Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
69 
4 - MAVZU: AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO 
MIQYOSIDA GEOGRAFIK TAFOVUTLARI 
 
Reja: 
4.1.  Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari 
4.2.  Tug‘ilish jarayonining mintaqaviy jihatlari 
4.3.  Aholi o‘limi, sabablar, omillar va geografik qonuniyatlar 
4.4.  Aholi o‘limi va hayot davomiyligi 
 
4.1.  Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari 
 
Demografik vaziyat ma’lum davrdagi ma’lum hududning demografik holati 
bo‘lib, u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari  asosida yuzaga keladi. 
 
Aholi  geografiyasi  va  demografik  tadqiqotlarda  aholi  soni  eng  asosiy 
ko‘rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni 
tahlil  etganda  uning  mutloq  va  nisbiy  ko‘rsatkichlaridan  foydalaniladi.  Aholi 
sonining  juda  yuqori  sur’at  bilan  ko‘payib,  yoki  kamayib  kyetishi  demografik 
vaziyatni  keskin  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Demografik  vaziyatning  shakllanishida 
aholining  sotsial,  yosh,  jinsiy  va  oilaviy  tarkibi,  muhim  omil  hisoblanadi.  Jinsiy 
mutanosiblik,  aholi  tarkibida  reproduktiv  yoshdagi  aholi,  yoshlar  salmog‘ining 
yuqoriligi  nikoh  va  tug‘ilish  jarayonlariga  ijobiy  ta’sir  etib,  aholi  sonining 
muntazam  ko‘payib  borishini  ta’minlaydi.  Aksincha,  aholi  tarkibida  qariyalar 
salmog‘ining  yuqoriligi  demografik  vaziyatga  o‘ziga  hos  ta’sir  etadi.  Bunday 
vaziyatda  aholi  tabiiy  o‘sishi  kamayib,  mehnat  resurslari  shakllanishi  sustlashadi 
va h.k.  
Demografik  vaziyatni  yuzaga  kelishida  demografik  jarayonlar  alohida 
ahamiyatga  egadir.  Demografik  jarayonlar-insonlarning  hayotida  ularning 
avlodlarini  almashuvi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  voqealarning  kechishidir.  Asosiy  – 
demografik  jarayonlarga  tug‘ilish,  o‘lim,  nikoh  va  ajralish  (nikohning  bekor 
etilishi yoki tugatilishi) kiradi.  


 
70 
Demografik  jarayonlar  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ikki  xil  xususiyatga  egadirlar. 
Birinchisi,  tug‘ilish  va  nikoh  bo‘lib,  bu  jarayonlar  avlodlar  almashinuvida,  inson 
naslini  davom  yetishida,  aholi  sonining  ko‘payib  borishini  ta’minlovchi-ijobiy 
xususiyatga  ega  bo‘lgan  to‘ldiruvchi  omillardir.  O‘lim  va  ajralish  esa  aksincha, 
aholi  sonini  qisqarishiga  olib  keluvchi,  avlodlar  almashinuviga  salbiy  ta’sir 
etuvchi-kamaytiruvchi omillar hisoblanadi.   
Demografik jarayonlar ta’sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik 
hodisalar  sodir  bo‘ladi:  ko‘plab  chaqaloqlar  tug‘iladi,  aholining  ma’lum  qismi 
hayotdan ko‘z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba’zi 
nikohlar esa buziladi, ajralishlar, aholini bir qismi ko‘chib ketsa, yana bir qismi esa 
ko‘chib  keladi.  Shunday  qilib,  demografik  tarkib  yildan-yilga  o‘zgarib  turadi. 
Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy bo‘lishi muqarrar jarayonlardek ko‘rinadi, 
lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‘lishi juda ko‘p sotsial-iqtisodiy omillar bilan 
bog‘liqdir. 
Ana shu omillarni demografik jarayonlarga ta’siri, ta’sir mexanizmi vaqtlar 
davomida  jamiyat  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  o‘zgarib  turadi.  Natijada, 
demografik  jarayonlar  ham  miqdor  ham  sifat  jihatidan  har  bir  davrda,  ijtimoiy-
iqtisodiy  formatsiyada  turlicha  kechadi.  Shu  bois  demografik  jarayonlarni 
o‘rganishda avvalo: 1) alohida demografik jarayonlar, umuman aholi takror barpo 
bo‘lishi  xususiyatlarini  o‘zgarishida  qanday  qonuniyatlar  mavjud;  2)  alohida 
davrlar formatsiyalar demografik jarayonlarining shakllanishida, aholi takror barpo 
bo‘lishiining sifatiy  xususiyatlarida qanday omillar asos bo‘lgan? kabi savollarga 
javob berish lozimdir. Mazkur savollarning javobi esa demografik tahlil yordamida 
aniqlanadi.  
Demografik  tahlilning  asosiy  vazifasi  eng  avvalo,  demografik  jarayonlar 
aholi  takror  barpo  bo‘lishi  rivojlanishining  barcha  sifatiy  qonuniyatlarini,  sotsial-
iqtisodiy  shart-sharoitlarini,  ma’lum  davrda  yoki  ijtimoiy-iqtisodiy  bosqichda 
demografik  jarayonlarga  ta’sir  etgan  omillar  tizimini  aniqlashdan  iboratdir. 
Demografik  tahlilda  demografik  jarayonlarning  mutloq  (miqdoriy  ifodasi)  va 


 
71 
nisbiy  (demografik  koeffisientlar)  ko‘rsatkichlaridan,  demografik  statistika, 
kartografik va demografik uslublardan foydalaniladi.  
BMT  tomonidan  1992  yili  Rio-de-Janeyroda  o‘tkazilgan  xalqaro 
konfyerensiyada  demografik  muammoni  hal  etish  har  bir  davlatning  barqaror 
rivojlanish dasturining asosiy qismi bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan. Har bir davlat 
ichki imkoniyatidan kelib chiqib, o‘sib borayotgan aholisini boqishi, hayoti uchun 
zarur  shart-sharoit  yaratishda  o‘zining  demografik  siyosatini,  maqsadi  va 
vazifalarini belgilab olishi zarur. 
Bugungi  kunda  Yevropa  davlatlarida  oiladagi  farzandlar  soni  demografik 
mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‘lib, ular “demografik inqiroz” holatidadurlar. 
Yevropa  bo‘yicha  2017  yilda  tug‘ilishning  umumiy  koeffitsienti  (1000  aholiga 
nisbatan  tug‘ilganlar  soni)  ham  11  promilleni,  o‘limning  umumiy  koeffitsienti 
(1000  aholigi  nisbatan  o‘lganlar  soni)  ham  11  promilleni  tashkil  etib,  aholining 
tabiiy  o‘sishi  0,0  ga  teng  bo‘lgan.  Qator  davlatlarda  esa  o‘lganlar  soni 
tug‘ilganlardan  yuqori  bo‘lib,  aholi  sonini  kamayishi,  ya’ni  aholining  qisqargan 
takror  barpo  bo‘lishi  kuzatilmoqda.  Bunday  davlatlarga  Shimoliy  Yevropadagi 
Latviya,  Litva,  G‘arbiy  Yevropadagi  Germaniya,  Sharqiy  Yevropadagi 
Belarussiya,  Bolgariya,  Vengriya,  Moldaviya,  Ruminiya,  Rossiya,  Ukraina, 
Janubiy  Yevropadagi  Xorvatiya,  Serbiya  kabi  davlatlar  kiradi.  Bugungi  kunda 
demografik inqirozning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2017 yil 
Rossiya tug‘ilish 13; o‘lim 13; aholining tabiy o‘sishi -0,0 promilleni tashkil etgan 
(4.1-jadvalga qarang). 
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish