Apparat virtualizatsiyasini amalda faollashtirish.
Keling avvalanbor sizga ya’na bir ma’rotaba apparat virtualizatsiyasi haqida kitobiy va adabiy tillardan qochgan holda sodda hamda qisqa qilib tushuntirsam. Albatta bu takrorlash sizga apparat virtualizatsiyasini faollashtirish siz uchun kerakmi?, yo’qmi? degan savollarga javob beradi.
Kompyuter texnologiyalarining faol rivojlanishi apparat imkoniyatlarining ham o'sishiga yordam beradi. Apparat virtualizatsiyasi mavjud tizimlar resurslarini yanada malakali taqsimlash hisobiga kompaniyalar uchun xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi.
Oddiy foydalanuvchilar hamda kompaniyalar tomonidan qo'llaniladigan apparat virtualizatsiyasi kompyuterdan foydalanishda xavfsizlik darajasini oshirishga yordam beradi. Ushbu texnologiya yordamida foydalanuvchilar va kompaniyalar ma'lumotlarga zarar yetkazish yoki ma’lumotlarni yo'qotish xavlarisiz turli xil dasturiy ta'minot qobiqlari va ilovalarni sinab ko'rishlari mumkin.
Apparat virtualizatsiyasi texnologiyasi virtual mashinani yaratishga imkon beradi. Oddiy qilib aytganda, siz bita kompyuterdan (Bitta protsessordan) ikkita mustaqil kompyuterni dasturiy ya’ni virtual tarzda yarata olasiz. Natijada, foydalanuvchi bir nechta operatsion tizimlarni o'rnatishi, shuningdek, ushbu qobiqlarga xos dasturlardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, bunday maxsus himoyalangan rejimda dasturlardan odatiy tarzda, huddi siz o’z shaxsiy kompyuteringizdan qanday foydalangan bo’lsangiz, yangi virtual yaratgan kompyuteringizdan ham huddi shundek foydalanishingiz mumkin. Esda tutingki, bunday virtual mashinalar ishlagandan so'ng siz o’rnatgan OS konfiguratsiyasiga hech qanday o'zgartirishlar kiritmaydi.
Texnologiya ko'pgina zamonaviy Intel va AMD protsessorlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va shu sababdan ham kompyuterlarni ishlab chiqaruvchisiga qarab Bios menyusi orqali apparat virtualizatsiyasi faollashtiriladi. Ammo biz misol sifatida olingan ma'lum bir holat haqida gaplashamiz ya’ni – AMD Athlon 200GE protsessorli Gigabyte ona platasining BIOS sozlamalarida virtualizatsiyani qanday yoqish mumkinligini ko’rib o’tamiz. Umuman olganda boshqa ona platani ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham, shunga yaqin harakatlar algoritmi bajariladi.
1. Avvalanbor apparatli virtuallashtirishning holatini tekshirish uchun ALT+CTRL+DEL tugmalarini bosish orqali vazifa menejeri (Диспетчер задач) sahifasiga kiriladi va u yerdan Unumdorlik (Производительность) sahifasiga o’tilib Virtuallashtirish: (Виртуализация:) deb yozilgan joyga nazar tashlanadi va holat tekshiriladi.
Ko’rinib turibdiki virtuallashtirish hozirda aktiv holatda emas uni komyuterni Bios menyusiga kirish orqali faollashtiramiz.
2. Kompyuter to’lliqligicha ishni yakunlash (Завершения работы) orqali o’chiriladi.
3. Kompyuter o’chgandan so’ng qaytadan yoqilib darhol BIOS menyusiga (kompyuterni yoqishda F2 yoki Del tugmalarini bosib) o’tiladi.
4. Kengaytirilgan chastota sozlamalari bo'limini toping skrinshotda (M.I.T.: Advanced frequency settings).
5. Keyinchalik, kengaytirilgan protsessor sozlamalariga o'ting skrinshotda (Advanced CPU settings).
6. Mos keladigan sozlamalar elementi tanlanganida chaqiriladigan menyuda apparatni virtualizatsiya qilish funksiyasini faollashtirish qoladi skrinshotda (SVM mode). AMD protsessorlarida SVM (Support Vector Machine), Intel protsessorlarida esa Intel VT (Intel Virtualization Technology) deb nomlangan bo’ladi. Shuni esda tutingki bu funksiyani faollashtirish uchun protsessor hamda ona plata bu texnologiyani qo’llab-quvvatlashi kerak bo’ladi. Aks holda bundan oldingi aytib o’tilgan ishlarni barchasi to’g’ri bajarilganda ham, bu funksiya shunchaki bios menyusida ko’rinmaydi.
7. Faollashtirish (Enabled) tugmasi bosiladi.
8. O’zgartirilgan sozlamalarni BIOS o’zida saqlab qolishi uchun sozlamalarni saqlash va chiqish (Save & Exit setup) tugmasi orqali BIOS sozlamalaridan chiqiladi.
9. Kompyuter ishga tushgandan so’ng apparat virtualizatsiyasini muvoffaqiyatli faollashtirilgani tekshiriladi. Albatta buning uchun ALT+CTRL+DEL tugmalari bosilib, birinchi holatdagi amallar takroran bajariladi.
Ko’rib turibsizki Apparat virtualizatsiyasi muvoffaqiyatli faollashtirildi.
Xulosa qilib shuni qo'shimcha qilishimiz mumkinki, ona platalarning BIOS sozlamalarida Gigabyte apparat virtualizatsiyasi ko'plab protsessorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va juda oddiy tarzda yoqiladi. Bu dasturiy ta'minot qobig'i va ilovalari bilan tajriba o'tkazish uchun keng maydon ochadi, shuningdek, uy shaxsiy kompyuterlari va korporativ uskunalardan xavfsiz foydalanishni imkonini beradi.
Agar siz virtualizatsiyadan umuman foydalanmasangiz va kelajakda undan foydalanishni rejalashtirmayotgan bo’lsangiz, uni yoqish ham foydasiz - bu virtualizatsiyani tashkil qilish uchun ajratilgan apparat resurslarini tejaydi va ularni OT uchun sarflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |