Apple kompaniyasi



Download 24,16 Kb.
Sana19.11.2022
Hajmi24,16 Kb.
#868976
TuriReferat
Bog'liq
APPLE KOMPANIYASI





QO’QON UNVERSITETI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti
“Iqtisodiyot” yo’nalishi
4-guruh talabasi
To'rakeldiyev Davron
“____________________________________”
fanidan
APPLE KOMPANIYASI
mavzusida tayyorlagan

REFERATI

APPLE KOMPANIYASI


Reja

  1. Apple kompaniyasining yaratilish tarixi

  2. Apple kompaniyasining ishlash pirinspi

  3. Apple kompaniyasining bugungi kundagi salohiyasi


Apple kompaniyasining yaratilish tarixi

Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970-yilning oʻrtalarida ular „Motorola 6502“ prosessori bazasida birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. Oʻnlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1-aprel 1976-yil da Kompaniyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishgan.1976-yilda ishlab chiqilgan „Apple I“ birinchi dasturlashtiruvchi mikrokompyuter boʻlmagan. Birinchilik „Alʼtair 8800“ kompyuteriga tegishli, 1974-yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan. Ammo, „Alʼtair“ texnik tomondan „shaxsiy kompyuter“ sifatida kvalifikatsiyalanman boʻlgan, chunki yigʻish imkoniyatiga ega boʻlmagan va dastur yordamida maʼlumotlarni chaqirish imkoniga ega boʻlmagan. Yillar davomida kompaniya „Motorola“ prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizimli oʻzining „Macintosh“ kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan. 1980-yil noyabr oyida kompaniya kompyuterlarini bozorga chiqara boshlaydi va barcha kamchiliklar oʻzini namoyon eta boshlaydi. 1981-yil mart oyiga kelib etkazib berilgan kompyuterlarning 20 % i nosoz holda etkazilayotgani aniqlandi. Qolganlari esa yoqilishi bilan bir soat oʻtar oʻtmas boʻzilar edi, chunki Jobs ventilyator qoʻyishga ruxsat bermagan edi va mikrosxemalar temperatura oshishiga dosh bermas edi. 1981-yilning mart oyida Wozniak aftohalokatga uchraydi va vaqtinchalik ishlay olmaydi. „Apple III“ ni sotish bilan bogʻliq muammolar shunga olib keldiki, Jobs oʻzning 40 ta ishchisini boʻshatishga majbur boʻladi. 1985-yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan texnik progressni rivojlantirgani uchun Jobs va Wozniakga medal topshiradi.


„Apple“ — ommaviy kompaniya, uning aksiyalari NASDAQ va London fond birjalarida sotiladi. Kapitalisatsiya 2007-yil iyul oyi oʻrtalarida — $115,3 mlrdni tashkil etdi. Bosh boshqaruvchi — Steve Jobs.
Kompaniya oʻzining bir qism mahsulotlarini oʻziga tegishli doʻkonlar tizimi orqali koʻtara sotadi. (AQSH, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya da 147 ta doʻkoniga ega). „Apple“ 2005-yil 24-sentyabr moliyaviy yil yakunlariga koʻra oʻz doʻkonlaridan $2.35 mlrd daromad olgan, bu uning yillik savdo hajmining 17 % ni tashkil etadi.
Apple oʻzining mustaqil xizmat koʻrsatish markazlari dasturini (IRP) 200 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham ishga tushiradi. Dastur bosqichma-bosqich kengaytiriladi — Oʻzbekiston esa ikkinchi bosqichda qamrab olinadi. Mamlakatdagi xizmat koʻrsatish markazlari 2021-yilning oxirida IRP sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza berishi mumkin boʻladi
Hozirgi kunda Macintosh kompyuterlaridan tashqari (MacPro, iMac va Mac mini modellari, noutbuklar : MacBook va MacBook Pro, Xseve server ishlab chiqarish) shuningdek ularga dasturiy taʼminoti (Mac OS X, iLife,Final Cut, Aperture multimediya paketlari va boshqalar) ishlab chiqaradi. Apple iPod pleyerlari ishlab chiqaradi, shuningdek iTunes onlayn doʻkoni orqali raqamli audio va videoyozishlarni sotish bilan ham shugʻullanadi. Apple Cinema Display deb nomlanuvchi professional kompyuter displeylarini ham ishlab chiqaradi.
2006-yil yanvar oyidan boshlab „Apple“ kompaniyasi Intel prosessorli kompyuterlar ishlab chiqara boshladi.
2007-yil 21-mart dan boshlab „Apple“ HDTV video formatda ishlovchi Apple TVmultimediya pleyerlarni ishlab chiqara boshladi.
2007-yil 29-iyundan „Apple“ yangicha boshqarish usuli Multi — Touch ga asoslangan iPhone yangi telefonini sotishni boshladi.

Apple juda boy tarixga ega. U Jobs garajidagi kichkina startapdan odamlarning raqamli texnologiyalar haqidagi g‘oyalarini o‘zgartirgan ko‘p milliardli korporatsiya aylangunga qadar qiziqarli yo‘lni bosib o‘tdi. Uning asoschisi - Stiv Jobs ko‘pchilik uchun kumirga aylangan. 


Quyida Apple haqidagi eng qiziqarli va unchalik ommalashmagan, saralangan 14 faktni keltirib o‘tamiz.1. Apple'ga uch kishi asos solgan.
Apple kompaniyasining asoschilaridan ikki kishi, ya’ni Stivlar juftligi- Voznyak va Jobsni deyarli hamma biladi, ammo kompaniya muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shgan uchinchi shaxs Ronald Ueynni ham unutmaslik lozim. Jobs Atari kompaniyasida ishlab yurganida u bilan do‘stlashgan. Ueyn nafaqat kompyuterlarni yaratishda ishtirok etgan, balki ular uchun qo‘llanmalar ham yozgan, shuningdek, “olma“ kompaniyasining birinchi logotipini ham yaratgan. Keyinchalik, Ronald Ueyn Stiv Jobsning g‘alati g‘oyalaridan qo‘rqib, kompaniya kasod bo‘ladi deb o‘ylab, ulushini arzonga sotib, kompaniyadan ketgan. Lekin bu “g‘alati“ g‘oyalar Apple'ni butun dunyoga mashhur qilgan. O‘shandan beri Ueynning karerasida o‘sish bo‘lmadi, hozirda u Nevada treyler parkida tanga va muhrlar sotmoqda. 2011 yilda iPad taqdim qilinguniga qadar unda uzoq vaqt davomida Apple'dan birorta mahsulot bo‘lmaganligi esa juda qiziq.
2. Barchasi oddiy kalkulyatordan boshlangan.
Kompaniyani ishga tushirish uchun pul zarur edi. Buning uchun Jobs mikroavtobusini, Voznyak esa kalkulyatorini sotishiga to‘g‘ri kelgan. Kalkulyator o‘sha vaqtlarda mashinadan qimmatroq baholangan. Shuningdek, o‘sha vaqtlarda har qanday kompyuter va hisoblash texnologiyalari juda qimmatga tushar, Woz kabi dasturlashtiriladigan kalkulyator esa oltinga tenglashtirilar edi. Shunday qilib, Voznyak sotgan kalkulyator narxi 500 dollarni tashkil etgan (hozirgi qiymatda 2000 dollar atrofida).
3. Stiv Jobsning haqiqiy ota-onasi uni asrab olishga berishgan.
Viskonsin universiteti talabasi Joanna Shibl 1955 yilda homilador bo‘ladi va o‘zining yigiti, suriyalik muhojir Abdufatta Jandali bilan birga bolani tashlab ketmoqchi bo‘lishadi, ammo oshiqlarning ota-onalari ularni bolani asrab olishga berishga majbur qilishadi. Joanna Shibl farzandining bo‘lajak ota-onasi oliy ma’lumotli bo‘lishini xohlaydi. Vaholanki, bolani yuqori maktabdan chetlashtirilgan Pol Jobs va kollej talabasi Klara Jobslar asrab olishadi, chunki ular farzand ko‘ra olmas edilar. Shibl va Jandali esa bir qancha vaqt o‘tgach, turmush qurgan va Monu Simpson ismli qiz farzandli bo‘lishgan. Jobs hech qachon haqiqiy otasini ko‘rmagan, ammo o‘limidan oldin u bilan elektron pochta orqali yozishgan.
4. Stiv Voznyak haligacha Apple'da ishlaydi.
Aniqroq qilib aytganda, u rasman kompaniya xodimlar shtatida va hatto yiliga 120 ming dollar maosh oladi. Voznyakning o‘zi introvertdir va an’anaviy ish kunini yomon ko‘radi. Shuning uchun, u 1987 yildayoq muntazam ravishda ofisga kelishni to‘xtatgan.
5. Apple'ning birinchi kompyuteri narxi 666,66 dollar bo‘lgan.
Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1'ning chakana narxi 666,66 dollarni tashkil qilgan. Voznyakdan ushbu miqdorni tanlashning sababi nimada deb so‘rashganida, u shunchaki bu raqamlarni terish qulayroq ekanligini aytgan. Bundan tashqari, Voznyak takroriy raqamlarni yaxshi ko‘rardi. Qisqacha aytganda, u umuman g‘alati odam bo‘lgan.
6. Apple mahsulotlari samolyotlarda yetkazib beriladi.
An’anaviy parom va barjalar o‘rniga Apple o‘z mahsulotlarini yetkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi. Bu ancha qimmat, ammo bu usul ham o‘zining afzalliklariga ega. Birinchidan, qurilmalar do‘kon javonlarida juda tez paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, samolyotlarni talash ancha qiyin va ularni tutib olish olish deyarli imkonsiz. Apple kompaniyasining eng yirik “samo hamkori“ Cathay Pacific aviakompaniyasi hisoblanadi.7. Stiv Jobsga Macintosh nomi yoqmagan.
Jobs Jef Ruskinning Macintosh loyihasiga qiziqa boshlaganidan so‘ng, ushbu kompyuterni ishlab chiqarish ishlari ancha tezlashgan. Raskin o‘z mahsulotiga sevimli olma navi “Macintosh “ sharafiga shunday nom bergan. Loyihaning vaqtinchalik nomi sifatida bu so‘z Stivga to‘liq mos keldi, lekin u haqiqatan ham kompyuterni rasmiy ravishda ushbu nom ostida sotishni xohlamagan. Bir kuni, Raskin idorada bo‘lmaganida, Jobs hatto uni o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo o‘sha paytda unga kompaniyada hal qiluvchi so‘z huquqi berilmaganligi uchun hech narsa o‘zgarmagan.
8. Jobs oq rangni yoqtirmagan.
Stiv Jobs Apple'ga qaytib kelganida, u kompaniyaning barcha kompyuterlari haqiqatdanda chiroyli ko‘rinishini xohlagan. Uning maqsadi ularni egasi faxrlanadigan qurilmaga aylantirish edi. U dizayner Jon Ivega (u hanuzgacha kompaniyadagi muhim xodimlardan biri) o‘z qarorlarini tatbiq qilishi uchun to‘liq huquq berdi. Stivni oq rangdan tashqari deyarli hamma narsa qoniqtirar edi. U Ivedan boshqa rangni tanlashni so‘radi. Dizayner shunchaki tayyor mahsulotni kulrang bilan bo‘yadi (Moon Gray, ya’ni oy rangi), ammo bu variant Jobsga yoqmadi. O‘shandan beri oq rang barcha Apple mahsulotlarining asosiy fishkalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
9. Apple “baxtli“ kiyimga ishonadi.
Jobs taqdimotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u har doim bir xil kiyim bilan taqdimotga chiqqan: Levi's'ning jinsi shimlari, qora vodolazka va New Balance krossovkalari. Ushbu “stil“ juda mashhur bo‘lgan va Stiv vafotidan keyin ham an’anaga aylandi: Jonatan Ayv ham xuddi shu uslubdagi, xuddi shu ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan futbolkalarni kiyib taqdimotga chiqadi.
10. Birinchi iPod'da Breakout'ni o‘ynash uchun yashirin imkoniyat bo‘lgan.
Breakout'ning yaratuvchisi - Stiv Voznyak, uni 1976 yilda Apple tashkil etilishining boshida Atari uchun ishlab chiqqan. 15 yildan keyin chiqarilgan birinchi avlod iPod’da muayyan harakatlar ketma-ketligini bajargandan so‘ng ushbu o‘yinni o‘ynash mumkin bo‘lgan. Imkoniyatga ega bo‘lish uchun esa siz “Qurilma haqida“ menyusiga o‘tishingiz va markaziy tugmachani uch soniya bosib turishingiz kerak edi.
11. Apple'da Isaak Nyutondan ilhomlanishadi.
Nyuton ingliz fizigi va matematigi, insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk aql egalaridan biridir. Aytishlaricha, u boshiga olma tushganidan keyin tortishish qonunini aniqlagan. Shu sababli, kompaniyaning dastlabki logotipida olma daraxti ostida o‘tirgan Nyuton tasvirlangan. Apple tomonidan ishlab chiqilgan birinchi qo‘l kompyuterlaridan biri ham Apple Newton deb nomlangan.
12. Applye dunyoda birinchi raqamli kamera sotgan.
U Apple QuickTake 100 deb nomlangan va o‘sha paytda inqilob bo‘lgan. Ammo, ko‘plab uning kamchiliklari ham mavjud edi: joy bor-yo‘gi sakkizta fotosurat uchun yetarli edi, vizor yo‘q va fotosuratlarning sifati ancha yomon edi. Shunday qilib, qurilma hech qanday natijaga erishmagan.
13. Apple soniyasiga 5400 dollar ishlab topadi.
Shubhasiz, Apple eng boy kompaniyalardan biridir. 2013 yilda kompaniyaning sof foydasi 171 milliard dollarni tashkil etdi. Bir sutkada 86 400 soniya, bir yilda esa 365 kun borligini hisobga olib, oddiy hisob-kitoblarni amalga oshirsangiz, har soniyada Apple 5400 dollar ishlab topganligi ayon bo‘ladi.
14. Apple byudjeti AQSh Moliya Vazirliginikidan ko‘p.
Apple'da 160 milliard dollar, vazirlikda esa 49 milliard dollar bor. Aynan shu mablag‘larni Apple o‘zining yangi hashamatli kampusini qurishga sarflamoqda.
Download 24,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish