Yollanib ishlaydiganlar – band aholining eng ko‘p sonli guruhi bo‘lib,
mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona (tashkilot, muassasa) rahbari yoki
alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari
haqida yozma mehnat shartnomasi, kontrakt yoki og‘zaki bitim tuzgan shaxslarni
o‘z ichiga oladi.
Yosh — bu insonning tug‘ilishidan to uning hayotidagi u yoki bu
daqiqasigacha oqib o‘tgan vaqtdir. Yosh yillarda, oylarda (hayotning birinchi
yillarida), haftalarda (hayotning birinchi oylarida), kunlarda va soatlarda
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |