Tarbiyaviy: a)O’quvchilarga qish faslining fazilatini yetkazish, ekologik tarbiya berish, ularda tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash.
b) o’qish fani orqali hayotni to`g`ri tasavvur eta olish malakasini orttirib borish.
d) O`quvchilar ongiga yangi mavzu haqida bilim berish orqali har bir matematik muammolarni ahillik,birodarlik,hamjihatlik, topqirlik bilan bajarishga o`rgatish.
O’qitish usullari:Maqruza namoyish,blits-savol , klaster xar xil metodlar interfaol metodi
Manitoring Baholash: Suhbat, Kuzatish Darsda qatnashganligi .
|
Metallmaslarni O’qitishda : Oltingugurt misolida ko’rib chiqsak
Elementning nomi
|
Oltingugurt lot.Sulfur
|
Elementning belgisi
|
S
|
Elektron tuzilishi
|
3s23p4
|
Tartib raqami
|
16
|
Guruh raqami
|
VIA
|
Davr raqami
|
3
|
Atom massasi
|
32,066
|
Elektromanfiyligi
|
2,58
|
Zichligi (g/sm3
|
2,07
|
Atom radiusi A
|
1,09
|
Atom hajmi sm3/mo’l
|
15,5
|
Kovalent radiusi
|
1,02
|
Tabiatda tarqalishi
|
Yer yuzida 0,05%, okean suvida 0,09%
|
Oksidlanish darajasi
|
-2, +4, +6
|
Suyuqlanish temperaturasi ◦ C
|
115,21
|
Qaynash temperaturasi ◦ C
|
444,6
|
Birinchi ionlanish energiyasi eV
|
9,75
|
Ikkinchi ionlanish energiyasi eV
|
21,19
|
Uchinchi ionlanish energiyasi eV
|
30,82
|
Elementning rangi
|
Och sariq
|
Kim tomonidan ochilgani
|
Aniq emas
|
Ochilgan yili
|
Aniq emas
|
Sinfdan tashqari kimyodan ishlashning shakl va turlari.
Sinfdan tashqari kimyodan
ishlash shakllari
Sinfdan tashqari ishlarning turlari
Yakka
Adabiyot bilan ishlash, ma'ruzalar, referatlar yozish kichik ilmiy
izlanish, kimyoviy kabinetni jihozlash
Gurux
Kimyoviy to'garak,devoriy ro'znomalar chiqarish, stendlar tayyorlash va
hokazo.
Umumiy
Kimyoviy kecha, olimpiada, kimyoviy haftalik, viktorina, kimyo soati,
konferensiya, ekskursiya, kimyoviy jamiyat va hokazo.
EKSKURSIYA DARSI.
Umumiy ta'lim o'rta maktabda o'quvchilarni politexnik jihatdan tayyorlash uchun eng muhim
vositalaridan biri ishlab chiqarishlarda o'tkaziladigan ekskursiyalardir. Ishlab chiqarishlarda
o'tkaziladigan ekskursiyalar ta'lim tarbiya jihatidan katta ahamiyatga ega.
Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biri bilan chambarchas bog'laydi. O'quvchilarda
mehnatga bo'lgan va kasbga moyillik bor-yo'qligini aniqlashda yordam beradi. Ekskursiya uchun ob'ekt
sifatida faqat yirik va faqat kimyoviy ishlab chiqarishlardan emas, balki kimyoviy bo'lmagan kichikroq
ishlab chiqarishlardan ham foydalanish mumkin.
Ekskursiya o'tkaziladigan bu ishlab chiqarishlarda o'quv dasturida ko'rsatilgan jarayonlar
bo'lishi kerak. O'tilgan va o'tiladigan o'quv materiali unda qo'llanilgan ko'p ko'rgazmali va kimyoviy
tajribalar yordamida kimyoviy moddalar va kimyoviy jarayonlar sanoatda qo'llanishini faqatgina
ekskursiya vaqtida o'quvchilarga aniq dalillar bilan tushuntirish mumkin. Ekskursiya davomida
o'quvchilar sanoatdagi xom ashyo va undan olingan mahsulotlar, asosiy va qo'shimcha apparatlarning
ishi va tuzilishi, texnologik jarayonlar bilan tanishib kimyoviy sanoat haqida aniq tushunchaga ega
bo'ladi. Bunda dars davomida ko'rilmagan ayrim tajribalarni, muhandislik inshootlarni o'z ko'zi bilan
ko'radi. Bu ekskursiyalar davomida aniq misollarda xom ashyoni kompleks qayta ishlash yo'llari,
qo'shimcha mahsulotlardan to'g'ri foydalanish hamda sanoat texnologiyasini yanada
mukamallashtirish yo'llarini hozirgi zamon fan yutuqlari orqali tushuntirish mumkin. Ekskursiya
davomida o'quvchilar kuchi bilan kimyodan ko'rgazmali qurollar, kollekziyalar, sxema, maketlar,
modellar yasash, shu davr ichida ularni grafik ma'lumotini oshirish, apparatlarni sxemasini chizishni
o'rgatish mumkin. O'quv ekskursiyalarni o'tkazishga tayyorgarlik ekskursiya ob'ektini tanlashdan
boshlanadi.
8 sinfda ekskursiyalarning taxminiy ob'ektlari. Mineralogiya va o'lkashunoslik muzeylari.
Sanoat va qishloq xo'jalik korxonalaridagi kimyo laboratoriyalari, dorixonalar, suv tozalash inshootlari.
9 sinfda ekskursiyalarning taxminiy ob'ektlari: sul'fat kislota ishlab chiqarish, mineral o'g'itlar
ishlab chiqarish zavodlari, mineral o'g'itlar omborlari, zement, g'isht, shisha va tandir ishlab
chiqaradigan korxonalar, elektrokimyoviy ishlab chiqarishlar.
10-11 sinfda ekskursiyalarning taxminiy ob'ektlari. Neftni va tabiiy gazni qayta ishlash
korxonalari. Yog' olish va yog'larni gidrogenlash zavodi, sovun ishlab chiqarish zavodi. Shakar
ishlab chiqarish.
Ekskursiya sinf sharoitidan tashqarida o'tkaziladigan darsdir. Ularni maktab ta'til kunlari
o'tkazish mumkin. Yil davomida 8-9 sinflarda kamida bir marta, 10-11 sinflarda kamida ikki marta
ekskursiya darslarini o'tkazish kerak. Ekskursiya ham dars kabi ma'lum bosqichlarga ega, dars kabi
muayyan reja asosida o'tkaziladi. O'quvchi ekskursiyadan oldin sanoatda ishlatiladigan moddalarning
tarkibini, tuzilishini va sanoatda olinishini bilishlari zarur. O'qituvchi o'zi oldin ishlab chiqarish
korxonasini yaxshi o'rganishi zarur. Buning uchun quyidagilarni bajarishi zarur:
a) tegishli adabiyotni o'qiydi;
b) ekskursiya ob'ekti bilan oldindan mutaxassis yordamida tanishadi,
v) mutaxassis bilan o'quvchilar qiladigan ishni kelishadi;
g) ekskursiya rejasini chizadi. Ekskursiya ikki soatdan oshmasligi kerak. (bunga maktabdan
zavodga borish vaqti kirmaydi). O'quvchilar bilan yo'l harakati va texnika xavfsizligi to'g'risida
oldindan suhbatlashish kerak. Ekskursavodga ko'proq nimaga e'tibor berishni va apparatlarning
ishlashini tushuntirishda o'quvchilarga orqasini o'girib gapirmasligini tayinlashi va iloji boricha
ekskursavod sifatida kimyo laboratoriyasini xodimi bo'lishiga erishishi kerak. Ekskursiyadan oldin esa
o'qituvchi maxsus kirish mashg'uloti o'tkazadi. O'qituvchi kirish mashg'ulotida quyidagi vazifalarni hal
qiladi:
a) Ekskursiyadan ko'zda tutilgan maqsadni aniqlab beradi;
b) Ekskursiya ob'ektining kimyoviy mohiyatini umumiy tarzda tasvirlab beradi;
v) O'quvchilarni ekskursiya rejasi bilan tanishtiradi;
g) O'quvchilarni kichikroq guruhlarga bo'ladi;
d) Har bir guruhga aniq topshiriq beradi, har bir guruh nimalarni alohida kuzatishi, nimalarning
rasmini solishi, tayyor mahsulotlardan namuna olish ishlarini tayinlaydi.
Kimyo, fizika, biologiya va geografiya kabi fan o'qituvchilari birgalikda kompleks ekskursiya
o'tkazishlari yanada yaxshi natija beradi. Bunda o'quvchi ishlab chiqarish korxonasini har tomonlama
to'liq o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi va fanlar orasidagi uzluksiz bog'liqlikni yaxshiroq his qiladi.
Ishlab chiqarishga boriladigan ekskursiya taxminan quyidagi reja asosida o'tkaziladi:
1. Butun ishlab chiqarishning tavsifi (uning paydo bo'lishi, rivojlanishi, vazifalari).
2. Xom ashyo va uni tayyorlash.
3. Ishlab chiqarish bosqichlari.
4. Ishlab chiqarish mahsulotlari.
5. Ishning uyushtirilishi, mexanizatsiya, avtomatizatsiya.
6. Tayyor mahsulotlarni iste'molchiga yetkazish.
7. Ishchi kasblari haqida suhbat.
O'qituvchi rejani o'zgartirishi mumkin. Ekskursiyaga yakun to'planadi. O'quvchilar
ekskursiyadan keyinroq olgan taassurotlari eskirib qolmay, o'zlari to'plagan material to'g'risida
so'zlab beradilar va o'z axborotlariga tegishli to'g'risida so'zlab beradilar va o'z axborotlariga tegishli
ilova qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |