Antropometriya ma’lumotlari. Reja



Download 126 Kb.
Sana17.01.2020
Hajmi126 Kb.
#35050
Bog'liq
antropometriya

Antropometriya ma’lumotlari.

Reja:

1 Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari.

2 Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar.

3 Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar.

4 Kiyim andozalashda ishlatiladigan antropometrik belgilar va antropometrik asboblar.

5 O`lchovlarni olish metodikasi , o`lchashlar dasturi.



1 Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari

Yuqorida odam shaklining tashqi ko`rinishini aniqlovchi asosiy morfologik belgilarni ko`rib chiqamiz. Bu belgilarning kattaligi, jins va yoshga qarab o`zgaradi, o`zgaruvchanlik faqatgina ba‘zi o`lchamlardagina emas, balki mutanosiblik tiplarida va gavda tuzilishi tiplarida ham bo`ladi. Xilma-xillikni miqdoriy baholash uchun ma‘lumotlar miqdori bo`lishi zarur. Bu ma‘lumotlar aholini ommaviy tekshirishlar natijasida olinadi.

Odam tanasining va uning alohida qismlarini o`lchashdan iborat antropometrik tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometriya deyiladi. Antropometriya aholi tartibiga kiruvchi odamlarning konkret gruppalarining morfologik belgilarini tekshirish bilan shug`ullanadi.

Odam gavdasi o`lchamlarini tekshirish natijalari o`tgan asrning oxirlaridan boshlab foydalaniladi.

Hozirgi vaqtda antropometriya ma‘lumotlari klinik va sport meditsinasida, gavdaning jismoniy rivojlanishida, konstruktsiyasi, mutanosibligi va hokazolarning xususiyatlarini o`rganishda foydalaniladi. Odam gavdasining shakli o`lchamlari haqidagi ma‘lumotlar sanoatning turli tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega.

Amaliy antropologiyani bilmasdan turib, yengil sanoat tarmoqlari, jumladan tikuvchilik tarmog`i oldida turgan masalalarni yechish mumkin emas.

Odam gavdasi formasi va o`lchamlari aholining turli gruppalari va ularning orasidagi variant ma‘lumotlar va bilimlar bo`lgandagina odam gavdasi formasi va o`lchamlariga mos kiyimni ko`plab ishlab chiqarish mumkin.

Ma‘lumotlar antropometrik tekshiruvlar asosida olinadi. Tekshirishlar maxsus programma bo`yicha olib boriladi. Natijalar kiyim andozalash uchun o`lcham tipologiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Har bir antropometrik tekshirish o`z uslubiga ega.

a) Antropometrik uslub tamoyillari.

To`g`ri ma‘lumotlar olish uchun o`lchashlar metodikasi ishlov berishni talab etadi. O`lchashlarni o`tkazayotgan shaxslar o`lchash texnikasini mukammal egallagan bo`lishlari kerak. Chunki bunda har bir nuqtaning aniqligi va o`lchash yullarining qat‘iyan o`xshashligi talab qilinadi.

Gavda o`lchamlari o`lchanayotgan odamning holatiga bog`liq, shuning uchun barcha o`lchashlar bir xil holatga olib boriladi:

a) O`lchanayotgan odam to`g`ri, hech qanday zo`riqmasdan, odatdagi qomatini saqlab turadi;

b) Bosh aniq bir tekislikda belgilanadi;

s) Qo`llar gavda bo’ylab pastga tushirilgan, barmoqlar pastga cho`zilgan;

d) Oyoqlarning tizzalari to`g`ri, tovonlari birgalikda, oyoqlarining uchi ayrim holatda bo`ladi.

e) O`lchashlar yalang`och gavda bo’ylab o`tkaziladi;

f) Har bir odamni ikkita mutaxassis tekshiradi.

Biri o`lchaydi, ikkinchisi esa yozib boradi. Yozayotgan kishi asbobning holati va o`lchanayotgan kishining turish holatini ko`rib turadi.



2 Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar.

Odam gavdasi fazoda qurilgan. Juda murakkab geometrik figura bo`lgan odam tanasini fazoda o`rganishda chiziqlar va tekisliklardan foydalaniladi.

Bosh chiziqlar – bu 3 ta: 1 ta vertikal, 2 ta gorizontal o`qlardir. Bu o`qlardan tashqari 3 ta tekislik bor: 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal tekisliklar. Tekisliklar o`zaro perpendikulyardir.

Frontal tekislik F – bu vertikal tekislik bo`lib, odam gavdasining old va orqa qismlariga bo`ladi.

Sogital tekisligi S – (vertikal) odam gavdasini o`ng va chap qismlariga bo`ladi, (frontal) tekislikka perpendikulyar.

Transversal (ko`ndalang) – gorizontal tekislik (F.S.ga perpendikulyar) va odam gavdasini yuqori va pastki qismlarga bo`ladi.

Bu tekisliklarga odam gavdasida joylashgan nuqtalarni proektsiyalash mumkin. Bu antropometrik nuqtalardir. Nuqtalar orasidagi chiziqlar antropometrik chiziqlar deb ataladi.

Antropometrik nuqta deb – odam gavdasida joylashgan va aniq ko`rinadigan do`nglik va chuqurlikka mos keladigan nuqtalarga aytiladi. Bu nuqtalar o`lchovlarni to`g`ri olishda mo`ljal bo`ladi. Quyidagi keltirilgan antropometrik nuqtalardan o`lchashda foydalaniladi.



Antropometrik nuqtalarning joylanishi.

Shart-li belgi


Nuqtalar nomi

Joylanishi

a


Cho`qqi nuqtasi


O`ng ko`zni pastki burchagi bilan quloq kesmasi gorizontaldan chetga chiqmagan holda boshning eng cho`qqi nuqtasi.

b


Bo`yin nuqtasi

Yettinchi bo`yin umurtqasining o`tkir o`simta uchi.

v


Bo`yin asosi nuqtasi

Bo`yinning aylana chizig`i yelka qiyaligi chizig`i bilan kesishgan nuqtasi.

g


O`mrov suyagining nuqtasi

O`mrov suyagining to`sh suyagiga birikkan yuqori nuqtasi.

d


To`sh suyagi yuqorisidagi nuqta


To`sh suyagi yuqorisidagi qirqimning o`rtasi.

e


To`sh suyagi o`rtasidagi nuqta


To`sh suyagini o`rta chizig`ida to`rtinchi juft qovurg`alar uchi birikkan sathda joylashgan.

j


Yelka akromial nuqtasi

Ko`krak akromial o`simtasining yon tomonidagi eng bo`rtgan nuqtasi.

z


Yelka nuqtasi


Ko`krak suyagi akromial o`simtasining yuqoridagi cheti bilan yelka bo`g`imi sohasini ikkiga bo`lgan vertikal tekislik kesishgan joyi.

i


Tirsak nuqtasi

Bilak suyagining tashqi tomonidagi yuqorigi uchi.

k


Ko`krak uchi nuqtasi

Ko`krak bezining uchi.

l


Qirra nuqtasi

Yonbosh suyagi qirrasining chetga eng ko`p chiqib turgan nuqtasi.

m


Tizza nuqtasi

Tizza qopqog`ining markazi.

n


Qo`ltiqning oldingi burchagi

Qo`l pastga tushirilgan holda qo`ltiq chuqurchasining orqadagi cheti hosil qiladigan yoyning eng baland nuqtasi.

o


Qo`ltiqning orqa burchagi

Qo`l pastga tushirilgan holda qo`ltiq chuqurchasining orqadagi cheti hosil qiladigan yoyning eng baland nuqtasi.

p


Dumba nuqtasi

Dumbaning eng bo`rtik nuqtasi.

r


Yel chizig`ining balandlik nuqtasi.

Biqinning ichga botib turgan joyida pastki qovurg`a bilan yonbosh suyagining oralig`ida joylashgan.


3 Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar.

Odam gavdasining shakli murakkab. Uning o`lchamlarini aniqlashda turli usullardan foydalaniladi.



1 – usul.

Nuqtalar orasidagi masofani 3 tekisliklardan biriga proektsiyalab o`lchash ko`ndalang diametr yoki diametr deb ataladi. Bu ko`ndalang o`lchamlar gavda va uning alohida o`lchamlari uzunliklarini aniqlaydi. Gavdaning alohida o`lchamlari nuqtalarning yerdan o`lchangan balandligining ayirmasi kabi topiladi. Bundan tashqari, bu usulda old-orqa proektsion diametrlari bor. Bularning ko`krak, bel, emizak nuqta va h.k. past balandligidagi chiziqlar. Ko`ndalang proektsion diametrlar bo`lib, bular bel, son, ko`krak, bo`yin va h.k. diametrlardir. Bu o`lchamlarning hammasi chiziqli o`lchamlar deyiladi. Bu o`lchamlar 3 ta tekislik sistemasida aniqlanadi.



2 – usul.

Ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topish. Bu o`lchashlar to`g`ri (skvoznoy) diametrlar nomini olgan. Masalan: 2 ta akromial nuqtalar orasidagi masofa – chanoq kengligining diametri hisoblanadi.



3 – usul.

O`lchash tana sirti bo`ylab o`tkaziladi, yoyli o`lchash. Bu bel, son, bo`yin va h.k. aylanasi. Bundan tashqari, bu yerga tana sirti bo`ylab, o`lchanuvchi ko`krak, orqa kengliklari, orqaning belgacha uzunligi kabi ko`ndalang va bo`ylama o`lchamlar kiradi. Bular antropometrik o`lchamlardir.



4 Kiyim andozalashda ishlatiladigan antropometrik belgilar

va antropometrik asboblar.

Kiyim andozalashda o`lchov belgilari kishi jussasidan o`lchanadi. O`lchov belgilarini to`g`ri aniqlash uchun antropometrik nuqtalarga belgi qo`yib chiqish zarur. O`lchov belgilari quyidagilarga bo`linadi:

1. Bo`ylama: (uzunliklar: oldning belgacha uzunligi, yeng uzunligi, buyumning uzunligi);

2. Ko`ndalang: (kengliklar: orqa ko`krak kengligi, yelka qiyaligi kengligi va h.k.);

3. Aylanalar: (bel aylanasi, 1-, 2-, 3-ko`krak aylanasi, bo`yin aylanasi va h.k.);

4. Diametrlar: (bo`yin, ko`krak, bel diametrlari, olddan va yon tomondan ko`rinishi);

5. Proektsion o`lchovlar: korpusning holati, bel uymasi, yelka balandligi va h.k.).

Ushbu o`lchovlar belgilarini olishda ishlatiladigan asboblar quyidagilardir:

1. Bo`y o`lchagich (uzunlik o`lchovlarini oladi, turgan, o`tirgan, yotgan (emizikli yoshda) bo`yni o`lchaydi);

2. Antropometr – bo`ylama va kenglik o`lchovlarini olishda xizmat qiladi.

3. Yug`on tsirkul – diametrlarni o`lchashda ishlatiladi;

4. Ganiometr – gavda harakatlanganda hosil bo`ladigan o`lchamlarni aniqlashda ishlatiladi;

5. Santimetrli lenta – aylana o`lchovlarini aniqlashda ishlatiladi;

6. Proektsion o`lchovlarni aniqlashda ishlatiladigan bir qancha uchburchak lineykalar ishlatiladi.



20-rasm. Proeksion o’lchamlarni

19-rasm. Antropometrik asboblar. o’lchaydigan chizg’ichlar:

a-goniometr; b-yo’g’on sirkul a-goniometr chizg’ich;b,d-bel

chuqurliklarini o’lchash uchun

chizg’ichlar;e-kurak botiqligini

o’lchash uchun chizg’ich

5 O`lchovlarni olish metodikasi.

Ayollarning o`lchovini poyafzalsiz, trusi va ko`krak pechda olinadi.

O`lchov olish vaqtida gavda muayyan vaziyatni egallashi, ya‘ni kishi erkin, to`g`ri turishi hamda qomati odatdagi vaziyatni egallashi odatdagi holatida saqlashi lozim:

Qo`llar pastga tushirilgan, tovonlar juftlangan, oyoqlarning uchini oralig`i 15-20 sm. nuqtalarning balandlik o`lchovini olish vaqtida bosh shunday holatni egallash kerakki, o`ng ko`zning pastki burchagi bilan quloq kesmasi gorizontaldan chetga chiqmasligi lozim.

Nuqtalarning balandligi martin sistemasidagi ixcham metall antropometr bilan o`lchanadi.

Aylanalarni, yoysimon, ko`ndalang hamda bo`ylama o`lchovlarini olish uchun santimetrli tasma qo`llaniladi. To`g`ri diametrli katta yug`onligi tsirkuli yordamida o`lchanadi.

Umurtqa pog`onasining egriligini va bel chizig`ini chuqurligini xarakterlaydigan proektsiya o`lchovlari shtangentsirkul yordamida o`lchanadi. Jussa o`lchovlari quyidagi bosh harflar bilan belgilanadi:

B – balandliklar;

U – uzunliklar;

A – aylanalar;

B – bo`y;

S – yarim aylana;

K – kengliklar;

M – markaz nuqtalari orasidagi masofa;



D – diametrlar.

O`lchovlarning ifodasi va o`lchov joylari.

GOST bo`yicha o`lchov-larning nomeri

O`lchovlarning nomi

O`lchovlarning shartli belgilari

O`lchovlarning ifodasi va o`lchov joylari

1

2

3

4

1

Bo`y (rost) kalla suyagidagi eng yuqori nuqtaning balandligi

B

Poldan kallaning yuqori nuqtasigacha masofa vertikal bo`yicha o`lchanadi.

2

Bo`yin asosidagi nuqtaning balandligi

B b.a.n.

Poldan bo`yin asosidagi nuqtagacha masofa vertikal bo`yicha o`lchanadi.

3

Yelka nuqtasining balandligi

B a.n.

Poldan yelka nuqtasigacha masofani vertikal bo`yicha o`lchanadi.

4

Ko`krak bezlari uchining balandligi

B.K. uchi

Poldan ko`krak bezlari uchigacha masofani vertikal bo`yicha o`lchanadi.

5

Bel chizig`ining balandligi

B bel.ch.

Poldan bel chizig`igacha masofa vertikal bo`yicha o`lchanadi.

6

Bo`yin nuqtasining balandligi

B b.n.

Poldan bo`yin nuqtasigacha vertikal bo`yicha o`lchanadi.

7

Dumba osti burmasining balandligi

B b.n.

Burmasining o`rtasigacha vertikal bo`yicha o`lchanadi.

8

Bo`yin aylanasi

A bo`yin

Santimetr tasmaning ostki chetini bo`yin nuqtasigacha yotqiziladi. Yondan va olddan tasma bo`yin asosida o`tib, o`mrov nuqtasidan biriktiriladi.

9

Ko`krak aylanasi, birinchi

A k.1.

Tasma ko`kraklarga yotqiziladi. Orqadan tasma gorizontal holatda ustki cheti bilan qo`ltiq chuqurligining orqa burchaklariga urinib, qo`ltiq chuqurligidan o`tadi. Olddan tasma ko`krak bezlari ustidan o`tib, o`ng tomonda biriktiriladi.

10

Ko`krak aylanasi, ikkinchi

A k.2.


Tasma ko`kraklarga gorizontal yotqiziladi. Ustki cheti bilan qo`ltiq chuqurligining orqa burchaklariga urinib, qo`ltiq tagidan ogma ravishda o`tadi. Olddan tasma ko`krak bezlarining uchidan o`tib, o`ng tomonda biriktiriladi.

Birinchi va ikkinchi ko`krak aylanalari orqada tasmani siljitmay birin-ketin uzluksiz o`lchanadi.



11

Ko`krak aylanasi, uchinchi

A k.3.

Tasma tana atrofidan ko`krak nuqtalari ustidan gorizontal bo`yicha o`tib, o`ng tomonda biriktiriladi.

12

Bel aylanasi

A bel

Tasma tana atrofida bel chizig`i sathidan o`tishi kerak.

13

Son aylanasi qorin chizig`i bilan

A son

Tasma dumba nuqtalaridan gorizontal o`tib, qorin chizig`ini egilgan plastina yordamida hisobga oladi.

14

Yon tomondan bel chizig`idan polgacha masofa

U yon.bel.

Bel chizig`ining balandlik nuqtasidan yon sathi bo`yicha kichikroq nuqtalar o`tib, polgacha vertikal o`lchanadi.

15

Old tomondan bel chizig`idan polgacha masofa

U b.o.p.

Bel chizig`idan qorin chizig`i ustidan polgacha vertikal bo`yicha o`lchanadi.

1

2

3

4

16

Yelka aylanasi

A ye.

Yelka o`qiga perpendikulyar bo`yicha o`lchanadi. Tasmaning ustki cheti qo`ltiq chuqurligini orqa burchaklariga urintirib, qo`lni tashqi sathidan biriktiriladi.

17

Yelka qiyaligining kengligi

K ye.k.


Bo`yin asosidagi nuqtadan yelka qiyaligi o`rtasidan yelka nuqtasigacha o`lchanadi.

18

Old o`mizning balandligi

B o.u.


Bo`yin nuqtasidan bo`yin asosini nuqtasi ustidan ko`krak aylanasi birinchigacha o`lchanadi.

19

Ko`krak balandligi

B k.

Bo`yin nuqtasidan bo`yin asosidagi nuqta ustidan ko`krak uchi nuqtasigacha o`lchanadi.

20

Oldning bel chizig`igacha uzunligi

U old.bel.

Bo`yindagi nuqtadan bo`yin asosidagi va ko`krak uchi nuqtasi ustidan bel chizig`igacha o`lchanadi.

21

Orqaning bel chizig`igacha uzunligi (ko`krak chizig`ini hisobga olib)

U bel.orq.


Bel chizig`idan bo`yindagi nuqtagacha ko`kraklar chizig`iga qo`yilgan ingichka plastina ustidan umurtqa pog`onasi bo`yicha o`lchanadi.

22

Orqaning bel chizig`idan bo`yin asosidagi nuqtagacha uzunligi

U bel.orq.1


Bel chizig`idan bo`yin asosidagi nuqtadan umurtqa pog`onasiga parallel o`lchanadi.

23

Bo`yin asosidan bel chizig`igacha old tomondan o`lchanadi.

U bel.old.1

Bo`yin asosidagi nuqtadan ko`krakdagi nuqta ustidan bel chizig`igacha o`lchanadi.

24

Ko`krak kengligi

K k.

Tasmani ko`krak bezlari ustiga gorizontal qo`yib, qo`ltiq chuqurligini oldi burchaklaridan ko`tarilgan vertikallargacha o`lchanadi.

O`lchovni yarmi yoziladi.



25

Ko`krak bezlari uchlari oralig`i

M k.

Tasmani gorizontal holda ushlab, ko`krak bezlari uchlari oralig`idagi masofa o`lchanadi. O`lchovni yarmi yoziladi.

26

Orqa kengligi

K orq.

Tasmani gorizontal holda ushlab, qo`ltiq chuqurliklarini orqa burchaklari oralig`i kuraklar ustidan o`lchanadi.

O`lchovni yarmi yoziladi.



27

Bel chizig`idan o`tirg`ich sathigacha masofa

U u.

O`lchov bel chizig`idan o`tirg`ich gorizontal sathigacha yon tomondan o`lchanadi. O`lchovi olinadigan kishi qattiq o`tirg`ichli stulda o`tirishi lozim.

28

Qo`lni tirsakkacha uzunligi

U k.tir.

Yelka nuqtasidan tirsak nuqtasigacha masofa.

29

Qo`lning vertikal diametri

D vk.

«Yelka nuqtasining balandligi o`lchov qiymatidan» «qo`ltiq chuqurligining orqa burchagi balandligi» o`lchov qiymatini ayirish bilan aniqlanadi.

1

2

3

4

30

Bel chizig`idan tizzagacha masofa

U b.tiz.

«Bel chizig`ining balandligi o`lchov qiymatidan» «tizza nuqtasining balandligi» o`lchov qiymati ayriladi.

31

Gavda holati

X gavda

Bo`yin nuqtasidan ko`krak chizig`iga vertikal urinma tekislikkacha bo`lgan masofa gorizontal bo`yicha o`lchanadi.

32

Bel chuqurligi birinchi

Ch bel.1

Kuraklar chizig`iga vertikal urinma tekisligidan bel chizig`iga qo`yilgan chiziqqacha masofa gorizontal bo`yicha o`lchanadi.

33

Bel chuqurligi ikkinchi

Ch bel.2

Dumba nuqtasiga vertikal urinma tekisligidan bel chizig`iga qo`yilgan chizgichgacha masofa gorizontal bo`yicha o`lchanadi.

34

Ko`krak aylanasi ikkinchini old-orqa diametri

D old.orq.

O`lchov ko`krak aylanasi sathida antropometr yordamida olinadi. Antropometrning yuqorigi shtangasi ko`krak bezlarining eng baland nuqtalari ustiga ikkinchisi esa kurak suyaklari turtib chiqqan nuqtalari ustiga qo`yiladi.

Hamma o`lchovlar 1 mm.gacha aniqlikda o`lchanadi. O`lchov belgilarini olishdan oldin bo`yin asosi, yelka, bel chizig`idagi nuqta va h.k. antropometrik nuqtalar belgilanadi.

Belgilashdan so`ng o`lchanadigan odam dastlabki holatda turadi. O`lchashlar odatda yuqoridan boshlanadi. Qushaloq nuqtalar o`ng tomondan aniqlanadi.

Ommaviy antropometrik tekshirishlardan har bir kishini o`lchash eng kam vaqt egallashiga intilish kerak, chunki o`lchanayotgan kishining charchashi uning holatiga ta‘sir qiladi. Bu hol har qanday programma tuzilayotganda hisobga olinadi.

O`lchashlar dasturi.

Har bir tekshiruv o`lchashlar programmasi bo`yicha o`tkaziladi. Programmaga qo`yilgan masalani yechishda zarur bo`lgan belgilar kirgiziladi. Masalan: gavdaning umumiy o`lchamlarini o`rganish uchun uzunligini, ko`krak 1-aylanasini va massasini o`lchash kifoya qiladi, yana ham to`laroq xarakterlash uchun esa programmaga gavda alohida qismlari o`lchovi kirgiziladi. Masalan, muskulaturaning rivojlanganligi, yog` qatlamining mutanosibligi va h.k.

Gavdaning mutanosibligini aniqlashda gavdaning, qo`l-oyoqlarning, tananing, korpusning uzunligi, yelka, chanoqning ko`ndalang diametrini va h.k.larni bilish zarur.

Programmani qayd etish uchun quyidagi: yuqori, yuqori ko`krak, yelka va h.k. nuqtalarni o`lchash zarur. Oddiy programma uchun tanadagi aylanalar o`lchanadi. Murakkabroq programmalar uchun qo`l-oyoqlarning aylanalari qo`shimcha olinadi. Mutanosiblik tiplarini o`rganish uchun programmaga gavdaning umumiy o`lchovlarini aniqlovchi belgilar (chiziqli yoyli) mutanosiblikni o`lchovchi belgilar kiritiladi.

Qomatni o`rganishda programmaga umumiy belgilar bilan bir qatorda umurtqa egilganligining kattaligi va darajasi kiritiladi. O`lchovlar tipologiyasi tuzilishiga asos qilib olinadigan katta yoshdagi odamlarni o`lchash programmalari kompleks programmalardir. Bular: 17 521 – 72, 17522-72, GOSTlardir. Unga gavdaning umumiy o`lchamlarini aniqlovchi belgilar, mutanosiblikni aniqlovchi bir qator belgilar kiritilgan.

Bolalar o`lcham tipologiyasini tuzishda qisqartirilgan sonli o`lchovli programma ishlatiladi (17916 – 72, 17 917 – 72 GOSTlar). Qisqartirilgan programma bir yoshgacha bo`lgan bolalarni tekshirishda ishlatiladi.

Ba‘zi xil kiyimlarni tayyorlashda turli harakatlarda o`lcham belgilarining o`zgarishini bilish zarur. Bu programmaga kiritilgan belgilar statikada va dinamikada o`lchanadi.

Adabiyotlar:

1.Дунаевская Г.Н., Коблякова В.Б. , Ивлева Г.С .Размерная типология населения с основами анатомии и морфологии , Москва, Легкая индустрия, 1975.



2. Синельников Р.Д. Учение о костях, суставах, связках и мыщцах. Атлас анатомии человека. , Москва, Госмедиздат, 1978 ;

3.Babayeva R.X “Amaliy antropologiya asoslari va biomexaniqa” fanidan darslik T. “Voris-nashriyot”2009
Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish