ANTIBIOTIKLAR
Reja:
1.Antibiotiklar haqida tushuncha
2. Antibiotiklar tabiatda uchrashi
3. Antibiotiklar vakillari va tuzilishi
Mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqilib , o’zi boshqa mikroorganizmlaming rivojlanishini to‘xtatuvchi yoki ularni o’ldiruvchi birikmalarga antibiotikiar nomi berildi. Antibiotiklarning dorivor modda sifatida qo‘llanishida Fleming va Flori xizmatlari deb e’tirof etishsa ham, aslida, antibiotiklardan penitsillin tibbiyotda birinchi marta ulug‘ alloma va hakimimiz Abu Ali ibn Sino tomonidan qo‘llangan hamda uning olinishi va xossalari yozib qoldirilgan.Hozirgi zamonda turli yuqumli kasalliklarni davolashda juda ko‘p antibiotiklar keng qo‘llanilmoqda. Inson va jonivorlar uchun bu preparatlaming salbiy ta’siri ancha past bo'lganligi uchun ilgari qo‘llanilgan qisman kishi sog’lig i uchun katta zarar yetkazadigan dorivor moddalar o'rnini egalladi.Bugungi kunda yarim sintetik antibiotiklar ishlab chiqarish ommalashdi.Shunday preparatlarning muhim bir guruhi: penitsillin , tetratsiklin , streptomitsin va hokazolar ustida unumli izlanishlar amalga oshirildi. Yana bir turkum antibiotiklar mog‘or zamburug‘idan ajratib olingan penitsillium asosida 6-aminopenitsillin kislotasi hosilalarini tashkil etdi. Bu yarim sintetik preparatlar: ampitsillin, metitsillin, oksatsillin, nafsillin , kloksatsillin va boshqalardir. Ko‘p antibiotiklar turkumlaridan foydalanishning asosiy sababi har xil bakteriyalaming shtammlari antibiotiklar ta’siriga chidamli bo‘ladi va bu preparatlaming dorivor xususiyati qolmaydi. Antibiotiklarning tuzilishi ancha murakkab bo‘lib, ularning asosini gidrogenlangan geterohalqali birikmalar sinfi tashkil etadi. U ularning ayrim vakillari bilan tanishamiz.
Levomitsetin (xlormitsetin)
Levomitsetin 1947-yilda olinib, aminoglikozid antibiotiklar turkumiga kiruvchi streptomitsin o‘miga ishlatilmoqda. Streptomitsinning qo‘shimcha ta’sirlari ko‘p bo‘lgani uchun u faqat sil kasalligiga qarshi ishlatilmoqda. Bu antibiotiklar turkumi feniletilamin hosilalaridir. Bugungi kunda bvomitsetin va uning ratsemati sintomitsin sanoat miqyosida ishlab chiqarilmoqda. Bu preparatlar brutselluoz, tif, paratif, ichburuq kabi bir qator kasalliklarini davolashda samarali yordam beradi:
Penitsilinlar
Barcha penitsillinlar tarkibida tiazolning gidrogenlangan halqasi bilan to‘rt a ’zoli laktam halqasi tutashgan bo‘ladi:
Yuqorida keltirilgan formula tarkibidagi R-radikali tabiatiga qarab antibiotiklar turlicha nomlanadi. Masalan, agar penitsillinning yon zanjiridagi R –C6H5- O-CH3 bo‘lsa , bu preparai fenoksimetilpenitsillin deyiladi.
Tetratsiklinlar
Bu turkumga mansub barcha antibiotiklaming (tetratsiklin, aureomitsin, terramitsin, biomitsin, xlortetratsiklin) molekulasida to‘rtta chiziqli tutashgan olti a’zoli k arboha lqalar zanjiri bor. 1948-1949- yillardan boshlub te tratsiklinlar pnevmoniya, brutselloz, ich burug‘i, skarlatina kabi kasalliklami davolashda keng ishlatiladi. Ular kuchu antibiotik xususiyatlarga ega bo‘lib qolmasdan, ayrim virusli kasailiklami davolashda ham katta foyda beradi.
Ularning terramitsin va biomitsin kabi vakillari qishloq xo'jaligi mollari
va tovuqchilikda mikroozuqa sifatida unumli foydalaniladi.
Uglevodli antibiotiklar
Ayrim antibiotiklarning tarkibida noana’naviy qand moddalari uchraydi yoki ularning o‘zi murakkab tuzilishdagi tri- va tetrasaxarid shaklidagi qandsimon moddalardir. Shulardan biri streptomitsindir. Uning molekylasidagi uchta uglevod qoldiqlarida gidroksil guruhlari qisman aminoguruhlarga almashingan. Bu antibiotik sil kasalligi va boshqa bakterial infeksiyalarni davolashda ishlatiladi.
Neomitsin nomli preparat ham streptomitsinga o‘xshash bo‘lib, yong‘inda va boshqa sabablarga ko‘ra kuygan kasallami davolashda surtma dorilar tarkibiga qo‘shiladi.
Eritromitsin — lakton halqasi tutgan makrolid antibiotikdir, uning tarkibida
14-a’zoli halqa mavjud va u 1952-yildan boshlab ishlatilib kelinayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |