Anorning shifobaxsh xususiyatlari.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Engil sanoat va kimyo texnologiyalari “fakulteti “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi assistenti
Bo’riyev Hakim Avazivich
Annotatsiya: Anor mevasi va po’stlog’i haqida juda ko’plab ma’lumotlar bor.Biz sevib iste’mol qiladigan anor mevasining inson organizmi uchun foydali jihatlari va uning kimyoviy tarkibi bizga anorning ishlatilish sohasini kengaytirib beradi.Oziq-ovqat sanoatida,farmatsevtika,kimyo sanoatida anor mevasi va po’stlog’idan olinadigan biologik aktiv moddalarga bo’lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda.
Kalit so’zlar: Askorbin kislota,anor po’stlog’I,karotin,oshlovchi,qatron,bo’yoq moddalar,xun tolasi,limon kislota,shovil kislota(oksalat kislota),vitaminlar.
Anor biz sevib iste’mol qiladigan mahsulotlarimizdan biridir.Bizning dasturxonimizni bu mevasiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Anor mevasi biz uchun ajoyib kayfiyat baxsh etadi,sababi esa oddiy,anor mevasi tarkibidagi takrorlanmas tarkibdir.Anorning mevasi,danagi,qobig’i,meva pardalari bularning barchasi xuddiki biz ucun yaratilgan bir ne’matdir.
Xalq tilida “Anorning ichida nechta donasi bo‘lsa, u shuncha dardga davodir” degan ibora yuradi. Bu bejizga aytilmagan. Anor mevasi tarkibida 80 foiz suv, 12-15 foiz qand, 19 foiz askorbin kislota, sof holda organik kislotalar – olma, limon, shovil kislotasi mavjud. B guruhi vitaminlari – B1, B2, B6, B 9 va karotin, A vitamini, shuningdek kaliy, magniy, kobalt, temir, kalsiy, fosfor kabi mineral moddalar mavjud. Anor qonni ko‘paytiradi, tarkibida antioksidant moddalar borligi uchun organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari anor mevasining po‘stlog‘i, daraxtining gullari, barglari va ildizidan turli dori preparatlari tayyorlanadi. Anor shifobaxsh moddalarga boy meva bo‘lib, unda C B1, B2, B6, B9 , RR, B12, va A vitaminlari, kaltsiy, kaliy, temir, yod, kremniy, fosfor, alyuminiy, magniy, xrom, mis va marganes moddalari, foli va askorbin kislotasi yetarli darajada. Anorning 100 grammida 80 kkall mavjud. Anor po‘stlog‘ida esa oshlovchi, qatron, bo‘yoq moddalari, meva po‘sti hamda oraliq pardalari tarkibida 28 foizga qadar oshlovchilar saqlanadi.
Anor ozib ketishni yengadi, gemoglobinni ko‘taradi, shamollashni daf etib, og‘riqlardan xalos etadi, yurak og‘rig‘ini yengib, qon tomirlar va peshob yo‘llaridagi faoliyatni yaxshilaydi, ich og‘rig‘ini davolaydi, ichaklardagi bog‘lanish hamda o‘t qopi ishini me'yorga keltiradi, jigardagi quvvatsizlikka barham berib, immunitetni ko‘taradi. Anor yurakni baquvvat qiladi. Buning uchun kuniga 2-3 dona anordan sharbat tayyorlab ichish lozim. Bundan tashqari, anor bargidan tayyorlangan choy miya faoliyatini yaxshilaydi. Buning uchun quritilgan anor bargi kukunidan 2 osh qoshiqni termosga solib, ustidan 1 litr qaynoq suv quysangiz kifoya.
Anor sharbatini kuniga 3-4 mahal ichsangiz, qon bosimingizni ko‘taradi. Bu bilan yurak-qon tomirlari yaxshilanadi.
Anor haqida Abu Ali ibn Sino shunday deydi: Nordon anor va xususan, uning sharbati safroni bosadi. Po‘sti, ayniqsa, kuydirilgani jarohatlar uchun doridir. Anorning urug‘i asal bilan birga tish va quloq og‘rig‘iga foyda. Shuningdek, bu malhamni burun ichiga surtib, undagi jarohat va yallig‘lanishdan xalos bo‘lish mumkin. Anorning urug‘ini yanchib, asal bilan qo‘shib, og‘iz yarasiga surtish ham foydali.
|
Vitaminlar
|
A, RE vitaminlari
|
5 mkg
|
Beta karatin
|
0,03 mg
|
Vitamin B1
|
0,04 mg
|
Vitamin B2
|
0,01 mg
|
Vitamin B5
|
0,54 mg
|
Vitamin B6
|
0,5 mg
|
Vitamin B9
|
18 mgk
|
S vitamini
|
4 mg
|
E vitamini
|
0,4 mg
|
Vitamin PP
|
0,5 mg
|
Niasin
|
0,4 mg
|
|
Makroelementlar
|
|
|
|
Kaliy
|
|
150 mg
|
|
|
|
Kaltsiy
|
|
10 mg
|
|
|
|
Magniy
|
|
2 mg
|
|
|
|
Natriy
|
|
2 mg
|
|
|
|
Fosfor
|
|
8 mg
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |