Anorgul atajonova



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/276
Sana12.01.2021
Hajmi1,23 Mb.
#55243
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   276
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili

 
FE’L MAYLLARI 
 
127-mashq.  Matnni  o‘qing.  Fe’l  so‘z  turkumi  va  uning  mayllarini 
aniqlang.  Siz  ota-ona  hurmatini  qanday  va  qay  tarzda  bajo  keltirasiz? 
O‘rningizdan turib bu haqda ma’lumot bering.  
 
Ota va ona haqini bilmak zikrida 
 
Ey  farzand,  bilgilkim,  aql  yuzasidan  farzandga  ota-onani  izzat  va 
hurmat  qilish  vojibdur,  nedinkim  uning  asli  ota  va  onadur.  Ota  va  onani 
nima  uchun  hurmat  qilurman  deb  ko‘nglinga  kelturmagil,  bilgilki,  ular 
sening uchun o‘limga ham tayyor turadurlar. 
Har  farzandki,  oqil  va  dono  bo‘lsa,  hech  vaqt  ota-onaning  mehr 
haqini  ado  qilmoqdan  xoli  bo‘lmag‘usidur.  Ota-ona  farmonbardordur.  Bu 
farmonbardorlikda ham ish bo‘lg‘ay va ham farmon bo‘lg‘ay. Ota-onaning 
ishi seni parvarish qilmoqdur va farmoni senga yaxshilik o‘rgatmoqdur. Ey 
farzand, shul vajdin ota-onangni sag‘al ham ranjitmagil. 
Aytishlaricha,  amiralmo‘minin  Alidan  so‘radilarki,  "Farzandda  ota-
onaning haqi qanchadur?" Hazrat Ali dedi: "Haq taolo bu adabni Rasulning 
ota-onasi o‘limidan ko‘rguzdi. Nedimki, bu Hazrat ota-onasining hayotlik 


 
132
ayyomin topsa erdi, ularni o‘zidan ilgari tutmoq, ularning haqini bilmoq va 
ularga farzandlik yuzidan tavoze’ ko‘rguzmoq vojib bo‘lur erdi". 
Bas, ota-onaning haqiga din nuqtai nazaridan rioya qilsang ham, aql 
yuzasidan, muruvvat yuzasidan rioya qil va ko‘rgil: ota-ona aslida seni jon 
va  dil  bila  parvarish  qilmishlar.  Agar  ular  haqida  kamchiliklar  qilsang, 
taksir ko‘rguzsang, sen hech yaxshilikka sazovor emasdursan, nedikim har 
kishi  aslini  yaxshiligin  bilmasa,  o‘zganing  ham  yaxshiligin  bilmagusidur. 
O‘z  farzandini  sening  haqingda  qanday  bo‘lishin  tilasang,  sen  ham  ota-
onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onangga nima ish qilsang, 
farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki odam mevaga, 
ota-ona daraxtga o‘xshaydur. Daraxtni har qancha yaxshi tarbiyat qilsang, 
mevasi shuncha yaxshiroq va shirinroq bo‘lur. Ota-onaga izzat va hurmatni 
qancha ko‘p qilsang, ularning duosi shuncha tezroq mustajob bo‘lur. 
Zinhor meros olmoq hirsi bila ota-oang o‘limin tilamagilki, ularning 
rizqi  bila  sening  rizqing  yetishur.  Ota-onaning  o‘limini  tilamagil,  chunki 
ota-ona  o‘lmay  yursalar  ham  rizqing  yetishaveradi,  nedinkim,  rizq 
maqsumdur  va  u  har  yo‘l  bila  vosil  bo‘lur.  Ro‘ziy  nasiba  uchun o‘zingni 
ko‘p  ranj-mashaqqatga  kuymagil,  ro‘ziy  ranj  va  azob-uqubat  bila  ziyoda 
bo‘lmagusidur. 
Holi-ahvoli  sendan  yaxshiroq  bo‘lg‘on  kishilarga  qaramagil,  holi-
ahvoli sendan yomonroq bo‘lg‘on kishilarga qaramagil. 
Agar  molsizlikdan  qashshoq  bo‘lsang,  aqldan  boy  bo‘lmoqqa  say’ 
ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lgondan, oqdur, nedinkim aql bila mol jam 
bo‘lur, ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni 
o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvga oqmas. 
Bas,  agar  aqling  bo‘lsa  hunar  o‘rgangil,  nedinkim  hunarsiz  aql-
boshsiz tan, suratsiz badandekdir. (Kaykovusning "Qobusnoma" sidan).  
  

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish