Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan.
«Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.
Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish.Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi.
Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish davomida tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash xususiyati saqlanadi, muammolar yo‘q bo‘ladi.
Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday usulda ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini (master ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydalan uvchi qatnash maydi va joriy operatsion muhitning doirasida amalga oshiriladi.
O‘rnatishga tayyorgarlik.Bu holda «toza» qattiq diskka o‘rnatish kompyuterni yuklovchi kompakt-diskdan yuklash bilan boshlanadi (masalan, Windows XPning distributiv kompakt-diski yuklovchi hisoblanadi).
Distributiv kompakt-diskda mavjud bo‘lgan Setup dasturi o‘rnatishni boshlash uchun xizmat qiladi. Agar yuklanish kompakt-diskdan bajarilsa, bu dastur avtomatik yuklanishi mumkin. Xuddi shunday holat Windowsning oldingi versiyalaridan birini yangilashda bo‘ladi: CD-ROM jamlagichiga kompakt-diskning qo‘yilishi bilan o‘rnatish dasturi avtomatik ishga tushirish vositasi yordamida yuklanadi.
Agar avtomatik yuklash vositasi o‘chirilgan yoki ishlatish mumkin bo‘lmasa, o‘rnatish dasturini distributiv kompakt-diskning o‘zak katalogidan topish va mustaqil ravishda ishga tushirish kerak.