Antidibetik ta’sirli yig’mani tayyorlash texnologiyasi



Download 24,58 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2022
Hajmi24,58 Kb.
#329740
  1   2
Bog'liq
ANTIDIBETIK TA’SIRLI YIG’MANI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI


ANTIDIBETIK TA’SIRLI YIG’MANI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Maqsad: Korxona sharoitida, dorivor o„simlik xom ashyolari asosida yig„malarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bo„yicha umumiy ko„nimalarga ega bo„lish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va qurilmalar bilan tanishish. Maydalash, elash va aralashtirish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalarga ega bo„lish.

Mavzuning axamiyati: Dorivor o„simlik xomashyolari asossida tayyorlanadigan yig„malar tabiiy, zaharsiz va qo„shimcha ta‟sirlarining yo„qligi bilan, sintetik yo„l bilan olingan dori vositalariga nisbatan bir qancha imkoniyatlarga ega, shuningdek, ularni tayyorlash texnologiyasi ham murakkab asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni talab qilmaydi. Bu jihatlardan yig„malarni tayyorlash texnologiyasini kengaytirish, ularning assortimentini ko„paytirish farmatsevtik texnologiyada dolzarb masalalardan biridir. Maydalash, elash va aralashtirish jarayonlarisiz TDV larini tayyorlashning ayniqsa korxona sharoitida yig„malar ishlab chiqarishning iloji yo„q. Shunday ekan, bu xar uchchala jarayonni ham amalga oshirish uchun zarur bo„lgan shart-sharoitlarni to„g„ri belgilay olish texnologlardan chuqur bilim va amaliy ko„nikmani talab qiladi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Moychechak” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. 3o„ldirli tegirmon me‟yorida to„ldirilgan bo„lishiga qaramay, uning foydali ish koeffitsienti me‟yorida emas. 2. Kerakli darajada maydalangan o„simlik xomashyosini elakdan o„tishi qoniqarsiz. 3. Saqlanish davomida yig„maning mog„orlanishi kuzatildi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar::

1. Yig„malarning ta‟rifi, tavsifi va tasnifi

2. Yig„malarning tarkibiy qismlari

3. Yig„malar tayyorlashni texnologik bosqichlari

4. Yig„malarni sifatini baholash

5. Yig„malarni qadoqlash va o„rash

6. Yig„malarga misollar keltiring

7. Yig„malarni ishlatilishi

8. Maydalash nima?

9. Elash va laklar

10. Aralashtirish turlari Kerakli asbob-uskunalar va qurilmalar:

1. Elak (teshigining diametri 1 va 2 mm bo„lgan)

2. Byuks

3. Quritish javoni

4. Tigel

5. Tozalangan suv

6. Ammoniy nitratning to„yingan eritmasi

7. 10% li xlorid kislotasi eritmasi

8. Soat oynachasi

9. Suv xammomi

10. Kulsiz filtr

11. Konussimon kolba

12. Suvsiz kalsiy xlorid

13. Eksikator



Qandli diabetga qarshi ishlatishga mo„ljallanagn yig„maning tarkibini tanlashda xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda eng ko„p ishlatiladigan dorivor o„simlik xom ashyolariga murojaat etildi. Buning uchun adabiyotlar manbaalariga tayangan xolda 10 nomdagi qandli diabetga qarshi ishlatishga mo„ljallangan dorivor o„simlik xom ashyolari tanlab olindi (1-jadval). Tarkiblar uchun qoqio„t ildizi asos qilib olindi. SHuningdek grek yong„og„i, qalampir yalpiz bargi, na‟matak mevasi, frangula po„stlog„i, cherinka mevasi, valeriana ildizi, qizil loviya, chayon o„t bargi, marmarak bargi foydalanildi. Bu o„simliklarda yig„ma tarkibini tanlashda 1:1 nisbatdan foydalanildi. Dorivor o„simlik xom ashyolari aralashmalaridan damlama tayyorlanib, ularni sun‟iy chaqirilgan qandli diabetga qarshi ta‟siri o„rganildi. Tajribalar og„riligi 150-184 g li 52 ta laboratoriya kalamushlarida olib borildi. O„tkir giperglikemiya tajribadagi kalamushlarning qorin bo„shlig„iga glyukozani gipertonik eritmasidan 4,5 g/kg miqdorda yuborish bilan, sun‟iy qand kasalligi esa kalamushlarning teri ostiga alloksan preparatini 170 mg/kg miqdorda yuborish yo„li bilan yuzaga chiqarildi. So„ngra kalamushlar ma‟lum guruhlarga bo„linib chiqildi. Nazorat guruhidagi kalamushlarga og„iz orqali mos ravishda tozalangan suv, tajriba guruhidagi kalamushlarga esa 50 mg/kg va 100 mg/kg xisobida yig„madan tayyorlangan damlama og„iz orqali yuborildi. Tajriba boshlanguncha va tajribaning 30, 60, 90 va 120 daqiqalarida kalamushlardan qon olinib, undagi qand miqdori fermentativ usul bilan aniqlab chiqildi. Olingan natijalar matematik xisob kitob qilinib, nazorat guruxidan olingan natijalar bilan qiyosiy solishtirildi va o„rganilayotgan preparatning gipoglikemik ta‟siri aniqlandi. O„rganilgan tarkiblarning qandli diabetga qarshi ta‟siri, terapevtik samaradorlik bo„yicha baxolandi, ya‟ni “kuchli”, “o„rtacha”, “kuchsiz” va “juda past” ko„rsatkichlari bilan tarkiblar bir biri bilan qiyosiy o„rganildi.


Download 24,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish