Aholining yosh tarkibi
juda qadimdan shakllanib kelgan demografik
holatning natijasi bo‗lib, u ayni paytda demografik istiqbolning zamini hamdir.
Aholining yosh tarkibi esa, asosan, uning tabiiy ko‗payishiga bog‗liq. Tug‗ilish
133
yuqori bo‗lgan holtlarda aholi tarkibida bolalar salmog‗i yuqori bo‗ladi yoki,
aksincha, tug‗ilish past, aholining o‗rtacha umr ko‗rish muddati nisbatan uzoq
bo‗lgan hollarda aholi tarkibida qariyalar salmog‗ining yuqori bo‗lishi kuzatiladi.
Yosh – inson tug‗ilganidan hayotining ma‘lum nuqtasigacha bo‗lgan davr.
Biologik va kalendar yoshlar mavjud. Hozirgi davrda aholining yosh strukturasi
bo‗yicha quyidagi klassifikatsiyasi byerilgan. Aholining yosh tarkibi ijtimoiy–
iqtisodiy va demografik jarayonlarni o‗rganish maqsadida aholining yosh
guruhlarga bo‗linishidir. Aholi yosh guruhlari va demografik jarayonlar o‗zaro
uzviy bog‗liq holda shakllanadi.
Aholi tarkibida yoshlar (0 – 9, 10 – 19, 20 – 29 yoshida) salmog‗ining
yuqoriligi nikoh va tug‗ilish kabi demografik jarayonlarga ijobiy ta‘sir etadi. Ayni
paytda, tug‗ilish yuqori bo‗lgan hollarda hududlarda bolalar, yoshlar salmog‗i
yuqori bo‗ladi. Tug‗ilish darajasi past bo‗lgan hollarda esa aholi tarkibida qariyalar
(60 yosh va undan yuqori) salmog‗i yuqori va o‗lim hollari ko‗proq sodir bo‗ladi.
Demografik nuqtai nazardan yondashganda, aholining bugungi yosh tarkibi
kechagi aholi takror barpo bo‗lishining natijasi va kelajakdagi demografik
rivojlanishning asosi bo‗lib xizmat qiladi.
6.1-jadval
Yosh klassifikasiyasi*
Kalendar yosh
Inson hayoti davrlari
1 – 7 kunlik
Yangi tug‗ilgan chaqaloq
7 kun – bir yosh
Chaqaloq
1 – 3 yosh
Erta bolalik
4 – 7 yosh
Birinchi bolalik
8 – 12 yosh (o‗g‗il bolalar)
Ikkinchi bolalik
8 – 11 yosh (qiz bolalar)
13 -16 yosh (o‗g‗il bolalar)
O‗smirlar
12 – 15 yosh (qiz bolalar)
17 – 21 yosh
Yigitlar
16 – 20 yosh
Qizlar
22 – 35 yosh (erkaklar)
I – Yyetuklik davri
21 – 35 (ayollar)
36 – 60 (erkaklar)
II – Yyetuklik davri
35 – 55 (ayollar)
61 – 74 (erkaklar)
Keksa odamlar
56 – 74 (ayollar)
134
75 – 90 yosh
Qari odamlar
90 dan yuqori yoshdagilar
Uzoq yashovchilar
* Народонаселение: Энциклопедический словарь.- M., 1994, с. 461.
Aholi yosh tarkibini o‗rganganda, aholi alohida har bir yoshlarga
(0,1,2,3,4,5...100 va undan yuqori), besh yillik yosh guruhlariga (10 – 14, 15 –
19...) va uchta yirik – yirik guruhlariga (0 – 14, 15 – 60, 60 va undan yuqori)
ajratiladi. Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o‗rganish ob‘ekti sifatida o‗z
kelib chiqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo‗nalishlarga
ajratish mumkin:
a) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili;
b) aholi yosh tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik
rivojlanishning omili sifatidagi o‗rni;
v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‗zaro bog‗liqligi.
Aholi sonining o‗sib borishida uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi.
XX asrning o‗rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo bo‗lishi
tug‗ilish darajasining nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar
salmog‗ining kamligi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ana shu
davrda nisbatan yuqori tug‗ilish va aholi tarkibida bolalar salmog‗ining yuqoriligi
xaraktyerli edi. Tug‗ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo‗lgan sharoitda
aholining yosh tarkibi, aholi soni o‗sib borishiga bevosita ta‘sir etadi.
Yosh akkumulyasiyasi – ba‘zi yosh guruhlaridagi aholi sonini o‗zidan
oldingi yosh guruhidagi aholi sonidan oshib kyetishi. Bu hol ko‗p hollarda aholi
o‗zini yoshini yaxlitlab aytishi sababli sodir bo‗ladi. Ko‗proq 60 yoshdan keyin
keksalar yoshlarini ko‗paytirib aytadilar. Natijada ba‘zi yoshdagi aholi soni
o‗zidan oldingi yoshdan oshib ketadi. Masalan, 1897 y. aholi ro‗yxatlarining
tahlilidan 70 yosh erkaklar, 75 yosh ayollar soni 69 yosh va 74 yoshdagi aholi
sonidan oshib ketgan.
Aholining yosh tarkibi aholining tabiiy harakati ko‗rsatkichi bilan
chambarchas bog‗langan. Insonning iqtisodiy, biologik va kalendar yoshlari
mavjud bo‗lib, ular o‗z ilmiy ta‘riflari va xususiyatlariga egadir. Demografik
135
nuqtai-nazardan inson umri turli davrlarga bo‗linadi (go‗daklik, bolalik, yoshlik,
yyetuklik, mehnatga qobiliyatlilik davri va qariyalik). Umuman, dunyo miqyosida
aholi yosh tarkibi bo‗yicha uchta demografik guruhlarga ajratiladi. Bularga 0-14
yosh (bolalar), 15-64 yosh (mehnat yoshidagi aholi), 65 yosh va undan yuqorilar
(qariyalar) kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |