ORIGINAL-Asli, asil nusxa, asl kurinishi
PANJARA – gеomеtrik shakllardan tuzilgan naqshli panjara
PARGORI – naqsh ishlashda aylanalarni chizib olish uchun qo`llaniladigan asbob, sirkul.
PARGORI TURUNJ – pargori bilan tuzilgan naqshning bir turi.
PANNO – devor, ship satqining ornament bilan bezatilgan qismi.
PARGORI GIRIQ – pargor yordamida chizilgan egri chiziqli qandasiy naqsh.
PALITRA -Rassom rasm ishlayotgan vaqtda bo’yoqlarini qorishtiradigan yupqa moslama, (faneradan) taxtakach.
PANORAMA-180 gradusda yoysimon doira ko’rinishida ishlangan rangtasvir. Muxim tarixiy voqyealar, jang manzaralarini ifodalaydi.
PRIMITIVIZM- Primitivlik, ya’ni soddalashtirilgan yo’naltirishni ifodalaydigan badiiy yo’nalish. Ibtidoiy tasvirlardan, bolalar tasvirlariga o’xshatib ishlash yo’li.
Do'stlaringiz bilan baham: |