Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169
Bog'liq
30 11

mavjud aholi —
ro'yxatga olish vaqtida
ma‘lum hududda
bo‗lgan jami aholi, shu
jumladan, vaqtinchalik
yashab turgan
aholi;
doimiy aholi — ma‘lum
hududda ro‗yxatga olish
vaqtida doimiy yashovchi
aholi.
vaqtinchalik yashovchilar —
bu mazkur hududda doimiy
yashab qolishni istamagan, 
lekin bu yerda ro‗yxatga olish
davrida bo‘lgan aholi. 
yuridik (q a y d etilgan) aholi.
Unga muayyan hududda shu
mamlakat qonunlariga ko‗ra qayd
etilgan aholi kiradi. 
2.3. - Rasm. Aholi ro‗yxati o‗tkazishda aholining toifalari 
O‗rta asrlarda o‗tkazilgan aholi ro‗yxatlarida esa, asosiy e‘tibor xo‗jaliklarga 
qaratiladi. Xo‗jaliklar haqida maxsus kadastr kitoblarida ma‘lumotlar to‗plab 
boriladi.
Bu davrda aholi muntazam ro‗yxatga olinmagan. Faqat alohida 
sharoitlarda ba‘zan yoppasiga tarqalgan epidemiyalardan yoki urushlardan keyin 
qancha aholi qolganligini bilish uchun aholi ro‗yxatlari o‗tkazilgan.
XVII asrning o‗rtalaridan boshlab Yevropada milliy davlatlarning paydo 
bo‗lishi va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan aholi haqida 
mukammalroq ma‘lumotlarga talab ortib boradi va qator aholi ro‗yxatlari 
o‗tkaziladi. O‗sha kezlardagi aholi ro‗yxati o‗tkazish tarixini, uning ma‘zmun va 
mohiyatiga bog‗liq holda uch davrga ajratish mumkin.
Birinchi davr XVII asrning oxiri, XIX asrning boshilarini o‗z ichiga oladi va 
ushbu davrda aholi ro‗yxati o‗tkazishni tashkil etish hamda dasturini tuzishga asos 
solinadi. Dasturda aholi ro‗yxati qonun qoidalari ishlab chiqilgan unga ko‗ra aholi 
ro‗yxati yangi tug‗ilgan chaqaloqdan boshlab eng keksa guruhgacha qamrab 
olinishi lozim bo‗lgan. Mazkur dastur asosida aholi ro‗yxati 1790 yildi AQSHda, 
1801 yili Fransiya, Daniya, Norvegiya hamda Angliyada o‗tkaziladi. Aholi 
ro‗yxatlari ham oddiy dasturga asoslangan bo‗lib, ularni o‗tkazish juda uzoq 


38 
cho‗ziladi. Masalan, birinchi Amerika aholi ro‗yxati 18 oyga cho‗zilagan. Bu 
davrda aholi soni va tarkibida qator o‗zgarishlar bo‗lishi tabiiy albatta. Ikkinchi 
davr XIX asrning yarmi va XX asrning birinchi yarmini o‗z ichiga oladi. Bu 
davrda statistika fan sifatida taraqqiy etadi, qator davlatlarda statistika tashkilotlari 
tuziladi. Aholini ro‗yxatga olish dasturlari ilmiy asosda ishlab chiqiladi.
Mukammal aholi ro‗yxati maxsus dastur asosida bir kunda o‗tkazilib va 
barcha (erkak va ayol) aholini qamrab olishi kerak. Ana shunday aholi ro‗yxatlari 
ikkinchi davrda Yevropa va Amerikaning barcha davlatlarida, Osiyo va Afrikaning 
ba‘zi davlatlarida o‗tkaziladi. 1870-1879 yillarda dunyoda 48 ta, 1890 yillarda esa 
57 ta davlatida shu tartibda aholi ro‗yxati o‗tkazildi. XIX asr oxirida dunyo 
aholisining 21 foizi ro‗yxatga olingan bo‗lsa, XX asr boshlarida bu ko‗rsatkich-54 
foizni tashkil etdi
1

Uchinchi davr XX asrning o‗rtalaridan boshlanib, hozirgacha bo‗lgan davrni 
o‗z ichiga oladi. Unda aholini ro‗yxatga olish dasturi yana mukammalashadi, 
geografiyasi kengaydi. Osiyo va Afrikada mustaqillikka yerishgan qator 
davlatlarda aholi ro‗yxatlari o‗tkazildi. 1970 yillarda Arabiston yarim orolidagi 
davlatlarda va Afg‗onistonda dastlabki aholi ro‗yxatlari o‗tkazildi. 1965-1974 
yillarda esa dunyodagi 179 davlatda aholi ro‗yxatga olindi. XX asrda aholi 
ro‗yxatini ilmiy manba sifatida, tahlil etish takomillashdi
2

Hozirgi paytda dunyoda deyarli barcha davlatlarda aholini ilmiy asoslangan 
dasturlar asosida, juda keng mavzularni qamrab olgan holda, har 5-10 yilda 
ro‗yxatga olish yo‗lga qo‗yilgan. Aholi ro‗yxatida, aholi haqida asosan demografik 
(jinsi, tug‗ilgan yili yoki yoshi, oilaviy holati, nikohga kirgan yoshi farzandlari 
soni), iqtisodiy (bandligi, iqtisodiy faoliyati, xo‗jaligi, daromadi), ma‘lumotlilik, 
diniy mansubligi) va boshqa ma‘lumotlar to‗planadi. Olingan ma‘lumotlar texnik 
vositalar yordamida, har bir yo‗nalishlar bo‗yicha alohida o‗rganilib, statistik 
yilnomalarda chop etiladi. Ana shunday aholi ro‗yxatlari O‗zbekiston hududida 
ham 1897, 1926, 1939, 1959, 1979 va 1989 yillarda o‗tkazilgan. Bu aholi 
1
Бўриева М.Р. Демография асослари. – Тошкент., 2001, 18 бет. 
2
Газулов А.И. Переписи население СССР и капиталистических стран. - М., 1936., Боярский А.Я. Перепеси 
населения в капиталистических странах. - М., 1938., Урланис Б.И. История американских цензов 1970 г. - 
М., 1976; Всесоюзная перепись населения 1979 г., - М., ва бошқалар. 


39 
ro‗yxatlari yordamida o‗lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga oid 
qimmatli ma‘lumotlar to‗plangan.
Aholi ro‗yxatlari aholining faqat miqdoriy ko‗rsatkichlarini emas, balki 
uning sifatiy ko‗rsatkichlarini, yuqorida qayd etilganidek, ma‘lumoti oilaviy va 
ijtimoiy holati, iqtisodiy imkoniyatlarini ham qamrab oladi. Ana shu nuqtai 
nazardan aholi ro‗yxati va ana shu ro‗yxat o‗tkazilgan davrning aholi soni va 
tarkibini, joylashuvi, migratsiyasini, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holati, 
turmush tarzini aniq ifodalovchi tarixiy manbadir.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish