regEdit oynasini ishga tushurish.
Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to‘plamiga kiruvchi, regEdit dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regEdit ni bajaring buyrug‘ini kiriting ( Pusk\Vыpolnit\ regEdit) va OK tugmasini bosing.
Dasturni darchasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma (struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo‘ladi, o‘ng tomonda esa, belgilangan (aktiv) bo‘limda joylashgan kalitlar ro‘yxati chiqadi. Redaktor yordamida qiymatlarni to‘g‘rilashingiz, reestrni import va eksport qilishingiz hamda qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin. Reestr oltita bo‘limdan iborat. Har bir bo‘lim, darchaning chap qismida joylashgan va papka belgisi ko‘rinishiga ega bo‘lgan qism bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Reestr daraxtning chekli elementi–bu, uch tipga bo‘linadigan kalitlardir:
satrli (masalan, ":\Windows");
ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal uzunligi 16 Kbayt;
DORD. Bu tipdagi kalit 4 baytdan iborat bo‘lib, o‘n oltilik va o‘nlik ko‘rinishda aks etadi (masalan, 0x00000020 (32)-qavsni ichida kalitning o‘nlik qiymati ko‘rsatilgan).
Endi joriy bo‘limlarni ko‘rib chiqamiz, aniqrog‘i, ular qanday ma’lu-motga ega. Tartib bo‘yicha boshlaymiz:
HKEY_LASES_ROOT. Bu bo‘limda Windowsda qayd etilgan fayllar tiplari, shuningdek, , OLE va drag-and-drop operatsiyasi to‘g‘risida ma’lumot-lar mavjud.
HKEY_URRENT_USER. Bu yerda, Windowsga kirgan foydalanuvchi qobig‘ini sozlatuvchilar joylashgan (masalan, “Pusk” menyusini, Ish stolini). Bular HKEY_USER\name qism bo‘limida joylashgan fayllarning nusxasini oladi. Bu yerda, name-Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda Kompyuterda bitta foydalanuvchi ishlasa va Windowsga doimiy kirish ishlatilsa, unda bo‘lim qiymatlari
HKEY_USERS\. DEFAULT qism bo‘limdan olinadi.
HKEY_LOAL_MAChINE. Bu bo‘lim kompyuterga tegishli, drayverlar, dasturiy ta’minotni o‘rnatish va HKEY_USERS sozlash ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Hamma foydalanuvchilar uchun Windows qobig‘ini ham o‘z ichiga oladi. Avval aytilgandek, aynan shu bo‘limdan HKEY_URRENT_USER bo‘limga ma’lumotlar nusxalanadi. Barcha HKU (HKEY_URRENT_USER)dagi o‘zgarishlar avtomatik ravishda HKU ga o‘tadi. HKEY_URRENT_ONFIG. Bu bo‘limda Plug&Play qurilmasining va apparat vositalari o‘zgaruvchan bo‘lgan Kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida ma’lumot joylashadi. HKEY_DYN_DATA. Bu yerda esa foydalanuvchining kompyuterda o‘rnatilgan qurilmalari haqida dinamik ma’lumotlar saqlanadi. Aynan, bu bo‘limga tegishli ma’lumotlar Boshqaruv panelidan chaqirilgan,
"Svoystva Sistemы" (“Tizim xususiyat(xossa)lari”) darchasidagi "Ustroystva" ilovasida aks etadi. Bu bo‘limdagi ma’lumotlar amaliy tizim yordamida o‘zgartiriladi. Shunday ekan, qo‘l yordamida, ba’zi birlarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. HKEY_URRENT_USER va HKEY_LOAL_MAChINE bo‘limlari katta imkoniyatlarga ega. Aynan, ularda amaliy tizimni lozim bo‘lgan ko‘rinishga olib keladigan sozlanishlar saqlanadi.
Reg-fayllar tuzilmasi. Reg-fayl–bu, o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lib, reestrga o‘tadigan ma’lumotni, o‘z ichiga oladigan fayldir. Agarda reestr redaktori bilan ishlash imkoniyati bo‘lmasa, unda reestrni to‘g‘rilash usulidan biri reg-faylni yaratish va boshqa joyga o‘tkazish usuli eng oson deb hisoblanadi (albatta DOSDagi himoyalangan rejimiga o‘tish va boshqa dasturlardan foydalanish mumkin, lekin bular hammasi murakkabroq bo‘ladi va asosan, uzoq vaqtda bajariladi).
Reg-fayllar tuzilmasiga nisbatan o‘ziga xos talablar qo‘yiladi.
Faylning birinchi satrida, albatta, quyidagilar kiritilishi lozim:
REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry editor Version
5.00 (Windows 2000/XPgf uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin.
Birinchi qatorda bundan tashqari hech narsa bo‘lmasligi kerak. Bu matndan so‘ng, keyingi qatorda Albatta bo‘sh qator bo‘lishi kerak. So‘ngra, ba’zi bir parametrlarni o‘zgartirish yoki kiritish lozim bo‘lgan reestr bo‘limini ko‘rsatish zarur. Bo‘limning nomi kvadrat qavslarga […] olinishi shart. Har bir qatorda qo‘shiladigan parametrlar bittadan yoziladi. Agarda, bir necha bo‘limlarga o‘zgartirishlar kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda oldingi bo‘limning oxirgi parametri va keyingi bo‘limning nomi orasida bo‘sh qator qoldirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |