Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 Qishloq aholi manzilgohlarini o‗lchami bo‗yicha tavsiflash



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169
Bog'liq
30 11

 
14.2. Qishloq aholi manzilgohlarini o‗lchami bo‗yicha tavsiflash 
O‗tgan asrning ikkinchi yarmidayoq qishloqlarda ishni tashkil etish 
maqsadida G‗arbda nemis geograflari V.Kristallyor va A.Lyosh ―
markaziy 
o„rinlar
‖ g‗oyasini o‗ylab topishgan edi. Ularning g‗oyasiga binoan, shu rayondagi 
boshqa barcha aholi manzilgohlarini xizmatlar va mahsulotlar bilan ta‘minlaydigan 
aholi manzilgohi markaziy o‗rinda bo‗lishi lozim. Eng kichik markaziy joy, deb 
aholisi 1000 kishidan iborat, kunlik ehtiyoj uchun kichik bozor, militsiya 
uchastkasi, mayda ustaxonalari bor posyolkani hisoblashdi. Navbatdagi yirikroq 
markaziy joyda bank, boshlang‗ich maktab, kutubxona, ixtisoslashgan do‗konlar 
joylashadi. Har bir keyingi markaziy joy bajaradigan funksiyasiga ko‗ra eniga va 
bo‗yiga kengayib boravyeradi yoki bu aholi manzilgohlarida turli soha va 
tarmoqlarning murakkab tizimlari o‗rin olgan bo‗ladi. 
Qishloq 
aholi 
manzilgohlarini 
klassifikatsiyalashganda 
aholiyligi 
ko‗rsatkichidan foydalaniladi. S.A.Kovalyov tomonidan qishloq aholi 
manzilgohlari aholiyligiga ko‗ra quyidagicha klassifikatsiyalangan (1963. 36 bet). 
1) aholisi 10 kishidan kam aholi manzilgohlari (yakka hovli, yakka yashash 
joyi);
2) 100 kishigacha yashovchilari bor kichik aholi manzilgohlari; 
3) 200-500 kishigacha, bunga fyermyer xo‗jaligi, bir xo‗jalik brigadasi 
misol bo‗la oladi; 
4) 1000-2000 aholisi bor qishloq aholi manzilgohi, bular endi nisbatan yirik 
hisoblanadi. Xo‗jalik markazi, qishloq markazi misol bo‗la oladi; 
5) 3000-5000 aholisi bor yirik qishloq aholi manzilgohlari. Bularga shahar 
darajasidagi qulayliklarga ega aholi manzilgohlarini kiritish mumkin. 


275 
Qishloq aholi manzilgohlarini geografik tadqiq etishda ularda yashovchi 
aholi soniga, o‗sishi, joylashishi, zichligi va taqsimlanishiga alohida e‘tibor berish 
talab etiladi. Demografik jarayonlarni aholining mexanik harakati, tarkibi kabi 
xususiyatlarini ham tahlil qilish aholi geografiyasining muhim vazifalaridan 
biridir. Aholisining rivojlanishi va joylanishiga daxldor jarayonlarni geografik 
nuqtai-nazardan o‗rganish o‗sha hududdagi qishloq aholi manzilgohlari ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini belgilash, muammolarini hal etish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, qishloqlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ularning iqtisodiy geografik 
o‗rni muhim o‗rin tutadi. Holbuki, qishloq aholi manzilgohlari aholisi hayotida 
uning ahamiyati shaharlar singari o‗ta yuqori emas.
Qishloq aholi manzilgohlari, ayniqsa qishloq xo‗jaligi uchun yer hosildorligi 
alohida rol o‗ynaydi. ―Qishloqlar shaharlarga nisbatan tabiiy sharoit bilan 
chambarchas bog‗liq bo‗ladi. Modomiki, qishloq xo‗jaligi bevosita geografik 
sharoit ta‘sirida rivojlanar ekan, uning qishloqlar geografiyasiga ta‘siri ham hech 
qanday shubha qoldirmaydi. Qolavyersa, mahalliy qurilish matyeriallar-qum, 
shag‗al, ohak, tosh va boshqalar ham qishloqlar qiyofasining shakllanishida muhim 
rol o‗ynaydi. Soy va boshqa gidrologik shahobchalar, tor tog‗ vodiylarida 
joylashgan qishloqlar uylari tyerrassasimon, aholi manzilgohlari esa cho‗zinchoq, 
tasmasimon hududiy shaklga ega bo‗ladi‖
1
. Umuman olganda tabiiy sharoit 
xususiyatlari, ya‘ni suv bo‗ylari, vodiy, demografik sig‗im kabilar qishloqlar katta-
kichikligini belgilovchi omillardan hisoblanadi. 
Qishloq aholisi yashashi, tumush tarzi, moddiy ta‘minoti kabi masalalar 
bevosita 
yer 
bilan 
chambarchas 
bog‗liq. Shuningdek, shahar aholi 
manzilgohlaridan farqli ravishda qishloqlar uchun tabiiy muhit, tabiiy sharoit 
xo‗jalik yuritishi (dehqonchilik, chorvachilik, o‗rmon xo‗jaligi, tog‗-kon sanoati), 
umuman qishloq aholi manzilgohlari shakllanishida yetakchi omil hisoblanadi. 
Tabiiy muhit, sharoit qishloq aholisi joylanishida, xo‗jalik yuritishida, aholi 
manzilgohi uchun joy tanlanishida yaqqol kuzatiladi. Masalan, Mirzacho‗lning 
iqlimi, tabiiy sharoiti dehqonchlik, xususan paxtachilik va polizchilik uchun 
1
Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: ―fan va texnologiya‖- 
2009. Б.10. 


276 
qulayligi, aholini hududiy tashkil etishga sabab bo‗ldi, natijada, qishloq aholi 
manzilgohlari shakllandi, rivojlandi. Qolavyersa, qadimdan aholi suv bo‗ylarida, 
yashash uchun qulay joylarda o‗rnashganligi, tabiiy sharoiti yaxshi hududlarda 
turli kattalikdagi aholi manzilgohlarining tarkib topishiga va to‗planishiga olib 
kelgan. 
Yuqorida aholisining soniga qarab qishloq aholi manzilgohlari tabaqalarga 
ajratilgani hamma vaqt va hamma joyda bir xil degani emas. Qolavyersa, bunday 
tabaqalanish bugungi qishloq aholi manzilgohlari talabiga javob byermaydi. 
Sababi, 10 kishigacha bo‗lgan aholi manzilgohi hozir deyarli uchramaydi. Odatda, 
ovchilik, qoramolchilik kabi tarmoqlarda aholi tarqoq holda joylashishi kuzatiladi. 
Bunday aholi manzilgohlaridagina yashovchilar soni 10 kishigacha boradi. Shu 
boisdan, boshqa adabiyotlarda qishloq aholi manzilgohi aholisining quyi chegarasi 
200, ayrimlarida 500 kishi, deb qabul qilingan. Barcha hollarda ham 
tabaqalashtirish qishloq aholi manzilgohlari sharoitlaridan kelib chiqqan holda 
amalga oshiriladi. Jumladan, qishloq aholi manzilgohlarini ularning katta-
kichikligiga qarab quyidagi sinflarga (klasslarga) bo‗lishimiz mumkin: 
kichik - aholisi 200 kishigacha; 
o‗rta - 201 – 500 kishigacha; 
katta - 501 – 1000 kishigacha; 
yirik – 1001 kishi va undan ko‗p. Bizning respublikamiz qishloqlarining 
aholiyligi ham aynan shu mezonga birmuncha mos keladi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlariga ko‗ra, 
2018 yilda 11831 ta qishloq aholi manzilgohlari bo‗lgan, ulardagi aholi soni 
17374,0 ming kishini tashkil etgan. Mazkur qishloq aholi manzilgohlarining 54 
foizi kichik, o‗rta va katta qishloqlardan iborat, qolgani yirik qishloqlardir. 
Mamlakat qishloq aholisi demografik salohiyatining yildan-yilga ortib borishi 
qishloqlarning tobora yiriklashuviga, ular orasidagi masofalarning yaqinlashishiga, 
kichik va mayda qishloqlarning qo‗shilib kyetishiga olib kelmoqda. Bu esa katta va 
yirik qishloqlar miqdori ortishiga sabab bo‗ladi. Kelajakda qishloq aholi 
manzilgohlarini shahar aholi manzilgohlariga nisbatan alohida olib tadqiq qilish 


277 
dolzarb masaladir. Binobarin, aksariyat qishloqlar nafaqat mahsulot etkazib 
byeruvchi, balki uni qayta ishlovchi, xizmat ko‗rsatuvchi vazifalarni ham 
bajarilishini unutmaslik lozim.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish