Nazorat savollari:
CD disklariga umumiy tavsif?
DVD disklariga umumiy tavsif?
Disk yurituvchilarni CD ROM-DVD ROM larini o‘rnatish amalga oshring?
XIX.bob-Sovutish tizimi
20.mavzu- Tizim blokida kullerlarni o‘rnatish
Reja:
Sovutish tizimlari
Tizimli blokni sovutish tizimi bilan taminlash
Ma’lumki, qancha katta chastota bilan mikroprotsessor ishlasa, shuncha ko‘p issiqlik chiqaradi. Birinchi kompyuterlar sekin ishlaganliklari sababli, uncha qizib ketishmagan. Ularni sovutish uchun elektr ta’minot blokida bitta ventilator kifoya edi. Havo korpusning oldingi paneli teshiklaridan surilib, orqa panelidan chiqarilar edi.
Kuller (ventilator va radiator kombinatsiyasi) Pentium II protsessorning SECC katridjiga ulanadi. Elektr ta’minot ventilatorga maxsus ulanish joylar orqali uzatiladilar.
Pentium 1.33 protsessorni sovutish, uning o‘ziga maxkamlangan kuller ishlatiladi.
Bunday vazifa 4,77 MGHz dan 66MGHz chastotasida ishlovchi protsessor uchun effektiv hisoblangan. (486 DX2 protsessorlar uchun).
Ammo, 100 MGHz chastotasida ishlovchi mikroprotsessorning paydo bo‘lishi bilan undan chiquvchi issiqlik faqatgina mikroprotsessorlarning o‘zini ishiga emas, balki boshqa komponentalarning normal ish tartibiga xalaqit bera boshlaydi. Ushbu muammoning 3 yo‘li bor.
Radiatorni protsessorga qo‘yish. Bunda metaldan qilingan moslama issiqlikni yutib, tizim ventilator chiqarayotgan havo oqimiga chiqaradi.
Qo‘shimcha ventilator qo‘shish. Aylanuvchi ventilator issiqlikni yutib, protsessorni sovutadi. Ayrim hollarda ventilator radiator bilan birga ishlatiladi.
Tizimni yuqori sovutish. Zamonaviy kompyuterning korpusiga, ya’ni oldingi yoki orqa panelga, elektr ta’minot bloki yoniga va mikrosxemaning o‘ziga qo‘shimcha ventilator qo‘yish mumkin. Qizib ketishning eng yaxshi yo‘li bu to‘g‘ri loyihalashtirilgan korpusli kompyuter sotib olish va ishlab chiqaruvchining qo‘shimcha sovutish bo‘yicha maslahatlarini olishdir.
Bu, Pentium IV protsessor asosidagi, zamonaviy kompyuterda 1.8 GHz protsessor va uning mikrosxemalar to‘plami katta radiator tagida
joylashgan. Radiator esa plastik qobig‘i bilan yopilgan va uning ichidagi issiq havo, vantilyator yordamida tashqariga chiqib ketadi.
Maxsus sovutish qurilma namoyish etilgan. U 3.5 dyumli bo‘limga o‘rnatilgan bo‘lib, vertikal korpusning oldi tarafdagi xavoni tashqariga tortib chiqazadi.
Bu sovutgich qurilma, korpusni ichki tarafidan sovutish uchun 3.5dyuymli bo‘limga joylashtiriladi. Oddiy ulanish joyi orqali elektr ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |