O‘lim va hayot davomiyligi
Demografik vaziyatning shakllanishida o‘lim ham asosiy jarayonlardandir. O‘lim, aholi takror barpo bo‘lishidagi asosiy jarayonlardan biri bo‘lib, avlodlarni hayotdan ko‘z yumishini ifodalaydi. O‘lim jarayoni aholining turli yoshlarida juda ko‘p omilar ta’sirida sodir bo‘ladi. Mutaxassislar o‘limga ta’sir etuvchi omillarni ularning kelib chiqishiga bog‘liq holda ikki guruhga: endogen va ekzogen omillarga ajratadilar. Endogen omillar ichki omillar bo‘lib, inson organizmidagi o‘zgarishlar (kasallanish, keksalik) bilan bog‘liq omillardir. Ekzogen omillar esa tashqi omillar (urushlar, turli epidemiyalarning tarqalishi, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar va h.k.) bo‘lib, ular tashqi muhit ta’sirida sodir bo‘ladilar.O‘lim jarayoni ma’lum aholi guruhlarida, avlodlarda davlatlarda va jamiyat taraqqiyoti bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq holda, inson hayotining turli davrlarida sodir bo‘ladi. O‘lim jarayonini ifodalashda quyidagi koeffisientlardan foydalaniladi. O‘limning umumiy koeffisienti:
m-o‘lim umumiy koeffisienti (promilleda ifodalandi).
M-o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlar soni.
T-davr
P-o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni
O‘limning umumiy koeffisientiga ham aholining yosh va jinsiy tarkibi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining ko‘pligi o‘limning umumiy koeffisientini ko‘tarilishiga olib keladi. O‘lim jarayonida bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq o‘rganishda uning maxsus koeffisientlari (yosh guruhlari va jinslar bo‘yicha alohida ifodalanadi) dan aniqlanadi.
O‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti-alohida yoshlar (1,2,3,4,5,...) yoki yosh guruhlari (1-4, 5-9, 10-14...) bo‘yicha hisoblanib, har 1000 ta o‘rganilayotgan yoshdagi aholiga nisbatan shu yoshdagi o‘lganlarning o‘rtacha sonini aniqlaydi va promilleda (‰) ifodalanadi.
*1000
Mx1x+z-o‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti ifodasi.
T-o‘rganilayotgan davr, yil.
Mx1x+z-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi jami o‘lganlar soni.
Px1x+z-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi aholining o‘rtacha soni.
O‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti yordamida har bir yosh guruhida sodir bo‘layotgan o‘lim hollari va omillari o‘rganiladi, va o‘lim jadvali tuzishda foydalaniladi. Aholi guruhidagi o‘lim jarayonini o‘rganishda go‘daklar o‘limi, ya’ni bir yoshgacha (0-12 oy) bo‘lgan bolalar o‘limi ham juda ahamiyatlidir. Chunki, ko‘p hollarda go‘daklar o‘limi bir muncha ko‘proq bo‘lib, aholi o‘limining umumiy koeffisientining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham go‘daklar o‘limi alohida hisoblanadi.
Go‘daklar o‘limi har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarga nisbatan, shu yoshda o‘lgan go‘daklarning sonini bildiradi va promilleda ifodalanadi.
Aholi o‘lim darajasini o‘rganishda onalar o‘limini mukammal o‘rganib borish zarurdir. Onalar o‘lim tug‘ilish darajasi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbatan sust, davlatlarda baland bo‘lib. Aholi o‘lim ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir etdi. Onalar o‘limiga homiladorlikning oxirgi (28 haftadan keyin) hamda farzand tug‘ilgandan keyingi (6 hafta) davrida sodir bo‘lgan ayollar o‘limi kiritiladi. Onalar o‘limi har 1000 ta tuqqan ayollarga yoki har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarga nisbatan hisoblanadi. Aholi o‘limi jamiyat rivojlanishi davomida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bo‘lib kelgan. Moddiy shart-sharoitlarning yaxshilanib borishi o‘lim hollarining kamayishiga, aksi esa – ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasining oshib borishi ham o‘limga bevosita ta’sir etuvchi omillardandir. Shuningdek, tug‘ilish biologik imkoniyat darajasida bo‘lganda, ko‘pbolalik an’analari rivojlangan davrlarda tug‘ilgan farzandlar orasidagi davr, muddat (protogenetik davr: nikohga kirgandan birinchi farzand tug‘ilguniga qadar o‘tgan vaqt; intergentik davr: birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi, uchinchi va to‘rtinchi va h.k. farzandlar tug‘ilishi orasidagi davr, yil) qisqa (1,2-2 yil) bo‘lgan hollarda ham go‘daklar, onalar o‘limi yuqori bo‘ladi.
XX asr 50-yillariga qadar dunyoning barcha hududlarida ham o‘lim yuqori darajada edi. Ushbu davrga qadar aholi o‘limida ko‘proq ekzogen (tashqi muhit ta’siridagi omillar: urushlar, epidemiyalar, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar) omillar sabab bo‘lgan. Aholining juda ko‘p qismi, ayniqsa Osiyo, Afrika hududlarida yuqumli infeksion kasalliklardan bolalik davrida ko‘z yumishgan. Qadimda yer sharida go‘daklar va ayollar o‘limi ayniqsa yuqori bo‘lgan. Ko‘pchilik ayollar farzand ko‘rish davrlarida turli kasalliklar ayniqsa qon yo‘qotish tufayli halok bo‘lganlar. Markaziy Osiyo davlatlarida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida har 1000ta tug‘ilgan chaqaloqlardan bir yoshgacha bo‘lgan davrda 300-400tasi, ba’zi davrlarda esa, 500-600tasi nobud bo‘lgan. Qadimda aholi o‘limining yuqoriligi, qayd etilganidek, aholining turmush darajasiga, tibbiy xizmatlarning yetishmasligiga, aholining ma’lumotlik darajasining pastligiga, farzandlar tug‘ilishining yuqoriligi va farzandlar tug‘ilishi orasidagi davrning nisbatan qisqaligi kabi omillar bilan bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |