juftiga aylantirilsa boshqa so‘zlar kelib chiqadi?
A) zo‘r, zambil, beva;
C) did, jo‘ja, bibi;
B) go‘ja, jag‘jag‘;
D) gugurt, gazak, guvala.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. Ikki ustunga ajratilgan holatda jarangli va jarangsiz jufti bor
undosh harflar ishtirokidagi so‘zlarga misollar yozing.
2.
"O‘zbek tilining imlo lug‘ati"
kitobidan undosh harflar imlosi
haqidagi ma’lumotni o‘qing, jarangli va jarangsiz undosh harflar imlosiga
taalluqli ma’lumotni daftaringizga ko‘chiring.
3. Shoira
Halima Xudoyberdiyeva
ning "
Vatan bayrog‘i
" she’rini
o‘qing va yod oling.
Vatan bayrog‘i
Yurt bayrog‘in har joygamas,
Ko‘nglingga ek, Ko‘ksingni o‘y.
Ishlov bergin, yumshatib tur,
Ildiz otsin, ko‘tarsin bo‘y.
To bu bayroq, Vatan, nurlar
Ich-ichingga ketsin kirib,
Toki g‘anim – vatanxo‘rlar
Ololmasinlar sug‘urib.
Shunday o‘rgat qulni, xonni,
Uchmas qush ham uchar bo‘lsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermak oson kechar bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |