Qipchoq lahjasi
. Bu lahjada so‘zlovchilar O‘zbekistonning
hamma viloyatlarida istiqomat qiladilar.
3.
O‘g‘uz lahjasi
. Bu lahja Janubiy Xorazmdagi bir qancha
shevalarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi turk (usmonli), ozarboyjon,
turkman tillariga asos bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga Farg‘ona
va Toshkent shevalari asos qilib olingan.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili – o‘zbek tilidir. 1989-yil
21-oktabrda "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun
qabul qilindi. 1995-yil 21-dekabrda bu qonunga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi. Yangi tahrirdagi
qonun 24 moddadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |