«Medeya» – xo’rlangan muhabbat va rashk tragediyasi
. Shoir bu ehtiroslarning
butun kuch va haroratini Medeyaning dardu alamlarida, nafrat va g’azablarida
ko’rsatgan. O’sha zamon kishilari ko’zi bilan qaraganda Medeya nihoyatda o’tkir
qobiliyatli, temir irodali, serehtiros, sershijoat bir shaxs. Bu ayol na ma’budlar
qarshisida va na taqdir oldida bosh egadi. Nodir jasorat, sabot va matonat bilan o’zining
insoniy baxti uchun yolg’iz o’zi kurashadi, vafo va sodoqatda ikkilanishni bilmaydi,
nomus masalasida hech qanday sulhga ko’nmaydi, buning ustiga u yunon ayollari
singari tutqunlikda yashagan, ro’zg’or tashvishlaridan o’zga narsani bilmagan xotin-
qizlardan emas, uning yoshligi uzoq mamlakatda, erkin xalqlar orasida o’tgan. Yazon
bilan birinchi uchrashuvdayoq bu yigitni o’ziga munosib ko’rib, unga ko’ngil bog’laydi,
butun hayotini sevgan yorining qadamiga tikib, yurtidan kechadi, og’ir jinoyatlar qiladi.
Eridan yomonlik kelishini aslo kutmagan, davlat va mansab ishtiyoqida muhabbatni
yakson, oilani vayron qilishini sira o’ylamagan xotinning dilida Yazonning razilliklari
chuqur nafrat uyg’otishi, albatta, shubhasiz edi: Dilimni berganim, suyangan tog’im,
Sevganim, yolg’izim shu erim edi. Afsus-nadomatki, past murdor chiqdi.
Evripid Medeyaning hasratga to’la alangali monologida xotin kishining og’ir
qismati haqida hikoya qiladi. Qahramonning aytishicha koinotda yashaydigan butun
maxluqot orasida ayollardan baxtsiz kimsa yo’q. Xotinlar o’z erlarini oltin barobarida
sotib olishga, tanlarini qul o’rnida uning ixtiyoriga topshirishga majburdirlar. Erining
nobop, betavfiq kimsa, uni tashlab ketolmaysan, quvib yuborolmaysan, chunki nikohni
buzish – sharmandalik sanaladi. Erkaklarning ahvoli tamoman
boshqacha: ular oilada zerikib qolsalar, ko’chaga chiqib ma’shuqalari,
yoronlari bilan chaqchaqlashib, ko’ngillarini xushlab keladilar.
Xotinning esa birdan-bir ovunchog’i faqatgina eridir. Aytadilarki,
erlarimiz qalqon ushlab xotinlarini mudofaa qilar emishlar. Bo’lmag’ur
yolg’on gap!.. Bir marta bola tuqqandan ko’ra, o’n marta qilich ko’tarib
jangga kirgan o’ng’ay emasmi!..
Binobarin, ayollar o’zlarining sotsial mavqelariga qarab,
erkaklarga nisbatan tamomila boshqa tor bir muhitga o’ralashib
qolganlar. Bu muhit oila va oila baxti bilan bog’lash mumkin bo’lgan
bola-chaqa sevinchi, erning sadoqat va muhabbatidir. Ayollar o’zlarining
birdan-bir suyanchiqlari, baxti saodatlarining manbai bo’lgan ana shu
oila tinchligini himoya qilishda hech qanday jinoyatdan qaytmasliklarini,
sevgida nechog’lik jo’shqin bo’lsalar, qasos olishda ham shunchalik
berahm ekanliklarini shoir Medeyaning mulohazalarida ko’rsatadi:
Biz ayollar juda qo’rqoqmiz, Qonni ko’rsak vahima bosar, Qilich-
xanjar yurak o’ynatar, Ammo, biling, nikoh to’shagi, Xotinlikning aziz
huquqi Barbod bo’lib, tahqir egilsa, G’azabimiz yo’qdir davosi, Dahshat,
o’lim uning zavoli.
Medeya sevgida qanchalik shijoat, vafodorlik ko’rsatgan bo’lsa,
sadoqat o’rnini xiyonat egallar ekan, intiqom olishda ham shunchalik
shafqatsizdir. Muhabbat to’g’risida eng oliy tushunchalar bilan
yashagan bu ayolning e’tiqodiga ko’ra, mislsiz mashaqqatlar orqasida
erishilgan sevgini bulg’amoq – eng mudhish jinoyatdir. Xo’rlangan
muhabbatning dog’ini faqat qon bilan yuvmoq darkor.
Xullas, Evripid Medeyaning qonli jinoyatlarini nohaq tahqirlangan
alamzada dilning isyoni tarzida tasvir etadi. Biroq shoir Medeyaning
qilmishlarini ta’riflaganida uning barcha jinoyatlarini qahramon
qonidagi shaxsiy xislatlar ifodasi tarzida emas, balki nobop ijtimoiy
sharoitlar oniy burch, erkinlik g’oyalari hozirgi zamon kishilarining tilak
va orzulariga hamohangdir; o’zining shaxsiy hayotidan xalq oldidagi
burchini, davlat manfaatini qarshi qo’ygan vatanparvarning jasorati,
bema’ni taqdirning ta’qibiga qarshi kurashga bel bog’lagan, zolimlarning
zulmiga qarshi isyon ko’targan, insonning erki va baxt-saodati,
adolatning tantanasi yo’lida har qanday azob-uqubatlarga bardosh berib,
hatto o’limdan ham toymagan jangchining jur’ati bizni ham
to’lqinlantirmasdan qolmaydi. Antik dunyo tragediyasining abadiy
barhayotligi va so’nmas badiiy go’zalligining asosiy boisi ham ana shu
chinakam odamparvarlik mazmunidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |