15.5- jadval
O‘zbekistonda tug‘ilgan bolalarning miqdoriy o‘zgarishi
(1950—2017 yy.)*
Yillar
jami tug‘ilgan bolalar soni
(ming kishi his.)
yillar
o‘rtacha yillik o‘sish
sur’ati
1950
194,5
1950-1955 yy.
5,10
1955
249,1
1955-1960 yy.
6,45
1960
340,6
1960-1965 yy.
0,85
1965
355,1
1965-1970 yy.
2,47
1970
401,6
1970-1975 yy.
3,60
1975
478,6
1975-1980 yy.
2,45
1980
540,0
1980-1985 yy.
4,67
1985
679,1
1985-1990 yy.
0,35
1990
691,6
1991-1994 yy.
- 3,10
1991
723,4
1994-2000 yy
- 3,00
1992
710,5
2000-2017 yy.
-1,20
291
1993
692,3
1994
527,6
2000
508,5
2003
657,7
* 1950—1980 йиллар «Численность, состав и движение населения Узбекской ССР» (Ташкент,
1983); 1985—2003 йиллар «Народное хозяйство ўзбекистана»; Демографический ежегодник
Узбекистана 2003. -Ташкент 2004. 109 бет., statistik yilnomalari ma’lumotlaridan olindi.
Oziq-ovqat
va
uy-joy
muammosi
savodli
aholining
demografik
jarayonlariga, birinchi navbatda tug‘ilishga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ko‘pchilik
oilalarda farzandlar sonini cheklash jarayoni kuchaydi. Bu holni O‘zbekistonda
tug‘ilgan bolalar sonining qisqarib borishida ham yaqqol kuzatish mumkin.
Aholining yosh tarkibini ifodalovchi ma’lumotlar ko‘rsatishicha, 1959—
1979 yillarda jami aholi miqdorida 15 — 29 yosh guruhlari salmog‘i 24,7 foizdan -
28,6 foizga etdi
1
. Shunisi e’tiborliki, aholi tarkibida yoshlar salmog‘i 1985 — 1990
yillarda ham 27 — 28 foiz atrofida saqlanib keldi. Lekin tug‘ilayotgan bolalar
miqdorining o‘sish sur’ati esa bu davrda 13,3 martaga kamaydi. Bu kamayish,
asosan oilada to‘rtinchi, beshinchi va undan keyingi farzandlar tug‘ilishining
qisqarib borishi bilan bog‘liqdir. Masalan, 1960 yili respublikada jami tug‘ilgan
bolalarning 39,0 foizini oilada beshinchi va undan keyingi farzandlar tashkil etgan
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1970 yili 42,8 foiz, 1980 yili 25,1 foiz, 1989 yili 15,3 foiz va
1994 yili 9,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar respublikaning shahar joylarida
mos ravishda 21,8 foiz, 26,7 foiz, 15,1 foiz, 9,2 foiz va 5,3 foizni, qishloq joylarida
esa 32,0 foiz, 49,5 foiz, 29,6 foiz, 18,4 foiz va 11,1 foizni tashkil etdi.
Respublikada oilada beshinchi va undan keyingi bo‘lib tug‘ilayotgan bolalar
miqdorining kamayib borishi o‘zbek oilalarida farzandlar tug‘ilishini cheklash
hollari keng tarqalayotganidan va ko‘pbolali oilalar salmog‘ining
kamayishidan,
bir so‘z bilan aytganda, tug‘ilish darajasining pasayib borayotganligidan dalolat
beradi. Bu jarayonni tug‘ilish darajasini ifodalovchi maxsus ko‘rsatkichlar
dinamikasida ham kuzatish mumkin. Jumladan, 1960-yilda Respublikada har 1000
aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni 39,8 promilleni tashkil etgan bo‘lsa, 1990-
yili bu ko‘rsatkich 33,7 promilleni tashkil etdi yoki 6,7 punktga kamaydi. 1991—
2017 yillarda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti respublika buyicha 34,5
1
Bu xaqda III- bob, I-paragrafda batafsil bayon etilgan.
292
promilledan 22,1 promillega tushdi.
2017 yilda 715,5 ming bola tug‘ilganligi qayd
etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsienti 22,1
promilleni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2016 yilda
22,8 promille bo‘lgan).
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasining bunday tez sur’at bilan kamayishi
urushdan keyingi 40—45 yillik davrda kuzatilgan emas. Respublikaning tug‘ilish
darajasi doim yuqori bo‘lib kelgan Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham
ko‘p bolali oilalar salmog‘i keskin kamaygan. Masalan, 1996-yili Qashqadaryo
viloyatida har 1000 kishi hisobiga tug‘ilgan bolalar soni 33,1 promilleni tashkil
etgan bo‘lsa, 2017 yili bu ko‘rsatkich 24,0 promilleni tashkil etdi. Bu davrda
tug‘ilishning umumiy koeffitsienti Surxondaryo viloyatida 34,4 ‰ dan 21,9 ‰ ga,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25,1 ‰ dan 21,7 ‰ ga, Xorazm viloyatida 27,4
‰ dan 22,3 ‰ ga kamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |