II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING RIVOJLANGAN VA MDH DAVLATLARI BILAN SAVDO IQTISODIY ALOQALARI
2.1 O’zbekiston Respublikasining Yaqin xorijiy va MDH davlatlari bilan tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari.
Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda.
O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim mahsulotlari keltiradi.
Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali ko‘maklashmoqda.
Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.
Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi.
Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga zamin yaratadi.
Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini kengaytirmoqda.
O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda bir qancha suv inshootlari , jumladan, Jalolobod irrigasiya majmui, Sarda va Qunduz daryolaridan to‘yinadigan so‘g‘orish kanallari, suv omborlari, shuningdek sanoat korxonalari va uy-joylar qurishda, Suriyada Furot daryosiga gidrouzel bunyod etishda, Xindistonning Madras, Madxya-Pradesh va O‘ttar—Pradesh shtatlarida issiqlik elektr stansiyalari datlabki paxta tozalash sanoati, Jazoir, Gana, Mali, Indoneziya, Shri-Lanka hamda Kombodjada sholipoyalar barpo etishda ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Re5spublikasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi, Xelsinki jarayoniga qo‘shildi. U Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot bankining a’zosidir.
Endilikda Respublikamiz vakillari BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi ishida, shuningdek uning maorif, fan va madaniy masalalar bo‘yicha mutaxassisi (Yunesko), halqaro mehnat tashkiloti (Mot), sog‘liqni saqlash jahon tashkiloti (Voz), ishlarida ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning savdo-sanoat palatasi Afrika–Osiyo iqtissodiy hamkorlik tashkilotining a’zosidir.
Chet mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati 120ga yaqin davlatlar bilan ish olib bormoqda. Ular bilan adabiyot, san’at, sport va fan sohasida samarali hamkorlik qilmoqda.
Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar mavjud.
O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi
Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi — ommaviy koʻngilli jamoat tashkiloti. 1997-yil 15-mayda taʼsis etilgan. Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, Oʻzbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanʼati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish Kengashning asosiy vazifasidir.
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan oʻrnatgan doʻstlik va madaniymaʼrifiy aloqalari tarixi 20-asrning 20-yillari oxirida boshlangan. Oʻshanda Toshkent shahrida Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar jamiyatining Oʻrta Osiyo boʻlimi tashkil topgan. U 1947-yildan "Oʻzbekiston boʻlimi", 1953-yildan esa "Oʻzbekiston jamiyati" deb atala boshladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin bu jamiyat mohiyatan va shaklan oʻzgardi. Chet mamlakatlar bilan uzilib qolgan aloqalar tiklandi. Oʻzbekiston uchun siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tarixiy nuqtai nazardan ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan davlatlar bilan doʻstlik aloqalari oʻrnagildi. Kengash qoshida 36 xorijiy mamlakat bilan doʻstlik jamiyatlari faoliyat yuritadi (2005). Xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlik qilish ham Kengash ishida alohida oʻrin tutadi. Bu borada AQSH, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni kabi 30 dan ortiq mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning jamiyatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyilgan.
Kengash xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan doʻstlik jamiyatlari raislari, shuningdek, Kengash kotibiyati rahbaridan iborat tarkibda tuziladi. Kengash aʼzolarining umumiy yigʻilishi tashkilotning oliy organi hisoblanadi. Doʻstlik jamiyatlari rahbarlaridan biri, jamoatchilik asosida, Kengashning raisi etib 2 yil muddatga saylanadi. Kundalik faoliyatni Kotibiyat amalga oshiradi. Kotibiyat tarkibida xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar; Yevropa va Amerika davlatlari; Osiyo, Afrika va Tinch okeani mintaqasi davlatlari; MDH davlatlari; tashkiliy masalalar va xalqaro tashkilotlar; axborot va matbuot boʻlimlari bor. Kengashning viloyat boʻlimlari mavjud. Oʻzbek, rus, ingliz tillarida chiqadigan "Oʻzbekiston" jur. Kengash nashridir. Bryusselda, Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi. Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis” texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama.
O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.
O’zbеkiston Rеspublikasi a’zo bo’lib kirgan eng muхim birlashmalardan biri
- Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH) bo’lib, u 1991 yil dеkabrda tuzilgan. Hozir MDH ga Ozarbayjon Rеspublikasi, Armaniston Rеspublikasi, Bеlorus Rеspublikasi, Qozog’iston Rеspublikasi, Tojikiston Rеspublikasi, Qirg’iziston Rеspublikasi, Moldova Rеspublikasi, Rossiya Fеdеratsiyasi, Turkmaniston Rеspublikasi, O’zbеkiston Rеspublikasi va Ukraina kiradi. O’zbеkiston sobik Ittifoq rеspublikalari bilan aloqalarga katta ahamiyat bеrib, avvalboshdonoq Mustaqil davlatlar hamdo’stligini tuzish g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Bunday hamkorlikka hamdo’stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog’langanligi emas, balki chuqur tariхiy, madaniy va ma’naviy aloqalar, katta tariхiy davr mobaynida хalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo’lmoqda.
Hamdo’stlik maqsadlari quyidagilar:
• dеmokratik huquqiy davlatlar tuzish, ular o’rtasidagi munosabatlar davlat mustaqilligini va suvеrеn tеnglikni o’zaro tan olish va hurmatlash, o’z taqdirini o’zi bеlgilash huquqi, tеng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday tazyiqlardan voz kеchish, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan kichik millatlar huquqlarini hurmat qilish, majburiyatlarini va boshqa umum tan olingan хalqaro huquq tamoyillari va normalarini halol bajarish asosida rivojlanadi;
• bir-birlarini hududiy butunligini va mavjud chеgaralar buzilmasligini tan olish va hurmat qilish;
• chuqur tariхiy ildizlarga ega bo’lgan хalqlarning tub manfaatlarini hamda qo’shnichilik va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash;
• fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash.
Ayni vaqtda O’zbеkiston Rеspublikasining MDHga a’zoligi unga bir qator muhim vazifalarni millat, iqtisodiyot manfaatlariga muvofiq hal etish imkonini bеradi:
-ishlab chiqarishni, aholi ta’minotini (avvalo oziq-ovqat bilan) qo’llab-quvvatlashni ta’minlovchi ko’lamda koopеrativ хo’jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish;
- MDHning bir qator tovarlarini bozorda, ayniqsa an’anaviy mahsulotlarni sotish sohasida yetakchi mavqеni saqlash;
- sobiq ittifoqchi rеspublikalar ega bo’lgan хom-ashyo rеsurslaridan foydalanish;
- O’zbеkistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga хizmat ko’rsatuvchi transport kommunikatsiyalaridan kafolatli va хatarsiz foydalanish
Tashqi savdo aylanmasi. Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019 yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi dinamikasi (mlrd. AQSh doll.)
O‘zbekiston Respublikasining TSA dinamikasi tahlili 2019 yilda o‘tgan yilga nisbatan eksport va import hajmlarini o‘sishini ko‘rsatdi. 2017 yilga nisbatan TSA 1,6 barobarga oshdi va import (1,9 barobar) esa eksportga (1,3 barobar) nisbatan tezroq o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mlrd. AQSh doll.)
TSAning uchdan bir qismini MDH davlatlari tashkil etib, so‘nggi yillarga nisbatan kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarning geografiyasi kengayotganidan dalolat bermoqda. Respublikamizda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 120,0 %ni tashkil etdi. O‘sish sur’atiga ega bo‘lishiga qaramay, MDH davlatlarining ulushi 2018 yilga nisbatan 1,7 foiz punktga kamaygan.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning hajmlari dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSh dollari, ulush %da)
2019 yilda boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi MDH davlatlariga nisbatan tezroq o‘sdi (o‘sish sur’ati 129,7 %) va jami TSAdagi ulushi 65,4 %ni tashkil etdi. Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlar bilan TSAda so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Misol uchun, so‘nggi uch yilda TSA Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan 3 barobarga hamda Tojikiston va Qozog‘iston bilan 2 barobarga oshgan. Afg‘oniston bilan tashqi savdo
aylanmasi yiliga 600 mln. AQSh dollari darajasida saqlanib qolmoqda. Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilganini mamlakatning tashqi savdodagi faoliyatini ijobiy natija sifatida baholash mumkin. Boshqa davlatlar (qo‘shni davlatlardan tashqari) bilan esa TSAda eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya va Germaniya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy hamkor-davlatlar qatorida Eron va Fransiya bilan faol tashqi savdo balansi ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |