Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

Avstraliya  va  Okeaniya  –  aholi  zichlik  ko‘rsatkichi  bo‘yicha  dunyoda  eng 
oxirgi o‘rinda turadi. XXI asr boshida (2009 yil) 1 km

ga o‘rtacha 4 kishi to‘g‘ri 
kelgan.  Ammo  qit’aning  ichida  aholi  zichligi  keskin  bir  biridan  farq  qiladi. 
Avstraliyada  qit’a  aholisining  deyarli  yarmi  istiqomat  etadi,  ular  juda  siyrak 
joylashgandir.  2009  yilda  bu  davlatda  aholi  zichligi  1  km

ga  o‘rtacha  3  kishini 
tashkil  etgan.
 
Avstraliya  –  dunyodagi  aholi  eng  notekis  joylashgan  davlat  bo‘lib, 
unda  butun  hudud  aholisining  2/3  qismi  istiqomat  qiladi  va  maydoni  esa  hudud 
maydonining 10 foizini tashkil etadi
Avstraliyada  aholi  uning  Sharqiy,  Janubi-Sharqiy  va  Janubi-G‘arbiy 
qismida,  Yangi  Janubiy  Uels,  Viktoriya  va  Kvinslend  shtatlarida  aholi  zich 
joylashgan. Bu hududlarda Avstraliyaning 90 foizdan ko‘p aholisi istiqomat etadi. 
Aholi  zichligi  1  km
2
ga  o‘rtacha  20  kishidan  to‘g‘ri  keladi.  Avstraliya  bo‘yicha 
o‘rtacha aholi zichligi esa 1 km

ga 2 kishini tashkil etadi. Markaziy va Shimoliy 
Avstraliyada  joylashgan  cho‘l  hududlarida  mahalliy  tub  aholi  -  avstraliyalik 
aborigenlar  yashaydilar.  Ular  son  jihatdan  juda  kam  bo‘lib,  zichlik  ham  nisbatan 
pastdir.  Shuningdek,  Yangi  Gvineyaning  janubiy  qismida  ham  aholi  siyrak 
joylashgan.  Chunki,  bu  hududlar  maydonida  ham  tabiiy  sharoit  inson  yashashi 
uchun  noqulay  bo‘lib,  tropik  o‘rmonlar  va  botqoqliklardan  iborat.  Matyerikda 
joylashgan  Marshall,  Guam  orollarida,  Nauru  hududida  aholi  zichligi  yuqori 
bo‘lib, hozirgi davrda 1 km
2
ga o‘rtacha 140-465 kishidan to‘g‘ri kelmoqda.  
Yer shari bo‘ylab aholining joylanishi ma’lum bir o‘lcham va tipdagi xilma-
xil  shakllarga  ega  aholi  manzilgohlari  tizimi  hamda  to‘rini  vujudga  keltiradi. 
Demak,  odamlarning  doimiy  yoki  vaqtincha  to‘planadigan,  mujassamlashadigan 
(konsentratsiya) joyi – aholi manzilgohlari, deb nomlanadi. Bu aholi manzilgohlari 
odamlarning yashash joyi, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqaradigan va 
iste’mol qiladigan markazlari, avlodlarning takror barpo bo‘ladigan ijtimoiy hayot 
o‘chog‘i hisoblanadi.  
Aholi 
joylashishining 
hududiy 
ko‘rinishi, 
ya’ni 
shakli–aholi 
manzilgohlaridir. S.A.Kovalyov aholi va aholi manzilgohlarini – inson tomonidan 


 
250 
yaratilgan  odamlar  hayoti  uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy  shart  –  sharoitga  ega 
ma’lum bir hududda yashovchi aholining joylanishi, deb ta’riflaydi (1963. 6-bet). 
Aholi  va  aholi  manzilgohlarining  joylanishida  aniqlangan  hududdagi  aholi 
manzilgohlari  yig‘indisi  ularning  bir  –  biri  bilan  aloqasi  orqali  to‘rini  tashkil 
etishini  ham  anglatadi.  Mamlakat  xo‘jaligi  va  xalqlarning  yashash  sharoiti  uchun 
aholi  manzilgohlari  to‘rining  kengayishi,  rivojlanishi  va  joylanishi  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  aholi  va  xo‘jalikni  geografik  nuqtai-nazardan 
baholashda  barcha  aholi  yashash  manzilgohlari  tiplari  va  turlarini  o‘rganish 
zarurdir. 
Aholini  geografik  o‘rganishda  ikki  yo‘nalish  mavjud.  Birinchidan, 
demografik  yo‘nalishda,  ya’ni  aholining  o‘sishi,  yoshi  va  jinsi,  milliy  tarkibi, 
takror barpo bo‘lishiga ko‘proq e’tibor byerilsa, ikkinchisida yuqoridagi geografik 
jarayonlarning  natijasi  bo‘lmish  aholi  manzilgohlari,  ularning  to‘ri  alohida  tadqiq 
etiladi (Soliev, Qarshiboeva, 1999).  
Jamiyat  hayotining  asosini  moddiy  boyliklar  ishlab  chiqarish  tashkil  etadi. 
Har  qanday  ishlab  chiqarish  faoliyati  biron-bir  aholi  manzilgohining  vujudga 
kelishiga,  rivojlanishiga  zamin  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Masalan,  Muruntov  oltin 
konining  topilishi  natijasida  Zarafshon,  Uchquduq  shaharlari  vujudga  keldi  yoki 
Qarshi  va  Mirzacho‘l  hududida  yangi  yerlarning  o‘zlashtirishi  qator  aholi 
manzilgohlari  barpo  bo‘lishiga  sabab  bo‘ldi.  Xilma-xil  ishlab  chiqarish  faoliyati 
aholi  va  aholi  manzilgohlari  o‘lchami  va  shakliga  turlicha  ta’sir  etadi.  Jumladan, 
Muruntov  oltin  konining  topilishi  shu  hududda  aholining  mujassamlashuviga 
(konsentratsiya)  olib  keldi.  O‘z  navbatida,  ijtimoiy-iqtisodiy  sohalarning  boshqa 
turlari rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi.  
Turli  yiriklikdagi  aholi  manzilgohlari,  ularning  yirik  murakkab  tizimlari 
aholining hududiy tashkil etish shakllaridir. Uning ijtimoiy tashkil etish shakllariga 
har-xil  yosh  va  jins,  millat,  elat,  kasb-hunarga  mansub  kishilar  uyushmasi  kiradi, 
ularga  makon  jihatdan  umumiylik  shart  emas.  Mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishida  aholi  manzilgohlari  muhim  o‘rin  egallaydi.  U  xalq  xo‘jaligining 


 
251 
hududiy  tizimida  tabiiy  resurslar,  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  va  infratuzilma 
tarmoqlarini bir-birlari bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. 
Ma’lumki, aholining uchta funksiyasini fanda ajratib ko‘rsatishadi. Bularga 
aholi  ishlab  chiqaruvchi  kuch  ekanligi,  ikkinchisi  o‘zi  yaratgan  moddiy  va 
ma’naviy boylikni iste’mol qilishi va uchinchisi o‘z-o‘zidan ko‘payishidir. Oldingi 
ikki  funksiya  aholini  sotsial-iqtisodiy  kategoriya  ekanligini,  so‘nggisi  esa  uni 
biosotsial yoki demografik kategoriya sifatida tavsiflaydi.  
Yer  sharidagi  har  bir  alohida  hudud  aholi  va  aholi  manzilgohlari  tarixiy, 
tabiiy  shart-sharoit  va  etnografik  jihatlaridan  kelib  chiqib  xilma-xil  o‘ziga  xos 
ko‘rinishlarga ega. Jumladan, tabiiy shart-sharoit aholi manzilgohlari joylashuviga 
ham bevosita, ham bilvosita ta’sir etadi. Qachonki, aholi manzilgohlari uchun joy 
tanlanayotganda  bevosita  tabiiy  sharoit  bilan  (rel’ef,  suv  bo‘yi,  shamol  yo‘li, 
seysmik,  eroziya  va  boshqalar)  hisoblashmaslikning  iloji  yo‘q.  Agarda  aholi 
manzilgohlari  ishlab  chiqarish  faoliyati  nuqtai-nazardan  vujudga  kelsa,  tabiiy 
sharoit bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.  
Har  qanday  aholi  manzilgohlarini  geografik  jihatdan  majmuali  tadqiq 
etishda avvalo unda yashovchilarning soni va tarkibi, bandligi, mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy  hayotidagi  tutgan  mavqe’i,  (madaniy,  iqtisodiy  va  siyosiy)  boshqa  aholi 
manzilgohlari  bilan  aloqasini  mukammal  bilish  talab  etiladi  va  o‘z  navbatida, 
yuqorida  keltirilgan  tarixiy,  tabiiy  va  etnografik  tomonlarini  ham  hisobga  olish 
muhim ahamiyatga kasb etadi.  
Aholi  manzilgohlari  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  omillardan  yana  biri  bu 
ijtimoiy-iqtisodiy  omillardir.  Ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  tufayli  vujudga  kelgan 
aholi  manzilgohlari  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  yuksalgan  sayin  rivojlanib 
boravyeradi. Masalan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi undagi mavjud turli 
xil  aholi  manzilgohlarining  ham  eniga,  ham  bo‘yiga  o‘sishiga  olib  keladi.  Bir 
vaqtlar  Sirdaryo,  Jizzax  va  Navoiy  viloyatlari  respublika  viloyatlari  tarkibida 
umuman  bo‘lmagan  bo‘lsa,  keyinchalik,  yuqoridagi  sanab  o‘tilayotgan  omillar 
tufayli,  kichik-kichik  qishloqlar  o‘rnida  yoki  umuman  aholi  yashamaydigan 
joylarda  yangidan  yangi  aholi  manzilgohlari  barpo  qilindi  va  ular  bugungi  kunda 


 
252 
bir  necha  o‘nlab  aholi  manzilgohlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan  yirik 
viloyatlarga aylandi. 
Aholi  va  aholi  manzilgohlarining  joylanishi  shakllari  xilma-xil  bo‘lganligi 
bois,  ularni  yirik  ikkita  tipga  ajratishadi,  tarqoq  (dispyers)  va  guruhlangan 
shakllari.  Tarqoq  joylashgan  aholi  manzilgohlari  –  yakka  holda  qurilgan  yashash 
joyi bo‘lib, ular ko‘proq xizmat yuzasidan (fyermyerlar) tashkil qilinib, bir-biridan 
ma’lum bir masofadagi uzoqlikda joylashadi. Guruhlashgan holda joylashgan aholi 
manzilgohlari  –  turli  xil  kattalikdagi  shahar  va  qishloq  aholi  manzilgohlari 
ko‘rinishda  bo‘ladi.  Shu  boisdan  ham  bunday  guruh  ko‘rinishidagi  aholi 
manzilgohlari ikkita – shahar va qishloq aholi manzilgohlariga bo‘linadi.  
Qishloq,  odatda  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotda  shaharga  nisbatan  passiv, 
zaifroq  aholi  punkti  hisoblanadi.  Shaharlarning  ko‘p  funksiyaligi,  kattaligi, 
innovatsiya,  investitsiya  va  infratuzilma  salohiyatining  kuchliligi,  iqtisodiyotning 
ko‘p  tarmoqliligi  va  yuqori  darajada  rivojlanganligi,  aholi  yashashi,  o‘qishi, 
davolanishi, ishlashi uchun imkoniyatlarning keng ekanligi, ularning ta’sirchanligi 
hududiy  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim  yoki  majmualarda  yyetakchi  rol  o‘ynashini 
ta’minlab beradi. 
Qishloq  shaharga  ma’lum  darajada  bo‘ysinadi,  uni  qishloq  xo‘jaligi  xom 
ashyosi bilan,  aholisini toza  havo,  suv, iqtisodiyotini  ishchi kuchi bilan ta’minlab 
turadi. Shahar esa qishloqqa malakali kadrlar, qishloq xo‘jaligiga mashina, asbob-
uskunalar,  minyeral  o‘g‘itlar,  qurilish  matyeriallari,  zamonaviy  syervis  xizmatini 
etkazib beradi”
1

Shahar  va  qishloq  aholi  manzilgohlari  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liq 
bo‘lib,  ular  o‘rtasida  aniq  chegara  o‘tkazib  bo‘lmaydi.  Sababi,  shahar-qishloq 
oralig‘ida  ham  qator  aholi  manzilgohlari  mavjudki,  ular  biri  ikkinchisi  bilan 
tutashib  ketgan.  Ammo,  shunga  qaramasdan,  shahar  va  qishloqni  bir-biridan 
ajratuvchi  maxsus  mezonlar  ham  borki,  bu  mezonlar  turli  davlatlarda  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
                                                 
1
 Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: “fan va texnologiya”- 
2009. Б.18-19. 
 
 


 
253 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish