g‘arq, jiqqa, nahotki. Nahotki ish shu qadar jiddiy bo‘lsa?.
137-mashq. Gaplarni o‘qing. Yuklamaning turini aniqlang.
1. Qiziq xalqimiz bor-da, har narsadan go‘zallik, o‘ziga xoslik
qidiradi. (Sh.). 2. Hilola hikoyani o‘qidi-yu, ko‘nglida og‘ir g‘ashlik
uyg‘ondi. (O‘.H.). 3. – Siz-chi? – Abror Shukurovich bu gapni bekor
aytganini aytib bo‘qganidan keyin tushundi-yu, tilini tishladi. (O.Y.).
4. ..Biroq qirg‘oqqa ozgina qolganda xatar borligini payqab qoldi-yu,
dumini bir siltab hovuz bo‘yidagi olomonni shalabbo qildi-da, suvga
sho‘ng‘idi. (O.Y.). 5. Akamdan naq balolarga qolaman. 6. Uning qulog‘iga
150
na bolaning sho‘x qiyqirig‘i, na atrofdagilarning olqishlari kirardi. 7.
Ishdan so‘ng uyga kelgandir. 8. Tug‘ilgan kunga Rustamgina kela olmadi.