Antik davr yunon adabiyoti



Download 376,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana22.11.2022
Hajmi376,51 Kb.
#870052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jahon adabiyoti (2-mavzu)

S O F O K L 
Yunon tragediyasining ikkinchi ulug’ namoyandasi Sofokl (496-406) Afinaning 
yaqinidagi Kolon degan joyda tug’ilgan. Uning otasi qurol-aslaha korxonasining egasi, 
zamonasining ancha badavlat va boobro’ kishisi bo’lgan. Sofokl yoshligidan yaxshi 
tahsil ko’radi, turli-tuman bilimlarni o’rganadi; uning adabiy faoliyati juda erta 
boshlanib, 28 yoshida ekan, dramatik adiblar musobaqasida ulug’ Esxil ustidan g’alaba 
qozonadi. Rivoyatlarning hikoya qilishicha, mag’lubiyatga uchragan Esxil, go’yo 
nomusiga chidolmay, Afinani tashlab ketiga majbur bo’lgan. Bu ma’lumotlar yosh 
yozuvchining obro’-e’tiborini oshirish niyatida to’qilgan mubolag’a bo’lsa kerak. Chunki 
ba’zi tarixiy hujjatlar Esxil bilan uning kichik zamondoshi Sofokl o’rtasida juda samimiy 
do’stona munosabat bo’lganligidan darak beradi. 
Sofokl Afinaning ijtimoy va siyosiy hayotida ham faol qatnashadi, Periklga yaqin 
bo’lganligi va Afinaning demokratik usul idorasiga xayrixohlik bilan qaraganligi vajidan 
bir necha yil davlat xazinachisi bo’lib ishlaydi. 441-yilda hatto Afinaning eng oliy davlat 
lavozimi – strateglikka saylanadi va Perikl bilan birga Samos urushida qatnashadi. Ba’zi 
tarixiy manbalarning shahodatiga qaraganda siyosiy rahbar, harbiy arbob sifatida 
Sofokl unchalik maqtovga sazovor odam bo’lgan emas. Uning bu qadar ulug’ 
martabalarga ershuvi sabablarini vatandoshlarining shoirga ko’rsatgan chuqur 
ehtiromlaridan axtarmoq lozim. Sofokl butun umrini shon-shavkatda, izzat va 


hurmatda o’z yurtida o’tkazib, 406-yilda vafot etadi. O’limidan keyin yunon elining ulug’ 
zotlari qatori u ham qahramon sanalib, xotirasi uchun katta haykal o’rnatiladi va har 
yili qabri ustida qurbonlik so’yish taomilga kiritiladi. 
Qadimgilarning guvohlik berishlariga ko’ra, Sofokl o’zining oltmish yillik adabiy 
faoliyati davomida 120 dan ortiq asar yozib, 24 marta dramatik shoirlar musobaqasida 
yutib chiqqan; biroq mazkur asarlardan bizga qadar yettitasigina yetib kelgan, xolos. Bu 
asarlarning tavsifiga o’tishdan oldin Sofoklning yunon dramaturgiyasida tutgan o’rni, 
bu janrni takomillashtirish bobida qilgan xizmatlari haqida bir oz to’xtalib o’tishga 
to’g’ri keladi. Sofokl o’z ijodida asosan Esxil boshlagan an’analarni davom ettirib, 
tragediyani tantanali diniy qo’shiqlar shaklidan chinakam dramaga aylantirish ishini 
yanada yuqori pog’onalarga ko’taradi. Sofokl asarlarida xor qo’shiqlarining asta-sekin 
qisqarib borishi orqasida voqealarning sur’ati tezlashadi; qahramonlarning tabiati va 
ruhiy kechinmalariga ko’proq e’tibor berish natijasida asarning mazmuni hayotiylik 
kasb eta boradi. Ijodining to oxirgi kunlariga qadar Sofokl o’z asarlaridan xorni tamo- 
mila chiqarib tashlamagan bo’lsa ham, Esxil asarlaridagiga qaraganda uning xizmati 
endi juda kamayib ketgan: voqealar rivojiga ta’sir ko’rsatmaydi; qahramonlar 
o’rtasidagi gaplarga qotishmaydi. Sofokl tragediyalaridagi xorning asosiy vazifasi – 
o’yin jarayonida tug’ilgan taassurotlarni izohlash, muallifning maqsad va g’oyalarini 
ifoda etish, ba’zi mulohazalarni izhor qilishdan iborat bo’lib qoladi. Xorning vazifasini 
bu tariqa isloh qilish – ikkinchi aktyorning rolini oshirishga keng imkon beradi va hatto 
asarga uchinchi aktyorni kiritish zaruriyatini ham tug’diradi. Birinchi marta Sofokl 
tomonidan joriy etilgan keyingi yangilik dramaturgiya doirasini behad kengaytirib, 
antik dunyo tragediyasining to so’nggi davrlariga qadar sahna san’atining asosiy 
qoidasi bo’lib qoladi. Ijodining oxirgi yillarida Esxil ham bu usuldan foydalanib 
(«Oresteya») juda yirik ijobiy va badiiy natijalarga erishgan edi. 
Sofokl tragediyaning faqat tashqi ko’rinishini o’zgartirish bilan cheklanib 
qolmasdan, uning ichki mazmuniga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu ulug’ san’atkor 
yunon sahnasiga qadam qo’ygan ondan boshlab, dramaturgiya o’zining eski diniy mistik 
qobig’ini asta-sekin tashlab, chinakam hayotiy tusga kira boradi; ilgarigi ulug’vor 
hodisalar bir daraja oddiy voqealar bilan almashib, titanlar, ma’budlar va boshqa ilohiy 
kuchlar o’rnini odamtaxlit qahramonlar egallaydi. Esxil o’z asarlaridagi odamlarning 
xatti-harakatida ko’pincha ilohlar aksini ko’rgan, odam bolasi ma’budlar o’rtasidagi 
to’qnashuvlarda bir sababkor sifatida talqin etilgan bo’lsa (Prometey, Orest), Sofoklning 
qahramonlari ko’pincha o’z ixtiyorlari bilan mustaqil harakat qiluvchi, sharoitga qarab 
ish tutuvchi shaxslardir. Binobarin, Sofokl odam bolasining ahvoli, tuyg’u va ehtiroslari 
bilan ko’proq qiziqadi va bu holatlarni turli-tuman bo’yoqlarda ko’rsatadi. SHu 
xususiyatlar jihatidan uning asarlari yunon adabiyotining taraqqiyot tarixida oldinga 
qarab tashlangan katta qadamdir. 

Download 376,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish