Anotatsiya: Ushbu maqola XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyo, xususan Movarounnahrda madaniyat va san’at rivoji, Amir Temur davrida Samarqandda olib borilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari haqida tafsilotlar keltiriladi



Download 14,99 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi14,99 Kb.
#590525
  1   2
Bog'liq
o‘. mirzayev


AMIR TEMUR DAVRIDA O‘RTA OSIYODA MADANIYAT VA SAN’AT RIVOJI
O‘tkir Mirzayev
Sirdaryo viloyati Guliston
Davlat Universiteti 1-bosqich talabasi
Telefon: +998(97)3311766
utkirmirzayev7@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqola XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyo, xususan Movarounnahrda madaniyat va san’at rivoji, Amir Temur davrida Samarqandda olib borilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari haqida tafsilotlar keltiriladi. Maqola orqali Mo‘g‘ullar bosqinidan qariyb 150 yildan so‘ng qadimgi Turon zaminida bosqinchilar asoratini bartaraf etish va asriy urf-odatlar qayta tiklanib, Amir Temur tomonidan yanada rivojlantirlganligi haqida ma’lumot beradi.
Kalit so‘zlar: Amir Temur, madaniyat, san’at, Movarounnahr, Samarqand.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda. Binobarin, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat ham rivojlanmaydi.
Avvalo, milliy madaniyatimiz, san’atimizni yuksaltirishda uning asil tarixi, shakllanish va rivojlanish bosqichlarini ham eslab o‘tish lozim. Yurtimizda madaniyat va san’at rivoji tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak barcha asrlardan ham ko‘ra Sohibqiron Amir Temur hukmdorlik qilgan, markazi Samarqand shahri bo‘lgan, “Temuriylar renessansi” hisoblangan XIV-XV asrlar bamisoli yorqin yulduzdek barcha san’at va madaniyat ixlosmandlarini o‘ziga jalb qiladi. Bu asr nimasi bilan yodda qoldi? Nima sababdan barcha davrlarda ham o‘zining rang-barangligi va ajib tarovati bilan barchani o‘ziga jalb qiladi? Nima sababdanki biz ushbu davr hukmdori haqida alohida to‘xtalamiz?
Tarixni yahshi bilgan o‘quvchi borki, yurtimizda Mo‘gullar istilosi va buning natijasida Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo‘jand singari yirik shaxarlarning xarobazorga aylantirilganligini yahshi biladi. XIV asrning 50-60—yillaridagi Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik va o‘zaro urushlar avj olgan, mahalliy aholining asriy urf-odat va an’analari yo‘qolib ketayotgan bir paytda Amir Temur tarix sahnasiga chiqdi. Bir qator janglari natijasida esa mamlakatda mo‘g‘ullar istibdodiga barham berdi. 1370-yil iyul oyida Samarqandda katta qurultoy chaqirib, davlatni markazlashtirish va Samarqandni poytaxt deb e’lon qilib, bir qator saroy va qal’alar bunyod etishga topshiriq berdi. Bu imoratlar Samarqand Mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilganidan qariyb 150 yil o‘tgach, birinchi marta bunyod etilgan umumxalq miqyosidagi inshoatlar edi. Amir Temur o‘zining 35 yillik hukmdorlik davrida nafaqat Movorounnahrning xalqaro maydondagi siyosiy nufuzini ko‘tardi, balki poytaxt Samarqandni madaniyat, ilm-fan, meʼmorchilik, tasviriy sanʼat, musiqa va sheʼriyat kabi ko‘plab sohalarda Sharqning eng yuksak cho‘qqisiga chiqqan markaziga aylantirdi. Bu asrda chin ma’nodagi temuriylar davri renessansiga asos solindi.
Temur o‘zi turli mamlakatlarda urush olib borgan bir vaqtda mamlakat va uning poytaxti Samarqandning obodligiga katta e’tibor berdi. Buning uchun Movarounnahrning hamma joylaridan, Yaqin va O‘rta Sharq o‘lkalaridan, tobe mamlakatlardan juda ko‘p iste’dodli sohibi hunarlarni, me’mor ustalarni, naqqosh va musavvirlarni poytaxtdagi obodonchilik ishlariga jalb qildi. Amir Temur qaysi mamlakatga bormasin, eng avvalo, o‘sha joyda mashhur bo‘lgan olimlar, din peshvolari, so‘z ustalari bilan suhbatlashib ko‘rar, ularning eng mashhurlari bilan tarixchi Ibn Arabshoh ta’kidlaganidek, «mazmunli bahs yuritar», ko‘ngliga o‘tirganlarini, shuningdek, o‘sha yerdagi eng mashhur fan va san’at ahillarini o‘zining poytaxtiga olib kelar edi.
1404-1406 yillarda Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Gonsales de Klavixo bu haqida o‘z kundaliklarida Samarqandning benihoya obodligini, aholisi beqiyos ko‘p va gavjumligini, Samarqandda yerli xalqdan tashqari xristianlar, yunonlar, eroniylar, turklar va arablar kabi turli qavm va turli mazhabdagi kishilar istiqomat qilishini, Temur tomonidan turli mamlakatalardan yuz mingga yaqin olimlar, hunarmandlar, me’morlar, san’atkorlar Samarqandga oldirib keltirilganini batafsil hikoya qiladi. Bu fikrlarni Sharafiddin Ali Yazdiy ham tasdiqlaydi. Ya’ni Samarqandda o‘tadigan sayl va tomoshalarda yerli san’atkorlar bilan bir qatorda boshqa turli mamlakat namoyondalari ham keng qatnashgan, arab, fors, turk, mo‘g‘ul, xitoy qo‘shiq va raqslari ijro etilgan deb ta’kidlagan.
Temur g‘oyasi bo‘yicha, Yaqin va O‘rta Sharqdan to‘plangan sohibi hunarlar, yirik san’atkorlar hisobiga Movarounnhr xalqlarining mavjud badiiy ijodi yanada yuksalishi, Samarqand esa, Yaqin va O‘rta Sharq ijodiy kuchlarining markaziga aylanishi – bular hammasi madaniyat va san’atda yangi yo‘nalishlarni vujudga keltirishi kerak edi. Temur ilm-fan va san’at namoyondalarini o‘z himoyasiga oladi. Ma’lum sharoitlar yaratadi, ularning tirikchiligi, ijodiy faoliyatlari davlat hisobidan ta’minlanadi.
Amir Temur yuksak did sohibi edi. Uning go‘zallik va ulug‘vorlikka bo‘lgan ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo‘lgan. U o‘zining bu ishtiyoqini hayotida ro‘y bergan quvonchli voqealarga atab qurdirgan me'moriy yodgorliklariga singdirtiradi. Amir Temur tomonidan qurdirilgan me’moriy yodgorliklaming bir qismi jamiyat manaviy hayotida muhim rol o‘ynagan diniy e’tiqod maskanlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan binolar; diniy maktablar, madrasalar, maqbaralar hamda masjidlardan iborat bo‘lgan. lkkinchi bir qismi o‘z avlodlari va ma’naviy rahnamolarining nomini abadiylashtirishga mo‘ljallangan, uchinchi bir qismi esa yurt obodonchiligi, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beruvchi bog‘-rog‘lar va inshoatlar edi. U Samarqandda dovrug‘i olamga yoyilgan bir qator me’moriy yodgorliklar: Ko‘ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, Samarqand atrofidagi Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Nav, Bog‘i Naqshi Jahonnamo va Davlat Obod saroy bog‘larini qurdirdi. U nafaqat Movorounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Boylakon shaharlari shular jumlasidandir. Poytaxt Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak atrofining obod etilganligi jihatidan dunyoda eng yirik shaharlardan ham ustun turmog‘i lozim edi. Samarqand va Hirotda qurilish ishlari keng avj olib, binokorlarning roli oshib ketadi. Bu davrda g‘isht terib bino qiluvchilar “banno”, peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va girihlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar “ustoz” deb yuritilgan. Movarounnahr va boshqa ko‘plab shaxarlarda shishasozlik, ko‘nchilik, miskarlik, zargarlik kabi hunarmandchilik turlari ham keng rivojlangan. Samarqand qog‘ozi o‘rta asr Sharq xattotligida g‘oyat mashhur bo‘lgan, uning ma’lum qismi chet o‘lkalarga chiqarilgan. Xattotlik san’ati taraqqiyotiga XV asrda an’anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi susl va tezkor-nastaliq noyob qo’lyozma asarlar ko’chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobchilikning ravnaqiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu borada Islom dini ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bino va maqbaralar Qur’on oyatlari tushirilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida “Agar kimda-kim bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin”– degan edi.
Amir Temur ko‘plab yangi yo‘llar, Zarafshon (Ko‘hak), Amu va Sirdaryolarga ko‘priklar qurdiradi. Boshqa shaharlarda ham turli-tuman binolar barpo ettiradi. Masalan, Tabriz shahrida masjid, Sherozda ulkan saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkiston shahrida hazrati Ahmad Yassaviy maqbaralarini qurdirdi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.А. Karimov “Temuriylar tarixi” davlat muzeyining ochilishi marosimida shunday degan edi: «Kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Аmir Temur siymosini eslashi kerak!”-degan edilar.
Bu davrda tasviriy san’at-miniyatura san’ati va monumental rassomlikda ham ko‘tarilish yuz berdi. Bir qancha miniyatura asarlari chizildi. Bizgacha yetib kelgan tasviriy san’at yodgorliklari Samarqand, Hirot va Buxoroda miniyaturaning o‘ziga xos uslublari shakillanib, rivojlandi. XIV oxiri XV asr tasviriy san’at yodgorliklarini mavzusiga qarab, portretlar, hayotiy lavhalar, peyzaj, binolarga ishlangan sur’at va naqshlar, kitob bezaklari va boshqa sur’atlarga bo‘lish mumkin.
G‘arb va Sharq davlatchiligida notiqlik san’ati har vaqt siyosiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Temur va Temuriylar davlatida ham notiqlik san’ati - so‘z san’atiga jiddiy e’tibor berilgan. Samarqand va Hirotda notiqlik maktablari faoliyat yuritgan. Ularda Mavlono Ershod, Qozi Xishiy, Ibrohim Balxiy ustozlik qilgan.
Sohibqiron musiqa san’atiga ham o‘zgacha e’tibor bergan. Xorijiy mehmonlar sharafiga va xos bazmlarda maqom kuylari chalinib, bu kuylarga raqqos va raqqosalar xirom etgan, masxara va muqallidlar kuldirgan, bayramlarda katta maydon va maʼrakalarga yarasha tomoshalar ko‘rsatilgan. Maydon tomoshalari orasida ot bilan bajariladigan poyga, uloq chopish (ko‘pkari), otdan ag‘darish, chavgon, qaboq o‘yin kabilar, haqqoniy kuch sinovi hisoblanmish kurash (gushtirlik), qilich, nayza, gurzi va boshqa jangovar qurol va aslahalar bilan o‘tadigan bellashuvlar, shuningdek, qo‘chqor, xo‘roz urishtirish kabi qadimiy o‘yin va musobaqalar yetakchilik qilgan. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan yana shuni ham bilishimiz mumkunki alohida xizmat ko‘rsatgan sarkarda va amirlarni taqdirlashda xalq orasida keng tarqalgan milliy cholg‘u asboblaridan foydalanilgani, musiqa san’atining deyarli barcha jabhalari uchun keng imkoniyatlar yaratilganlini bilishimiz mumkun. Ingliz sanʼatshunos olimi F. R. Martin “Temuriylar singari sanʼat va madaniyatni qadrlaydigan hukmdorlar Markaziy Osiyoda hech vaqt boʻlmagan”.- deb yozadi.
Bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan, o‘zining qat’iy pozitsiyasiga ega, davlat va jamiyat ishlarini birdek olib boradigan, har qanday vaziyatda ham kengash bilan maslahatlashib ish ko‘radigan, uzoqni ko‘zlab siyosat olib boradigan arbob, xalq homiysi edi. Mustaqillik tufayli Amir Temur bilan bog‘liq asl tarix namoyon bo‘ldi. Xalqimiz o‘zining mard va jasur, Yevropa xalqlari xaloskori bo‘lgan ajdodini tanidi. Sohibqironning qadim tariximizda ilk davlatchilik asoslarini tuzganligi, barcha sohalar qatori madaniyat va san’at sohasining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi bugun jahon miqyosida tan olinib, e’tirof etilmoqda. Har yili yuz minglab chet elliklar O‘zbekistonga tashrif buyurib, Amir Temur tomonidan bunyod ettirilgan madaniy obidalarni ko‘rib hayratlanishmoqda. Sohibqironning xalqimiz oldidagi yana bir tarixiy xizmati shundan iboratki, u qadim Turon xalqining asrlar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan urf-odatlari, turmush tarzi, xo‘jaligi, madaniyati va san’atini mo‘g‘ullar tomonidan oyoqosti bo‘lib, unitilib ketishidan saqlab qoldi.

Download 14,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish