Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169
Bog'liq
30 11

 
15.3.
 
Respublikaning demografik vaziyati 
 
O‗zbekiston hududlarida XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida 
tug‗ilish yuqori darajada bo‗lgan. Oilada farzandlar tug‗ilishi nazorat etilmagan, 
ya‘ni cheklanmagan. Soddaroq qilib aytganda, har 1000 ta aholi bir yilda tug‗ilish 
45-55 taga teng bo‗lgan. O‗sha davrlarda respublikada qishloq turmush tarzining 
keng tarqalganligi (XX asr boshlarida O‗zbekiston aholisining 80 foizi 
qishloqlarda istiqomat etishgan) qizlarning nihoyatda erta turmush qurishi, bolalar 
(ayniqsa, bir yoshgacha bo‗lgan) o‗limining yuqoriligi kabi omillar oilalarda 
farzandlar tug‗ilishini cheklanmasligiga olib kelgan. 
Mazkur davrlarda O‗zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning og‗irligi 
sabab, aholi o‗limi, ayniqsa, ayollar va bolalar o‗limi juda yuqori bo‗lgan. Chunki, 
aholining og‗ir turmush sharoiti, tibbiy xizmatlarning yetishmasligi, o‗limning 
ko‗pligi, aholi o‗rtacha umr ko‗rish davrining qisqarishiga olib kelgan. O‗tmishda 
O‗zbekiston aholisining o‗rtacha umr ko‗rish davri 32 yosh bo‗lgan bo‗lsa, 1989-
1990 yillarda bu yosh ko‗rsatkichi 69,3 yilga, 2016-2017 yilda 71,1 yilga, shundan, 
ayollarda bu davr oralig‗ida 72,4 yildan 75,1 yilga, erkaklarda esa 66,1 yildan to 
70,6 yilga ko‗tarildi.
O‗zbekistonda yangi iqtisodiy islohotning joriy etilishi, xo‗jalikning hamma 
sohalarida 
bozor 
munosabatlarining 
shakllanishi, 
xususiy 
xo‗jalik va 
tadbirkorlikning 
keng 
tarqalishi, 
xorijiy 
sarmoyalar 
asosida 
qo‗shma 


287 
korxonalarning barpo etilishi va rivojlanishi o‗lkaning demografik vaziyatiga ham 
ma‘lum darajada ta‘sir etdi. Avvalo aholining ijtimoiy tarkibida o‗zgarishlar yuz 
byerdi. Sotsialistik tuzumda faqat ishchi, xizmatchi va dehqon oilalari bo‗lgan 
bo‗lsa, endilikda oilaning ijtimoiy doirasi kengayib, «mulkdor», «tadbirkor», 
«fyermyer», «savdogar» oilalari paydo bo‗ldi. Tabiiyki, bu oilalar O‗zbekistonda 
istiqomat etuvchi hamma aholini qamrab ololmaydi. Boshsacha aytganda, hamma 
oilaning ham «mulkdor», «tadbirkor», «fyermyer» oila bo‗lishiga imkoniyati 
mavjud emas. Respublikada esa bunday oilalarning salmog‗i hali ancha yuqoridir. 
Bularga qishloqlarda istiqomat etuvchi aholi oilalari, davlatning byudjet 
tashkilotlarida mehnat qiluvchi ishchi, xizmatchi oilalari kiradi. Ushbu oilalar bilan 
«mulkdor», «fyermyer» va «tadbirkor» oilalarning turmush tarzida keskin 
tafovutlar paydo bo‗ldi. 
O‗zbekistonda ko‗plab korxonalarning davlat tasarrufidan chiqarilishi, 
respublikada byudjet imkoniyatlarining cheklanishi davlat tashkilotlaridagi 
mehnatkashlar oilasining iqtisodiy imkoniyatlariga birmuncha salbiy ta‘sir etdi. 
Undan tashqari, O‗zbekistondagi juda ko‗p korxonalar sobiq, SSSR davrida 
boshqa respublikalar sanoat tizimlari bilan bog‗liq holda ishlagan. O‗zbekiston 
Markaz iqtisodiyotini faqat xom-ashyo bilan ta‘minlab to‗rgan. O‗zida tayyor 
maxsulot ishlab chiqarish juda cheklangan darajada bo‗lgan. Sanoat uchun kerak 
bo‗lgan ishlab chiqarish vositalari boshqa respublikalardan keltirilgan.
SSSR parchalangach, O‗zbekistonga kerakli sanoat vositalarini beruvchi 
respublikalar o‗z mahsulotlari narxlarini juda ko‗tarib yubordilar yoki butunlay 
byermay qo‗ydilar. Natijada, O‗zbekistonda qator sanoat korxonalari o‗z 
faoliyatlarini to‗xtatishga majbur bo‗ldilar. Bunday korxonalarda mehnat qilib 
oilasini boquvchi ko‗plab ishchilar ishsiz qolishga yoki vaqtincha bepul mehnat 
ta‘tiliga chiqishga majbur bo‗ldilar. 
Umuman, respublika o‗z ehtiyojlarini ta‘minlash uchun ko‗plab yoqilgi, 
texnologiya, hatto ba‘zi oziq-ovqat mahsulotlarini ham chet eldan qimmat narxda 
olib kelishga majbur bo‗ldi. Bunday holatlar O‗zbekistonda narx-navoning 
ko‗tarilishiga, pulning qadrsizlanishiga va respublikaning moliyaviy ahvolining 


288 
birmuncha keskinlashuviga sabab bo‗ldi. Natijada, birinchi navbatda inson 
iste‘moli va yashashi uchun zarur bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish 
matyeriallari narxi nihoyatda ko‗tarilib ketdi. Bu hol aholining davlat tomonidan 
ijtimoiy muhofaza etilishiga qaramay, qator iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keldi. 
Bunday qiyinchiliklar faqat davlat maoshi bilan yashovchi, mehnat yoshiga 
etmagan farzandlari ko‗p oilalarda, yosh oilalarda, ko‗pbolali oilalarda yaqqol 
sezila boshladi. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish