PLASTIK ANNATOMIYa-Odam tanasini tuzilishi, shakl-shamoyili, suyaklar, mushaklar ko’rinishi va ularning o’zaro bog’lanishi, munosabatini o’rganadigan fan.
PORTRET -(it.portait tasvirlash ma’nosini anglatadi). Tasviriy san’at janrlaridan biri, bir yoki bir necha odamlar tasviri.
POSTAMENT- Tagtosh, supa tosh, tag kursi, yodgorlik xaykalning tag qismi.
RITM – naqsh, bezak elеmеntlarining bir tekis takrorlanishi.
RANG KOMPOZITSIYASI – bino yoki predmеtlarni naqshlashda qo`llanadigan barcha ranglarning umumiy ko`rinishi.
SAN’AT-Arabcha atama bo’lib, xodisalarni badiiy obrazli tarzda aks ettiruvchi ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi. U tasviriy amaliy san’at, me’morchilik, musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, televideniyeni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |