4-mashq . Maqollarni o‘qing, mazmunini tushuntiring.
1. Til bilgan – el biladi.
2. Tilni ko‘p bilgan, ko‘pni bilar,
Tilni oz bilgan, o‘zini bilar.
3. Ko‘p til bilgan – el kezar.
4. Til bilgan – yo‘l topar.
5. Tilga e’tibor – elga e’tibor.
6. Til – dil kaliti.
7. Tiling birla ko‘nglingni bir tut.
8. Odobning boshi – til.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. O‘zbek tili qaysi tillar oilasiga mansub?
2. Qadimgi turkiy tilda yozilgan yodgorliklardan qaysilari bizgacha
yetib kelgan?
3. O‘zbek tili qachondan boshlab mustaqil til sifatida shakllangan?
4. O‘zbek adabiy tili (eski o‘zbek adabiy til) nechanchi asrda paydo
bo‘lgan?
5. O‘zbek adabiy tilining asoschisi kim?