Bilib oling. His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirish ma’nolarini
ifodalaydigan so‘zlarga undov so‘zlar deyiladi.
Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladi. Undalmalardan oldin
kelganda esa undan keyin vergul qo‘yiladi. Undovlar boshqa so‘zlar bilan
grammatik aloqaga kirishmaydi.
Undovlar ma’no jihatdan ikki turli bo‘ladi:
1. His-hayajon undovlari. 2. Buyruq-xitob undovlari.
His-hayajon undovlari kishilarning erkalash-erkalanish, sevinch, hayratlanish,
mamnunlik, g‘ururlanish, ogohlantirish kabi hissiyotlarini ifodalaydi: iyе, o, voy,
eh, hay-hay, o‘, voh-voh kabi.
Buyruq-xitob undovlari kishilarning e’tiborini tortish, parranda yoki
hayvonlarni haydash, ish bajarishga undash, harakatdan to‘xtatish kabi
ma’nolarni ifodalaydi: hеy, hoy, allo, ey, kisht, ishsh, bah-bah, tu-tu-tu, qurеy-
qurеy, chuh kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |