Ba’zi joylarda davlat tomonidan olib borilayotgan tug‘ilishni cheklashga qaratilgan demografik siyosat ham tug‘ilishning kamayishiga olib kelmoqda. Buni Xorijiy Osiyoning eng yirik davlatlari-Xitoy va Hindiston misolida ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Xitoyda oiladagi bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970 yillardan boshlab aholi o‘rtasida tug‘ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo‘llana boshladi. Natijada, Xitoyda tug‘ilish keskin kamaydi. Hindistonda ham tug‘ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha tashkilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. Ular jumlasiga Oilani rejalashtirish asosiasiyasi, Hindiston tibbiyot asosiasiyasi, Hindiston Qizil yarim oy jamiyati kabi tashkilotlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |