2.3. O’zbekistonda qashshoqlikka qarshi kurashishning imkoniyatlari.
Kambag‘allikning yuqori darajasi Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda.
O‘zbekistondagi qashshoqlik haqida ma’lumotlar, ular kimlar, qayerda va qanday hayot kechirishadi. Joriy yilning 27 fevralida kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz aholisining 12 -15% yoki 4-5 milllion aholi kambag‘allik sharoitidaligini ta’kidladi. Bu ularning kunlik tushumi 10-13 ming so‘mdan oshmasligini anglatadi. Hozirgi kunda kambag‘al oilaning shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanganligi Respublikadagi o‘rtacha oiladan 12 barobarga, shaxsiy mashina bilan - 11 barobarga, konditsioner bilan - 8 barobarga, changyutgich bilan - 4 barobarga, kir yuvish mashinalari bilan - 4 barobarga, muzlatgich bilan - 2 barobarga, televizor va uyali aloqa vositalari bilan - 1,5 barobarga kamligi kuzatiladi. Aholining kambag‘al qatlami mamlakatga xos bo‘lgan tezkor iqtisodiy o‘sishdan foyda ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘libgina qolmay, jamiyatning turli sohalarida ishtirok etish imkoniyati cheklanganligi tufayli rivojlanishga ham hissa qo‘sha olmaydi. Davlat bepul o‘rta ta’limni ta’minlaydi, tibbiy xizmatlarning asosiy paketini kafolatlaydi, “ijtimoiy ahamiyatli va xavfli” sharoitlar uchun parvarish zaif deb tasniflangan guruhlarga ixtisoslashgan yordam va kam ta’minlangan oilalarga imtiyozlar beradi. Ammo, bundanda ko‘pi amalga oshirilishi lozim.
Chunki kambag‘allik holatida tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqib ketish ko‘p karra qiyinroq. O‘zi qishloq sharoitida yashovchi kambag‘al odam kasal bo‘lib qolgan sharoitda doktorga uchrashish uchun shaharga qatnashiga to‘g‘ri keladi. Uning dori-darmon xarajatlariga yo‘l kira ham ko‘shiladi. Kambag‘al oila farzandi pul topish ilinjida ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lib qolishi mumkin, bu esa uning kelajakdagi daromadlari darajasiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda “kambag‘allik” va “kambag‘allik qopqoni” tushunchalari birga ishlatiladi. Kambag‘allik tushunchasiga yagona ta’rif mavjud emas. Ba’zilar kambag‘allik deganda insonning birlamchi ehtiyojlarini (oziq-ovqat, kiyim- kechak, uy-joy, ta’lim va sog‘liqni-saqlash) qondirishga imkoniyatning mavjud emasligini tushunsa, boshqalar - tanlov erkinligining yetarlicha emasligi yoki kuniga 1,90 dollardan kam miqdorga kun kechirishni, uchinchi tomon esa -insonning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokiga putur yetkazuvchi ijtimoiy, ta’lim va sog‘liqni-saqlash sohasidagi to‘siqlarning doimiy doirasini tushunishadi. Umumiy qaraganda, kambag‘allikni baholash bir nechta aniq belgilangan ko‘nikma va usullarni talab qiladi.
Belgilangan davrda inson farovonligi darajasini o‘lchashda foydalaniladigan 2 ta ko‘rsatkich mavjud: aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol xarajatlari. Daromadlarning iste’molga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lishi, ba’zi daromad manbalarini aniqlashning murakkabligi, daromadlar to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarning keltirilish darajasi yuqori bo‘lganligi uchun amaliyotda 2- ko‘rsatkichdan foydalanish tavsiya etiladi. Shuning bilan birga, farovonlik ko‘rsatkichi sifatida iste’mol xarajatlari ma’lumotlaridan foydalanishda esa vaqt o‘tishi bilan narxlarning o‘zgarishini, ayrim mamlakatlar o‘rtasidagi narxlar farqini, uyda iste’mol qilinadigan tovarlar (shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari), uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan jamoat tovarlari va xizmatlari narxlari (bepul yoki subsidiyalangan tibbiy yordam, maktab ovqatlari, xalq ta’limi) kabilarni hisobga olgan holda bu ko‘rsatkichga ba’zi to‘g‘rilashlarni kiritish lozim bo‘ladi.
Shu sababli, kim kambag‘al yoki kambag‘al emasligini aniqlash uchun iste’mol (daromad) to‘g‘risidagi bilimlarga asoslanib, odatda "kambag‘allik chegarasi" deb nomlanadigan kambag‘allikning eng yuqori darajasini aniqlab olish lozim. Bu esa mushkul vazifadir, chunki kambag‘allik ta’rifi bo‘yicha ham, uning chegarasi bo‘ladigan narsada ham mutaxassislar o‘rtasida yakdil fikr mavjud emas. Shu bilan birga, kambag‘allik chegarasining eng ko‘p ishlatiladigan ta’riflari quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |