Bu, albatta, yaxshi, lekin u yerlarda aholi ko‘p bo‘lmasa bo'lgani. Shu vaqtgacha sayohatchilarimiz yerliklarning qorasini ham ko'rmadilar.
0 ‘sha kuni Mak-Nabbs bilan Robert uchta kivi otib oldilar, parranda go‘shti ovqatning ziynati bo'ldi, lekin lazzat uzoqqa cho‘zilmadi, chunki bir necha minutdan keyin qushlardan asar ham qolmadi.
Parranda go‘shti ketidan kartoshka bilan shirin patat yeb o'tirar ekanlar, Paganel cho'qqisi uch ming fut balandlikda bulutlar orasiga kirib yo'qoladigan ismsiz tog‘ni Glenarvanning nomi bilan atashni taklif qildi, uning taklifi shodlik bilan qarshi olindi. Geografiya olimi darhol uning nomini o‘z kartasiga yaxshilab yozib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |