Apparat va dasturiy


Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomining mavjudligi



Download 17,45 Mb.
bet56/125
Sana16.03.2022
Hajmi17,45 Mb.
#498820
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
Bog'liq
SHAXSIY KOMPYUTERGA TXK (4)

Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomining mavjudligi. ATX spetsifikatsiyasi tarkibida elektr ta’minot manbayining osonlik bilan o‘rnatiladigan va noto‘g‘ri o‘rnatish mumkin bo‘lmagan bir kalitli razyomi mavjuddir. Bu razyom tizim platasiga 3,3 V kuchlanishni yetkazib beruvchi kontaktlarga ega. ATX spetsifikatsiyasiga yordamchi quvvat (3,3 va 5V) razyomlari nomini olgan ikkita qo‘shimcha ta’minot razyomi va elektr energiyani noyob spetsifikatsiyaga qaraganda katta miqdorda iste’mol qiladigan tizimlarda qo‘llaniladigan ATX12V razyomi kiritilgan.
Protsessor va xotira modulining siljishi. Protsessor va xotira moduli elektr ta’minot manbayi yonida joylashgan va bitta ventilator yordamida sovutiladi. Bu o‘z o‘rnida protsessor uchun maxsus ventilatordan foydalanishga ehtiyoj qoldirmaydi. Katta passiv issiqlik qaytargich uchun ham joy bor. Protsessorni va issiqlik qaytargichni o‘rnatish uchun ajratilgan joyning balandligi taxminan 70 mm (2,8 dyuym) dir.
Kiritish-chiqarish ichki razyomlarining joylashuvi. Bu razyomlar egiluvchan va qattiq diskli jamlagichlar uchun bo‘lib, jamlagichlar ichki kabellarining uzunligini kamaytirish uchun shu jamlagichlarning yonida joylashgan bo‘ladi.
Yaxshilangan sovutish tizimi. Protsessor va xotira qurilmasining konstruksiyasi joylashtirilishi shunday amalga oshirilganki, u butun tizimni maksimal sovutish imkonini beradi. ATX spetsifikatsiyasida g‘ilof ichida havoning bosimini kamaytirishga olib keladigan purkash kabi ishlaydigan ventilator afzal ko‘rilgan. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar ATX ta’minot blokini tizimdan havoni so‘rib oluvchi ventilator bilan birgalikda ishlab chiqaradilar, ya’ni manfiy bosimli konstruksiyani taklif qiladilar.
Narxning pasayishi. ATX konstruksiyasida bitta yagona ta’minot razyomi ishlatiladi. Diskli jamlagichlarning ichki kabellarini qisqartirish mumkin. Buning hammasi sezilarli darajada nafaqat tizimli plataning, balki g‘ilof va elektr ta’minotining ham narxini pasaytiradi.
ATX tizimining qopqog‘i yechilgan holda stol ustida turgan ko‘rinishi keltirilgan. Amalda tizimli plata diskyurituvchilarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘laklar bilan to‘silib qolmaydi. Bu o‘z o‘rnida tizimning turli xil komponentlaridan va shina razyoml aridan erkin foydalanishni ta’minlaydi. Kengaytirish razyomlari nisbat an kalta tarafi bilan parallel joylashgan bo‘lib, protsessor, xotira razyomlarining qismiga va kiritish-chiqarish razyomlariga halaqit bermaydi.
Mini-ATX sxemasi ham xuddi shunday g‘ilofga joylashtiriladi: – ATX platasi 305×244 mm (12×9,6 dyuym) o‘lchovlarga ega; – mini – ATX platasi – 284×208 mm (11,2×8,2 dyuym).

Download 17,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish