar mualliflari 



17


Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish