Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


  Respublikaning demografik vaziyati



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
15.3.  Respublikaning demografik vaziyati 
 
O‘zbekiston hududlarida XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida 
tug‘ilish  yuqori  darajada  bo‘lgan.  Oilada  farzandlar  tug‘ilishi  nazorat  etilmagan, 
ya’ni cheklanmagan. Soddaroq qilib aytganda, har 1000 ta aholi bir yilda tug‘ilish 
45-55  taga  teng  bo‘lgan.  O‘sha  davrlarda  respublikada  qishloq  turmush  tarzining 
keng  tarqalganligi  (XX  asr  boshlarida  O‘zbekiston  aholisining  80  foizi 
qishloqlarda istiqomat etishgan) qizlarning nihoyatda erta turmush qurishi, bolalar 


 
289 
(ayniqsa,  bir  yoshgacha  bo‘lgan)  o‘limining  yuqoriligi  kabi  omillar  oilalarda 
farzandlar tug‘ilishini cheklanmasligiga olib kelgan. 
Mazkur  davrlarda  O‘zbekistonda  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolning  og‘irligi 
sabab, aholi o‘limi, ayniqsa, ayollar va bolalar o‘limi juda yuqori bo‘lgan. Chunki, 
aholining  og‘ir  turmush  sharoiti,  tibbiy  xizmatlarning  yetishmasligi,  o‘limning 
ko‘pligi, aholi o‘rtacha umr ko‘rish davrining qisqarishiga olib kelgan. O‘tmishda 
O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davri 32 yosh bo‘lgan bo‘lsa, 1989-
1990 yillarda bu yosh ko‘rsatkichi 69,3 yilga, 2016-2017 yilda 71,1 yilga, shundan, 
ayollarda  bu  davr  oralig‘ida  72,4  yildan  75,1  yilga,  erkaklarda  esa  66,1  yildan  to 
70,6 yilga ko‘tarildi.  
O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotning joriy etilishi, xo‘jalikning hamma 
sohalarida 
bozor 
munosabatlarining 
shakllanishi, 
xususiy 
xo‘jalik  va 
tadbirkorlikning 
keng 
tarqalishi, 
xorijiy 
sarmoyalar 
asosida 
qo‘shma 
korxonalarning barpo etilishi va rivojlanishi o‘lkaning demografik vaziyatiga ham 
ma’lum  darajada  ta’sir  etdi.  Avvalo  aholining  ijtimoiy  tarkibida  o‘zgarishlar  yuz 
byerdi.  Sotsialistik  tuzumda  faqat  ishchi,  xizmatchi  va  dehqon  oilalari  bo‘lgan 
bo‘lsa,  endilikda  oilaning  ijtimoiy  doirasi  kengayib,  «mulkdor»,  «tadbirkor», 
«fyermyer»,  «savdogar»  oilalari  paydo  bo‘ldi.  Tabiiyki,  bu  oilalar  O‘zbekistonda 
istiqomat etuvchi hamma aholini qamrab ololmaydi. Boshsacha aytganda, hamma 
oilaning  ham  «mulkdor»,  «tadbirkor»,  «fyermyer»  oila  bo‘lishiga  imkoniyati 
mavjud emas. Respublikada esa bunday oilalarning salmog‘i hali ancha yuqoridir. 
Bularga  qishloqlarda  istiqomat  etuvchi  aholi  oilalari,  davlatning  byudjet 
tashkilotlarida mehnat qiluvchi ishchi, xizmatchi oilalari kiradi. Ushbu oilalar bilan 
«mulkdor»,  «fyermyer»  va  «tadbirkor»  oilalarning  turmush  tarzida  keskin 
tafovutlar paydo bo‘ldi. 
O‘zbekistonda  ko‘plab  korxonalarning  davlat  tasarrufidan  chiqarilishi, 
respublikada  byudjet  imkoniyatlarining  cheklanishi  davlat  tashkilotlaridagi 
mehnatkashlar  oilasining  iqtisodiy  imkoniyatlariga  birmuncha  salbiy  ta’sir  etdi. 
Undan  tashqari,  O‘zbekistondagi  juda  ko‘p  korxonalar  sobiq,  SSSR  davrida 
boshqa  respublikalar  sanoat  tizimlari  bilan  bog‘liq  holda  ishlagan.  O‘zbekiston 


 
290 
Markaz  iqtisodiyotini  faqat  xom-ashyo  bilan  ta’minlab  to‘rgan.  O‘zida  tayyor 
maxsulot  ishlab  chiqarish  juda  cheklangan  darajada  bo‘lgan.  Sanoat  uchun  kerak 
bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari boshqa respublikalardan keltirilgan.  
SSSR  parchalangach,  O‘zbekistonga  kerakli  sanoat  vositalarini  beruvchi 
respublikalar  o‘z  mahsulotlari  narxlarini  juda  ko‘tarib  yubordilar  yoki  butunlay 
byermay  qo‘ydilar.  Natijada,  O‘zbekistonda  qator  sanoat  korxonalari  o‘z 
faoliyatlarini  to‘xtatishga  majbur  bo‘ldilar.  Bunday  korxonalarda  mehnat  qilib 
oilasini  boquvchi  ko‘plab  ishchilar  ishsiz  qolishga  yoki  vaqtincha  bepul  mehnat 
ta’tiliga chiqishga majbur bo‘ldilar. 
Umuman,  respublika  o‘z  ehtiyojlarini  ta’minlash  uchun  ko‘plab  yoqilgi, 
texnologiya, hatto ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini ham chet eldan qimmat narxda 
olib  kelishga  majbur  bo‘ldi.  Bunday  holatlar  O‘zbekistonda  narx-navoning 
ko‘tarilishiga,  pulning  qadrsizlanishiga  va  respublikaning  moliyaviy  ahvolining 
birmuncha  keskinlashuviga  sabab  bo‘ldi.  Natijada,  birinchi  navbatda  inson 
iste’moli  va  yashashi  uchun  zarur  bo‘lgan  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  qurilish 
matyeriallari  narxi  nihoyatda  ko‘tarilib  ketdi.  Bu  hol  aholining  davlat  tomonidan 
ijtimoiy  muhofaza  etilishiga  qaramay,  qator  iqtisodiy  qiyinchiliklarga  olib  keldi. 
Bunday  qiyinchiliklar  faqat  davlat  maoshi  bilan  yashovchi,  mehnat  yoshiga 
etmagan  farzandlari  ko‘p  oilalarda,  yosh  oilalarda,  ko‘pbolali  oilalarda  yaqqol 
sezila boshladi. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish