Bajarilishdagi xatoliklar. Bajarilishdagi xatolik dastur dasturlash va hisoblash qoidalariga nomutanosib ravishda tuzilganda sodir bo‘ladi. Bunda, masala bajarilishi uchun kiritilgan qiymatlar turi natijaviy qiymat turiga mos kelmay qoladi va odatda, dasturning natijani chiqarish vaqtida bajarilish (Runtime)dagi xatolik yuz beradi.
Quyidagi dastur orqali Runtime xatoligiga misol keltirish mumkin:
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 int i = 4;
7 int j = 0;
8 cout << i / j << endl;
9
10 return 0;
11 }
Bu yerda “i” va “j” – butun turga mansub o‘zgaruvchilar. Ularning qiymatlari mos ravishda 4 va 0. 8-satrda i ning j ga nisbatini ekranga chiqarish buyrug‘i berilgan. Ularning nisbati nolga tengligini bilamiz, biroq, dasturlashda bo‘lish amallari qiymatini chiqarish uchun haqiqiy turga mansub o‘zgaruvchi tanlab olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |