G eometrik shaklli applikatsiyalar. Bajarilish texnologiyasiga ko’ra applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli applikatsiyalardir. Geometrik shakllar talabalarning kvadrat, to’g’ri burchak, uchburchak, aylana qog’oz bo’lagi va o’lchov asboblari haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlaydi. Ular badiiy didini o’stiradi, doira, kvadratda naqshlar tuzish bo’yicha olingan bilimlarini chuqurlashtiradi. O’quvchilar ayrim predmetlami detalma-detal tahlil qilib, geometrik shakllarni to’g’ri idrok etishni o’rganadilar. Masalan, archa bir-biriga kiygizilgan uchburchakka o’xshaydi yoki yuk mashinasi turli o’lchamdagi to’g’ri burchaklardan, g’ildiragi aylanadan tashkil topganligini idrok etadilar. Bolalarda «Ko’p-kam», «Uzunasiga», «Ko’ndalangiga», «Ikki qismga qirqish», «Teng qismlarga» kabi tushunchalar mustahkamlanadi. Bolalar ranglar uyg’unligini to’g’ri tanlashni o’rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi.
Geometrik shaklli applikatsiyalarni ham naqshli, predmetli, syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.
Doira, kvadrat va ovaldan naqshlar yasash. Naqsh detallari: turli o’lchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda naqsh diagonal bo’yicha tuziladi, bunda shakllarni simmetrik joylashtirish qulay.
Geometrik shakllardan predmetli applikatsiya. Bolalarning predmetlami fazoviy idrok etishi rivojlanishi kerak. Bizni o’rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.
Ko’p rangli applikatsiyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo’lib, bu tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyani bajarishda fonni tanlash muhimdir. Fon ifodalanadigan predmet xuddi bo’rtib turgandek, yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylangan kompozitsiyaga bog’liq. Fonda joylashadigan detallar rangi ham shunday tanlanlanadi. Bunda detallarning tabiiy joylashishi va ular o’lchamlarining uyg’unligiga e’tibor berishi kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallarning tarhlari oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar esa belgilangan natura-qoralamalar bo’yicha qirqiladi. Applikatsiyalarning ifodaliligi va jonliligiga erishishning usullari ko’p. Ayrim detallarning tag qismida kesiklar qilinib yelimlashda boshqa qog’oz qo’yiladi. M azmunli applikatsiya. Bu applikatsiya kompozitsiyaga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Murakkab mazmunli applikatsiya ertaklar, hikoyalar va shu kabilarga illyustrasiya sifatida yasaladi. Agarda syujet oddiy bo’lsa, tasvirlarni oldindan belgilamay qirqish mumkin. Bu applikatsiyada ma’lum bir mazmunni ifodalasa bo’ladi. Bu badiiy asar uchun ilyustrasiya bo’lishi mumkin. Applikatsiyada manzara va narsalarning hajmini, rangini, soya va yorug’lik tushayotgan tomonini munosib rang berib ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |