ATOQLI, TURDOSH, ANIQ VA MAVHUM OTLAR
94-mashq.
Matnni o‘qing. Shaxs va shaharlar nomini bildiruvchi
atoqli otlarni ikki ustunga ajratib yozing. Gap kim va nima haqda ekanini
ayting.
Hijriy beshinchi asrda Eronning Hamadon shahrida tug‘ilgan Yusuf
Hamadoniy degan bir odam diniy ilmlarni o‘rganib, katta shuhrat egasi
bo‘lgach, tasavvufga ham berilgan edi. Mana shul mulla-mutasavvuf Marv,
Buxoro, Samarkent (Samarqand) shaharlarida xonaqohlar qurub shayxlik
qila boshlaydi. Bizning Ahmad Yassaviyimiz ham mana shul Yusuf
Hamadoniyning muridi, uchunchi xalifasidir.
Ahmad Yassaviy, bir rivoyatga ko‘ra Yassi (bugungi Turkiston)
shahrida, bir rivoyatga ko‘ra Sayramda tug‘ilgan. Uning qachon tug‘ilgani
ma’lum emas. Biroq vafotining hijriy 562 da bo‘lganini hamda "Devoni
hikmat"idagi:
Do'stlaringiz bilan baham: |