31
BO‘GIN VA URG‘U
34-mashq.
"Hikmat" matnini o‘qing. Gap nima haqda ekanini
ayting. "
Hunarsiz kishi quruq savlatdir
" degan naqlni qanday
tushunasiz? O‘zingiz qanday hunarni egallagansiz?
Hikmat
Har kimning zari bo‘lmasa-da, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda hech
bir xavf-xatari bo‘lmaydi. Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan
bezanmog‘i kerak. Hunarsiz kishi quruq savlatdir. Quruq savlat qotib
turgan suratga o‘xshaydi. Sen suratga boq, u odamga o‘xshasa-da, joni
bo‘lmaydi. Daraxt shoxi mevasiz bo‘lsa, kiyikning shoxlaridan nima farqi
bor. Qalam garchi cho‘p bo‘lsa-da, ilmu hunarni oshkor qilgani uchun
azizdir. Oyna esa go‘zallar yuzi tufayli qo‘lda yuradi. Sen Abu Jahl
tarvuzini ko‘r, shirin tarvuzlar kabi chiroylidir. Ammo achchiq bo‘lgani
uchun qiymati yo‘q.
Behunar odam emas, molu zari bo‘lganda ham,
Bo‘lmag‘ay eshak odam anga libos yopganda ham.
(Muhammad Javhar Zamindor ijodidan)
Do'stlaringiz bilan baham: