Apple
U Jobs garajidagi kichkina startapdan odamlarning raqamli texnologiyalar haqidagi g‘oyalarini o‘zgartirgan ko‘p milliardli korporatsiya aylangunga qadar qiziqarli yo‘lni bosib o‘tdi. Uning asoschisi - Stiv Jobs ko‘pchilik uchun kumirga aylangan. Apple'ga uch kishi asos solgan. Apple kompaniyasining asoschilaridan ikki kishi, ya’ni Stivlar juftligi- Voznyak va Jobsni deyarli hamma biladi, ammo kompaniya muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shgan uchinchi shaxs Ronald Ueynni ham unutmaslik lozim. Jobs Atari kompaniyasida ishlab yurganida u bilan do‘stlashgan. Ueyn nafaqat kompyuterlarni yaratishda ishtirok etgan, balki ular uchun qo‘llanmalar ham yozgan, shuningdek, “olma“ kompaniyasining birinchi logotipini ham yaratgan. Kompaniyani ishga tushirish uchun pul zarur edi. Buning uchun Jobs mikroavtobusini, Voznyak esa kalkulyatorini sotishiga to‘g‘ri kelgan. Kalkulyator o‘sha vaqtlarda mashinadan qimmatroq baholangan. Shuningdek, o‘sha vaqtlarda har qanday kompyuter va hisoblash texnologiyalari juda qimmatga tushar, Woz kabi dasturlashtiriladigan kalkulyator esa oltinga tenglashtirilar edi. Shunday qilib, Voznyak sotgan kalkulyator narxi 500 dollarni tashkil etgan (hozirgi qiymatda 2000 dollar atrofida). Stiv Voznyak haligacha Apple'da ishlaydi. Aniqroq qilib aytganda, u rasman kompaniya xodimlar shtatida va hatto yiliga 120 ming dollar maosh oladi. Voznyakning o‘zi introvertdir va an’anaviy ish kunini yomon ko‘radi. Shuning uchun, u 1987 yildayoq muntazam ravishda ofisga kelishni to‘xtatgan. Apple'ning birinchi kompyuteri narxi 666,66 dollar bo‘lgan. Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1'ning chakana narxi 666,66 dollarni tashkil qilgan. Voznyakdan ushbu miqdorni tanlashning sababi nimada deb so‘rashganida, u shunchaki bu raqamlarni terish qulayroq ekanligini aytgan. Bundan tashqari, Voznyak takroriy raqamlarni yaxshi ko‘rardi. Qisqacha aytganda, u umuman g‘alati odam bo‘lgan. Apple mahsulotlari samolyotlarda yetkazib beriladi. An’anaviy parom va barjalar o‘rniga Apple o‘z mahsulotlarini yetkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi. Bu ancha qimmat, ammo bu usul ham o‘zining afzalliklariga ega. Birinchidan, qurilmalar do‘kon javonlarida juda tez paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, samolyotlarni talash ancha qiyin va ularni tutib olish olish deyarli imkonsiz. Apple kompaniyasining eng yirik “samo hamkori“ Cathay Pacific aviakompaniyasi hisoblanadi. Jobs Jef Ruskinning Macintosh loyihasiga qiziqa boshlaganidan so‘ng, ushbu kompyuterni ishlab chiqarish ishlari ancha tezlashgan. Raskin o‘z mahsulotiga sevimli olma navi “Macintosh “ sharafiga shunday nom bergan. Loyihaning vaqtinchalik nomi sifatida bu so‘z Stivga to‘liq mos keldi, lekin u haqiqatan ham kompyuterni rasmiy ravishda ushbu nom ostida sotishni xohlamagan. Bir kuni, Raskin idorada bo‘lmaganida, Jobs hatto uni o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo o‘sha paytda unga kompaniyada hal qiluvchi so‘z huquqi berilmaganligi uchun hech narsa o‘zgarmagan Apple “baxtli“ kiyimga ishonadi. Jobs taqdimotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u har doim bir xil kiyim bilan taqdimotga chiqqan: Levi's'ning jinsi shimlari, qora vodolazka va New Balance krossovkalari. Ushbu “stil“ juda mashhur bo‘lgan va Stiv vafotidan keyin ham an’anaga aylandi: Jonatan Ayv ham xuddi shu uslubdagi, xuddi shu ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan futbolkalarni kiyib taqdimotga chiqadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |