Apparat va dasturiy


bob-Periferik qurilmalarda nosozliklarni bartaraf etish



Download 17,45 Mb.
bet35/125
Sana16.03.2022
Hajmi17,45 Mb.
#498820
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Bog'liq
SHAXSIY KOMPYUTERGA TXK (4)

2.bob-Periferik qurilmalarda nosozliklarni bartaraf etish
2.1.Mavzu-Periferik qurilmalar va orgtexnikani o‘rnatish va sozlash
Reja:

  1. Lokal va periferiya shinalari.

  2. Periferiya shinalarining zamonaviy texnologiyada tutgan o‘rni,

  3. Plug&Play texnologiyasining ahamiyati.

  4. Periferiya shinalari bilan ishlash

Tayanch iboralar:
Lokal va pereferiya,Plug&Play,shina, USB, CD-ROM, DVD? PSI shinasi

Lokal shinalar

Lokal va periferiya shinalari haqida so‘z yuritishdan oldin shina o‘zi nima degan savolga javob beraylik. Demak shina bu:
1.Kompyuterning bir qismidan ikkinchi qismiga ma’lumotlar uzatuvchi jismoniy vosita. eng yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlash uchun, ko‘pincha shina paralell yotqizilgan ko‘p sonli liniyalarga egadir. Shu sababli, shinalarni yaratishda yassi kabellardan foydalaniladi. Odatda “shina”atamasi “ichki shina” ma’nosida foydalaniladi. Bu shina kompyuterning barcha ichki tarkibiy qismlarini markaziy protsessor va xotira bilan ulaydi. Xuddi shunday, kengaytirish kartalarini protsessor va xotiraga kirishini ta’minlashga mo‘ljallangan “kengaytirish shinasi”dan foydalaniladi. Ixtiyoriy shina ikki qismdan - manzil shinasi va ma’lumotlar shinasidan tashkil topadi. Ma’lumotlar shinasi ma’lumotlarning o‘zini uzatsa, manzil shinasi esa ma’lumotlarni qabul qilib oluvchi haqidagi axborotni uzatadi. Shinaning o‘lchamini (uning kengligini) bir vaqtning o‘zida uzatilayotgan ma’lumotlar hajmi bilan belgilanadi. Masalan, 16-bitli shina 16bit ma’lumotlarni uzatish imkoniga ega, 32bitli shina bo‘lsa-32-bitli ma’lumotlarni uzatadi.
2. Tarmoqlarda, mahalliy tarmoqning barcha qurilmalarini ulaydigan markaziy kabel. Uni xuddi shunday magistral deb ham atashadi.
Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • mikroprosessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni 64 razryadli qiymatlar shinasi bo‘yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to‘liq ekranli videoni tasvirlash uchun 22 Mbayt/s o‘tkazish qobiliyati kerak bo‘ladi) tezkorligining juda ham o‘sib ketishi bilan;

  • ko‘p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab yetuvchi (masalan, Windows da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo‘lishi bilan.

Bu sharoitlarda, bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi kengaytirish shinasining o‘tkazish qobiliyati foydalanuvchilarning qulay ishlashi uchun yetarli bo‘lmay qoldi, negaki kompyuterlar o‘zoq vaqt «o‘ylanib qoladigan» bo‘lib qoldi.
Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo‘lidan bordilar, bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida (lekin uning ichki ishchi chastotasida emas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi tezkor qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va boshqalar bilan aloqani ta’minlaydi.
Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI .
1) VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari assosiasiyasi (VESA — Video equipment Standards Assotiation)tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko‘pincha VESA shinasi deb atashadi.
VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester, multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki shinasining kengaytmasidir. shina razryadliligi — 32 bit, yaqin orada shinaning 64-razryadli varianta chiqadi. VLB bo‘yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi — 80 Mbayt/s (nazariy erishiladigani — 132 Mbayt/s).
Shinaning kamchiliklari:

  • 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo‘ljallangan, hozircha Pentium, Pentium Pro, Power PC prosessorlari uchun moslashmagan;

  • MP ning taktli chastotasiga qattiq bog‘liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq bir chastotaga mo‘ljallangan);

  • ulanadigan qurilmalar sonining kamligi — VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma ulanishi mumkin;

  • shina xakamining yo‘qligi — ulanadigan qurilmalar o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lishi mumkin.

2) PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
PCI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro, Power PC va b.; u avtokonfigurasiyalash imkoniyati bilan turli xil konfigurasiyali 10 ta qurilmani ulash imkonini beradi, o‘zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni boshqarish vositalariga ega. PCI shinasi hozircha ancha qimmat.
PCI ning razryadliligi — 32 bit, uni 64 gacha kengaytirish imkoniyati bor, nazariy o‘tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda esa — 263 Mbayt/s (2 marta pastroq).
PSI shinasi lokal bo‘lsa ham kengaytirish shinasining ko‘pgina vazifalarini bajaradi va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo‘lganda bevosita MP ga emas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI shinasining o‘ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi). Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfigurasiyalarning variantlari mos ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko‘rsatilgan. shuni ta’kidlash kerakki, ShK da VLB va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI -bosh platasi bor bo‘lganda ishlatish mumkin.
Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda, ular VIP shinali (VLB, ISA va PCI ning bosh harfla ri bo‘yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/ EISA, VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi.

Download 17,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish