Ma’lumki, deyarli hamma sabzavotlarni bir necha soatdan 8-9 oygacha saqlab qo’yiladi. Ammo, yangi mahsulot saqlangandan vaznining tabiiy ravishda kamayishini atigi bir foizga tushurish-ning o’zi o’n minglab tonna mahsulotni tejash imkonini beradi. Shuning uchun sabzavot va meva etishtiradigan xo’jaliklarning hamda mahsulot tayyorlash idoralari va saqlash manzillarining xodimlarida ana shu masalalarga jiddiy e’tibor berilishi talab qilinadi, shundagina aholi etishtirilgan meva, uzum, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlaridan o’z talabiga muvofiq ravishda to’la baxramand bo’lishi mumkin. Aholini meva va sabzavotlar bilan yil bo’yi bir tekis ta’minlab turish uchun har qaysi ekinni, ekish muddatlarini navlar bo’yicha rejalashtirilishi va mahsulot tasdiqlangan reja asosida etkazib turilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |