Bilib oling! Predmetlardagi bir xil belgining ortiq-kamlik jihatdan
farqlanishi sifat darajasi deyiladi.
Sifatning quyidagi darajalari mavjud: oddiy daraja, qiyosiy daraja,
orttirma daraja.
Oddiy darajadagi sifatlarda belgi boshqa predmetdagi xuddi
shunday belgiga qiyoslanmaydi. Bu daraja maxsus grammatik
ko‘rsatkichga ega emas: chiroyli qiz, aqlli bola, xushbo‘y atir…
Odobli bola elga manzur. Toza yurakni qo‘rqitish qiyin Qiyosiy
(ozaytirma) darajadagi sifatlarda bir narsa-buyumdagi belgining
boshqalariga nisbatan ortiq yoki kamligi qiyoslanadi. Qiyosiy daraja
quyidagicha hosil qilinadi:
1. Morfologik vosita: -roq, -ish, -g‘ish, -mtir, -imtir, -tob
qo‘shimchalari yordamida: go‘zalroq, chiroyliroq, ko‘kish, qizg‘ish,
sarg‘imtir, qiziltob.
2. Leksik vosita: sal, biroz, andak, och, nim kabi so‘zlar
yordamida: andak kichik, biroz yengil, sal baland…
Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |